J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish shakllari



Download 1,93 Mb.
bet86/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

Tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish shakllari


<> atamasi amaliyotda kredit muassa­ salarining ssudalariga aloqador bo'lib, u odatda, davlat va xususiy
korxonalar, banklar tomonidan o'z qarz majburiyatlarini chiqa­ rish orqali milliy hamda jahon ssuda kapitallari bozorlaridan qarz mablag'larini jalb etish shaklida amalga oshiriladi. Uzoq muddat­ li kredit va qarzlar mashina hamda asbob-uskunalar eksportiga, iqtisodiyotning sanoat tarmog'ida turli yirik loyihalarni amalga oshirishga, asosiy kapital orqali takror ishlab chiqarishni kengay­ tirishga xizmat ko'rsatadi. Yirik kredit muassasalari uzoq mud­ datli xalqaro kreditlarni nazariy jihatdan 40 yilgacha, amalda esa 10-15 yil muddatga taqdim etadilar.
Kompensatsion bitimlar bo'yicha kreditlar. Banklar tovar qiy­ matiga teng bo'lgan, o'zaro yetkazib berishga asoslangan kom­ pensatsion bitimlar bo'yicha uzoq va qisqa muddatli kreditlarni taqdim etadilar. Korxonani barpo etish va qayta tiklash, tabiiy resurslarni o'zlashtirish uchun mashina va asbob-uskunalarni 8-15 yil muddatga kreditga olgani holda qarz oluvchi uni mazkur kredit asosida qurilgan va qurilayotgan korxonalar mahsulotlari hisobiga so'ndirilishini ta'minlaydi. Kompensatsion bitimlarni o'ziga xos xususiyatlari ularning keng ko'lamli, uzoq muddatli ekanligi hamda eksport-import bitimlarini o'zaro bog'liqligi bi­ Ian ajralib turadi. Kompensatsion bitimlar bo'yicha kreditlar va importyor sotib olinadigan mashina va asbob-uskunalar uchun to'lov hamda tegishli xarajatlarni qoplash uchun tovarlarni qay­ ta eksport qilishdan tushum hisobiga o'zaro bog'liq bo'lishadi. Kompensatsion bitimlarni amalga oshirishda odatda firma (ti­ jorat) kreditlariga nisbatan uzoq muddatli konsorsial yoki sindi­ kat kreditlar keng qo'llaniladi. Bunday kreditlarni bank konsor­ siumlari yoki sindikatlari taqdim etadilar. Amaliyotda mazkur holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab birinchidan, milliy qo­ nunchiliklarda banklar uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan kredit limitini o'rnatilishi bo'lsa, ikkinchidan, banklar kredit­ larni taqdim etishda risk darajasini cheklashga harakat qilishi hisoblanadi.
Budjet mablag'lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli
xalqaro kreditlar. Budjet mablag'lari hisobidan ajratiladigan uzoq
muddatli (muddatlari 10-15 yil va undan ortiq) xalqaro kredit­ larning quyidagi shakllari farqlanadi:

  1. hukumatlarning ikki taraflama kreditlari. Davlatlararo uzoq muddatli kredit birinchijahon urushi davrida keng ko'lamda shakllandi va urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. AQSH asosiy kreditor sifatida chiqdi va davlatlararo nizolarni kuchay­ tirib yuborgan hukumatlararo qarzdorlik (11 mlrd oltin dollar­ lari, foizlarni hisobga olmaganda) paydo bo'ldi. O'z kreditlarini Fransiya nemis reparatsiyalari hisobiga, Germaniya esa AQSH­ dan yangi kreditlarni olish hisobiga so'ndirdi. 1929-1933-yil­ larda yuzaga kelgan jahon iqtisodiy inqirozi davrida Germaniya va boshqa 25 davlat qarz bo'yicha to'lovlarni to'xtatib qo'ydilar. lkkinchi jahon urushi davrida hukumatlararo qarzlar muhim rol o'ynamadi. Harbiy va boshqa turdagi materiallarning yetkazib berilishi asosan <> (ijara) shartlari asosida amalga oshi­ rildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin dastlab AQSH, so'ngra boshqa dunyoning yetakchi davlatlari o'zlarining tashqi iqtisodiy manfaatlar uchun hukumatlararo kreditlardan keng foydala­ nishdi;

  2. xalqaro va hududiy valuta-kredit hamda moliyaviy tashki­ lotlarning kreditlari;

  3. yordam ko'rsatish bo'yicha imtiyozli shartlar asosida beril­ gan kreditlar, texnik yordam, beminnat xayriya mablag'lari, sub­ sidiyalar.

Ayrim holatlarda xalqaro kreditning aralash turi qo'llaniladi. Masalan, eksportni kreditlashning odatdagi shakllari imtiyozli shartlar asosida, ya'ni unga yordam ko'rsatish orqali amalga oshirilishi mumkin. Xalqaro kreditning yangi shakllaridan biri bo'lib bir nechta kredit muassasalari tomonidan yirik loyihalarni qo'shma moliyalashtirish hisoblanadi. Xalqaro moliya institut­ lari qo'shma moliyalashtirishning tashabbuskorlari bo'lib, maz­ kur operatsiyaga ular odatda xususiy tijorat banklarini ham jalb etadilar va loyihaning eng foydali qismini imtiyozli asosda (foiz stavkasi bozor stavkasidan past) kreditlaydilar.
Qo'shma moliyalashtirishning quyidagi 2 shakli qo'llaniladi:

  • parallel moliyalashtirish, bunda turli kreditorlarning o'zaro kelishuvi asosida belgilangan kvota (ulush, hissa) doirasida loyiha tarkibiy qismlarga ajratilib kreditlanadi;

  • birgalikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar loyi­ hani amalga oshirilishi mobaynida o'z ssudalarini taqdim etadi­ lar. Kreditorlardan biri (menejer-bank) loyihaning tayyorlanishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi.

Qo'shma moliyalashtirish orqali qarz oluvchi imtiyozli kredit­ larni jalb etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, kreditorlar ham mazkur moliyalashtirish shaklida imtiyozlarga ega bo'Iishadi, ya'ni bunday kreditlash kreditorga ssudani qarzdor tomonidan o'z vaqtida so'ndirilishining qo'shimcha kafolatini beradi.
Xalqaro sindikatlashgan yoki konsorsium kreditlari - turli mamlakatlar banklari tomonidan yirik loyihani amalga oshirish uclmn bir' tashkilotga ajratilgan qarz mablag'lari hisoblanadi. Xalqaro kreditning bu shakli bir qator o'ziga xos xususiyatlar bi­ Ian ajralib turadi:

  • bunday kreditni taqdim etish uchun banklarni birlashuvi ma'lum bir muddatga konsorsium yoki sindikatni tuzish to'g'risidagi shartnomani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi;

  • maqsad yirik kreditni taqdim etish uchun xalqaro resurslar­ ni jalb etish va bir qator bank-kreditorlar orasida bank risklarini taqsimlash hisoblanadi;

  • sindikat yoki konsorsium a'zosi bo'lgan yirik banklardan biri menejer funksiyasini bajaradi, ya'ni qarzdor va bank-kreditorlar bilan o'zaro muzokara olib boradi, kreditning moliyaviy-valutaviy shartlarini aniqlaydi, risklarni va ularni kamaytirish imkoniyat­ larini baholaydi. Bunday kreditni tashkillashtirgani uchun bank­ menejer foiz va komission daromadlardan tashqari qo'shimcha mukofotga ham ega bo'ladi;

  • qimmatli qog'ozlarni chiqarish orqali xalqaro qarzlarni taqdim etishda oddiy sindikatlashgan yoki konsorsium kredit­ lar anderrayting bilan birga amalga oshiriladi, ya'ni belgilangan

narx bo'yicha banklar (ma'lum bir ulush bo'yicha majburiyat­ lar oluvchi sindikat yoki konsorsiumning a'zolari) orasida ularni joylashtirishni kafolatlaydi;
sindikatlashgan yoki konsorsium kreditlarning birlamchi va ik­ kilamchi bozorlari amal qiladi. Jahon amaliyotida ushbu turdagi kreditlarni sug'urtalashda ikkilamchi bozorda sotish imkoniyati bo'lgan likvidli aktivlardan (tratta, qimmatli qog'ozlar) foydalani­ ladi.
Bunday kreditning turlaridan biri ulushli kredit hisoblanadi, ya'ni bank-kreditorlar bank konsorsiumi yoki sindikatini tuzmas­ dan o'z ulushlarini boshqa banklarga sotishlari mumkin. Ba'zan xususiy banklar sindikati Xalqaro valuta fondi (XVF) yoki Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB) kreditlarini olgan qarzdor mamlakatlarga o'zlarining xalqaro kreditlarini taqdim etishadi. Davlatlararo va xususiy banklar orasida bunday taqsimotdan asosiy maqsad - o'z iqtisodiy va siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan hol­ da jahon ssuda kapitallar bozorida qarzdorlarni tartibga solish hi­ soblanadi. Shuning uchun ham xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mamlakatlarga ajratgan kreditlari nafaqat miqdor jihatdan, balki strategik rivojlanish xususiyatlari bilan ham muhim rol o'ynaydi.


    1. Download 1,93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish