J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Globallashuvning miJliy iqtisodiyot barqarorligiga ta'siri



Download 1,93 Mb.
bet12/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

Globallashuvning miJliy iqtisodiyot barqarorligiga ta'siri


Jahon iqtisodiyotida zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkam­ lab, ularga qo'shimcha afzalliklar beradi. Xalqaro mehnat taqsimoti doirasida globallashuv jarayonining kengayishi iqtisodiy past rivojlangan mavqeini salbiy o'zgarishiga sabab bo'lib, ularni globallashuv jarayonini subyektlariga emas, balki obyektlariga aylantirishi mumkin. Demak, globallashuv jara­ yonining alohida mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta'sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o'rniga bog'liqdir.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko'rsatkichlar yordamida ifodalash mumkin:

  • xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi hamda uning o'sish sur'atlari;

  • to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi;

  • kapitalning xalqaro markazlashuvi hajmi va dinamikasi;

  • yirik, murakkab xalqaro investitsiya loyihalari (loyihaviy moliyalashtirish) hajmi va dinamikasini mazkur loyihalarning umumiy ko'rsatkichiga (ham ichki, ham tashqi) nisbati;

  • tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi hajmi va dinamika­ sini yalpi milliy mahsulotga nisbati;

  • patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog'liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;

  • bank va boshqa kredit muassasalarining xalqaro operatsi­ yalar hajmi va dinamikasini ularning umumiy faoliyati hajmi va dinamikasi hajmiga nisbati;

  • xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;

  • valuta bozorlari hajmi va dinamikasi.

Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integ­ ratsion birlashmalarning iqtisodiy faolligini oshirib, savdo va in­ vestitsiya munosabatlaridagi to'siqlarni bartaraf etgan holda erkin savdo hududlarini tashkil etish asosida yuzaga keladi.
Globallashuv jarayonlari davlatlararo xo'jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axborot va siyosiy miqyosdagi o'zaro kelishuv­ larni qamrab oladi.
Bundan tashqari globallashuv jarayoni dunyoning yirik min­ taqalarida xo'jalik yuritishning bozor tizimini maqsadli shakllan­ tirishga qaratilgan davlatlararo muvofiqlashtirilgan chora-tadbir­ larni qamrab oladi.
Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliya­ tining ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida yuzaga keladi. Ko'pgina yirik transmilliy korporatsiyalar global miqyos­ da harakat qiladi va shu jihatdan transmilliy korporatsiyalar glo­ ballashuv jarayonining subyekti bo'lib, uni harakatga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi.
Globallashuv jarayonining afzalliklari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  • globallashuv xalqaro raqobatning kuchayishini yuzaga keltirdi. Bozorlarning kengayishi va undagi raqobat jarayoni­ ning kuchayishi nafaqat milliy darajada balki, jahon miqyo-

sida ishlab chiqarishning o'sishini rag'batlantiruvchi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga hamda ixtisoslashishiga olib keladi;

  • ishlab chiqarish tarmoqlarida tejamkorlikning ortishi. Bu holat, narxlarning pasayishi va xarajatlarning qisqarishiga, piro­ vardida barqaror iqtisodiy o'sishga olib kelishi mumkin;

  • globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri - erkin savdo­ dan keladigan yutuq barcha mamlakatlarni qanoat]antiradi;

  • xorijiy davlatlarning ilg'or ilmiy-texnik, texnologik yangi­ liklarini amaliyotga tatbiq etish natijasida iqtisodiy barqarorlikka erishil ishi;

  • globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib milliy bozordagi ichki raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchi i raqiblar ham qo'shiladi va natijada narxlarni pasaytirish va yuqori sifatli mahsulotlarni tanlash imkoniyatini beradi;

  • globallashuv jarayoni xorijiy davlatlarning ilg'or ilmiy­ texnik, texnologik va nisbatan kam xarajat talab qiladigan yangi­ liklarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatini beradi. Bunda jahon miqyosidagi innovatsiyalarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etilishiga imkon yaratiladi.

Globallashuv jarayonining salbiy oqibatlarini yuzaga keltiruv­ chi muammolar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  • globallashuv afzalliklarining milliy iqtisodiyotlar alohida tarmoqlari o'rtasida bir xil taqsimlanmasligi;

  • milliy iqtisodiyotda sanoatlashishning sekinlashuvi;

  • ayrim mamlakatlarda milliy iqtisodiyotni nazorat qilish ja- rayoni mustaqil hukumatdan boshqalarga, jumladan kuchliroq davlatlarga yoki transmilliy korporatsiyalar ixtiyoriga o'tishi;

  • jahon miqyosida milliy iqtisodiyotlarning o'zaro bog'liqligi tufayli global beqarorlikning yoki mintaqaviy dara­ jada moliyaviy sohadagi beqarorlikning yuzaga kelishi. Milliy iqtisodiyotlarda yuzaga keluvchi iqtisodiy turg'unliklar yoki in­ qirozlarning mintaqaviy hatto global darajada salbiy oqibatlarga olib kelishi;

  • globallashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining be­ qarorligi va notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xo'jalik majmualarining global bozor sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarish bo'g'inlariga bo'linishi bilan bog'liq;

  • globallashuv davlatning makroiqtisodiy darajada tartib­ ga solish rolini sezilarli darajada cheklaydi va davlatning ichki, tashqi iqtisodiy aloqalarga ta'sir ko'rsatishining an'anaviy dastak­ larini o'zgartirib yuboradi;

  • globallashuv ishlab chiqarish va iste'molda salbiy tashqi omillaming ommaviy tarqalishiga olib keladi. TMKlaming glo­ bal jahon bozorlariga chiqishi va globallashuv jarayonidan foyda olishga intilishi borasidagi kuchli raqobat ularning atrof-muhitni ifloslantiruvchi ishlab chiqarish yoki sog'liq uchun zararli trans­ gen mahsulotlami yaratish kabi jamiyat uchun zararli faoliyat bi­ Ian shug'ullanishlariga olib keladi.

Globallashuv jarayoni mamlakatlar uchun yuqorida qayd etil­ ganlardan tashqari yana ko'plab muammolami yuzaga keltirishi mumkin.
Jumladan:

  • rivojlanayotgan mamlakatlarda texnologik jarayon ortda qolishining kuchayishi;

  • ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarga ajralishning ortishi, margi­ nalizatsiya xatari Uahon darajasidagi iqtisodiy o'sishdan qolib ke­ tishning kuchayishi);

  • aholining asosiy qismida qashshoqlashuvning ortishi;

  • moliyaviy barqarorlik darajasi past bo'lgan mamlakatlar o'rtasidagi bog'liqlikning kuchayishi;

  • TMKlar tomonidan mamlakatlarda milliy iqtisodiy siyo­ satni yuritishga to'sqinlik qilinishi;

  • kelajakdagi taraqqiyotga to'sqinlik qiluvchi tashqi qarz da­ rajasining o'sishi va boshqalar.

Yuqoridagi ma'lumotlar asosida ta'kidlash mumkinki, glo­ ballashuv bu obyektiv, murakkab va ziddiyatli jarayon bo'lib,
uning asosini jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmil­ liylashuv va baynalminallashuv jarayonlari tashkil etadi.



Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish