J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Xalqaro moliya bozorida inqirozlar yuzaga kelish omillari va konsepsiyalari



Download 1,93 Mb.
bet16/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

Xalqaro moliya bozorida inqirozlar yuzaga kelish omillari va konsepsiyalari


Hozirgi kunda xalqaro moliya bozoridagi inqirozlarning yuza­ ga kelishi va ularni bartaraf etish borasida bir qator konsepsiyalar shakllantirilgan.
Moliyaviy <lqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy <> orqali o'zini-o'zi boshqarishi va psi­ xologik omillar orqali inqirozning kelib chiqishiga alohida e'tibor beriladi. Moliya sohasida investorlarning asoslanmagan foydani kutishlari <>larning shakllanishiga olib keladi va bu, o'z navbatida, ushbu sohani inqirozga tayyorlovchi mexanizm bo'lib xizmat qiladi.
Kapitalning haqiqatda oshishi foyda hisobidan bo'ladi, bu esa aksiyalarning bozordagi jozibadorligini oshiradi. Bozor ishtirokchilari narxlar ko'tarilishiga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradilar, natijada kapital yanada ko'payadi, bu jarayon qayta-qayta takrorlanaveradi va pirovardida moliyaviy «ko'pik»lar vujudga keladi.
Moliyaviy «ko'pik»larni to'laligicha aniqlash uchun zamonaviy qimmatli qog'ozlar bozoridagi talab va taklifga ta'sir etuvchi bar­ cha omillar inobatga olinishi kerak.
«Ta'minlanmagan dollarlar>> konsepsiyasi. Bu konsepsiyaning mohiyati AQSHning jahonda yirik qarzdor mamlakatga aylanishi bilan bog'liq. Ayni paytda, bunga dunyo mamlakatlarining to'lov
balansidagi nomuvofiqliklar, eksport tovarlari raqobatbardoshli­ gini saqlab turish uchun xorijiy valuta zaxiralarini jamg'arish cho­ ralari ham sabab bo'lgan. Ushbu zaxiralar, o'z navbatida, AQSH g'aznachilik obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlariga in­ vestitsiya qilindi.
Konsepsiyaga muvofiq, o'zida AQSH dollaridagi aktivlarni yirik hajmda saqlovchi mamlakatlar ma'lum bir sabablarga ko'ra ularni olishni to'xtatishi yoki o'zlaridan soqit qilishlari oqibatida xalqaro moliya tizimida keng ko'lamli inqiroz avj olishi mumkin. XX asrning 70-yillariga kelib Bretton-Vuds valuta tizimi bekor qilingach, valutalar hosilalari (derivativlari) bilan birga o'zlarining oltin asosidan va ta'minotidan uzilib qoldi. Monetaristik g'oyalar (M.Fridmen va b.) asosiga qurilgan Yamayka valuta tizimi moliya muassasalariga pulni bosish dastgohidan maksimal darajada foy­ dalanish, valuta derivativlari, elektron pullami tashkil qilish, sox­ ta kapital hisobiga yirik miqdordagi ta'minlanmagan dollarlarni va AQSH g'azna majburiyatlarini jahon moliya tizimiga kiritish imkonini berdi. Natijada jahon moliya tizimida qog'oz pirami­ dasi, <>, ya'ni <> shakl­ landi. O'z-o'zidan moliya sektori va iqtisodiyotning real sektori
o'rtasidagi muvozanat buzildi, ya'ni uzilish yuz berdi.
<> konsepsiyasi. Ushbu kon­ sepsiyaning asosida erkin bozor iqtisodiyotining o'zini-o'zi sama­ rali tartibga sola olmasligi, davlat tomonidan tartibga solishning yetarlicha emasligi kabi g'oyalar yotadi. Binobarin, bu konsepsi­ yani qo'llab-quvvatlovchilar moliyaviy erkinlashtirish, erkin bo­ zor iqtisodiyotini tanqid ostiga oladilar.
Ma'lumki, Buyuk Depressiya davrida (1929-1933) bozor iqti­ sodiyoti o'zini-o'zi samarali tartibga solishning uddasidan chiq­ madi. Dj.Keyns klassik nazariyaga zid bo'lgan quyidagi ikki holatni asoslashga muvaffaq bo'ldi. Birinchidan, iqtisodiyot vaqt­ ning istalgan lahzasida raqobatli muvozanatda bo'lmaydi, ya'ni
<> o'z ishini bajarmaydi. Ikkinchidan, iqtisodiyot­ ning qaysi darajada bo'lishini yalpi talab belgilaydi. Dj. Keyns
fikricha, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti iste'molchilar, in­ vestorlar va hukumatning tovarlar va xizmatlar sotib olishga qan­ chalik tayyor ekanligi bilan belgilanadi 1
Monetarizm namoyandalari inqirozni pul xususiyatiga ega bo'lgan sabablar bilan tushuntiradilar. lnqirozning monetaris­ tik konsepsiyasi asosida pulning miqdoriylik nazariyasi yotadi. Monetarchilar fikricha, mamlakatdagi pul taklifi ustidan dav­ lat nazoratini ta'minlash baholar barqarorligi va iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini saqlab qolishning asosi bo'lib xizmat qiladi.
lqtisodiyotdagi siklik tebranishlar konsepsiyasi. Ko'pchilik iqtisodchilar iqtisodiyotning siklik xarakterga ega ekanligini in­ qirozlar yuzaga kelishining asosiy sababi sifatida ko'rsatadilar. Darhaqiqat, iqtisodiyot doimo o'zgarib, tebranib turadi. Masalan, yoz juda issiq kelsa, muzqaymoqqa bo'lgan talab oshadi va uning ishlab chiqarish hajmi ko'payadi. Biroq bu tebranishni biznes sikli sifatida ko'rib bo'lmaydi. Chunki bu bir sanoat tarmog'idagi qisqa muddatli o'sish, xolos. Agar odamlar muzqaymoq uchun ko'p pul sarflasalar, ularning soyabon sotib olishga sarflaydigan pul­ lari kamayadi. Boshqacha aytganda, muzqaymoq ishlab chiqarish hajmi oshsa, soyabon ishlab chiqarish sanoatida pasayish kuza­ tiladi. Baho mexanizmi esa ularning qaytadan muvozanatlashu­ vini ta'minlaydi. Biroq, uni qaytadan muvozanatga kelishi uchun ma'lum muddat kerak bo'ladi.
Moliyaviy inqirozni yuzaga keltiruvchi omillar. Spekulyativ kapital moliyaviy aktivlar narxidagi tebranishlar hisobidan daro­ mad olish uchun paydo bo'lib, u o'zida yuqori Jikvidli qisqa mud­ datli qo'yilma, bozordagi o'rtacha daromadlarga nisbatan yuqori daromadli, riskliligi yuqori bo'lgan investitsiya kabi xususiyat­ larni mujassamlashtirishi bozordagi jozibadorligini oshirib, ular bilan operatsiyalar ko'lamining ko'payishiga sabab bo'ladi.
Moliya bozoridagi spekulyativ kapitalning mamlakat ishlab chiqarishini moliyalashtirishga qo'shadigan hissasi deyarli yo'qligi
1 Keynes, J.M. TheTheory of Employment, Interest, and Money (New York: Harcourt, 1936). p.-37.
iqtisodiy tadqiqotlarda o'z tasdig'ini topgan bo'lib, spekulyativ kapital moliya bozorining barcha segmentlarida mavjudligi aniq­ langan.
lnvestorlar derivativlar bozoridagi vositalardan riskni kamay­ tirish, kurslar o'zgarishidagi riskni sug'urtalash uchun foydalani­ shadi. Bunday bitimlarda xedjirni kontragenti sifatida spekulyant riskni o'z zimmasiga oladi. Shuning uchun moliya bozorida ham xedjirlar, ham spekulyantlar bo'lishi talab etiladi, ularsiz keng ko'lamli, likvidli bozor taraqqiy etmaydi. Moliyaviy aktivlar valu­ taviy, foizli, kredit, likvidlik, operatsion, qonunlarning o'zgarishi, hisob-kitoblarni tartibga solinishi va boshqa bir gator risklarni o'zida mujassam etadi. Bozorning har qanday ishtirokchisi ham bunday risklarni barchasini qabul qilishga tayyor bo'lmaydi. Ular derivativlardan foydalangan holda risklarni qayta guruhlashlari va bartaraf qilishlari mumkin. Derivativlar investorlarning alohida risklarini butun iqtisodiyotga tarqatdi va natijada butun iqtisodiy­ moliyaviy tizim beqarorligi kuchaydi.

    1. Download 1,93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish