bob. O'ZBEKISTONNING XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIGA INTEGRATSIYALASHUVI
O'zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat va uning asosiy tamoyillari.
Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo'nalishlari.
O'zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.
O'zbekistonning xalqaro valuta-kredit tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik aloqalari.
O'zbekistonning integratsion birlashmalardagi faoli yati.
O'zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat va uning asosiy tamoyillari
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin o'zining mustaqil tashqi siyosatini, shu jumladan, tashqi iqti sodiy siyosatini yurita boshladi. Mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosati eng avvalo, milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilgan holda xalqaro moliya munosabatlarida faol ishtirok etishga qa ratilgan.
Respublikamizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatla rini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror o'sishini ta'minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqargan holda jahon bozorlarida mustahkam o'rin egallash, pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan strategiya izchil amalga oshirilar ekan, bu maqsadlarga erishishda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirishga alohida e'tibor berilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O'zbekiston Respublikasi davlat idoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashki lotlar bilan o'zaro foydali hamkorlik o'rnatishga, bunday ham-
korlikni rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tu shuniladi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatning subyekti sifatida O'zbekiston Respublikasi tasarrufiga:
tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonun asoslarini belgilash;
tashqi iqtisodiy siyosatni, shu jumladan valuta-kredit siyo satini ishlab chiqish va amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasi valuta fondini shakllantirish va undan foydalanish;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tu zish va ularni ijro etish;
O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida respub likaning, uning yuridik shaxslari va fuqarolarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;
respublika hududida chet ellik investorlar faoliyati uchun huquqiy kafolatlarni belgilash;
O'zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro iqtisodiy tashki lotlar va birlashmalarda vakillik qilish;
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadi gan boshqa vakolatlar kiradi.
Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar sifatida quyidagilar belgilangan:
birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashti rish borasida aniq maqsadni ko'zlab o'tkazish, tovarlarni eksport va import qilishda xorijiy sarmoyadorlar o'z daromadlaridan er kin foydalanishlarida birmuncha imtiyozli tartibni joriy etish;
ikkinchidan, xorijiy sarmoyadorlarni, asosan bevosita kapi tal mablag'lar tarzidagi sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga keng jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart sharoitlarni yanada takomillashtirish;
uchinchidan, O'zbekistonga jahon darajasidagi texnologi yalarni olib keladigan, xalq xo'jaligining zamonaviy strukturasini vujudga keltirishda yordam beradigan sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o'tkazish;
to'rtinchidan, mablag'larni eng ustuvor sohalarga - respub li ka mustaqilligini ta'minlaydigan agrar sektorni, yoqilg'i-energe tika kompleksini hamda boshqa bazaviy tarmoqlarni rivojlanti rishga qodir, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni o'zlashtirishga sarflash 29.
Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asos lari yaratildi. Bular jumlasiga, O'zbekiston Respublikasining
<gi, gi, <gi, <gi, <gi Qonunlarni hamda <gi, <gi, <•To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi ni rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida,>gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarini kiritish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
barcha davlatlar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o'zaro manfaatliligi;
tomonlarning tengligi;
-- tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha sheriklarning ichki ish- lariga aralashmaslik;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan bitimlar bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarni halol va aniq bajarish prinsiplari;
hamma tomonidan e'tirof etilgan boshqa xalqaro normalar, qoidalar va shartlarga rioya etish.
29 I.A Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. - T.: <1996. 11-12-b.
O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning obyektlari bo'lib, hamma turdagi resurslar, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari va sohalarida yaratiladigan tovarlar hamda ko'rsatiladigan xizmat, qimmatbaho qog'ozlar, fan-texnika mah sulotlari, intellektual va boshqa boyliklar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tashqi iqtisodiy faoliyatda foydala nish man etiladigan obyektlar bundan mustasnodir.
Mulkchilikning shakllaridan qat'i nazar, O'zbekiston Res publikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchilari sifatida ro'yxatga olinib, respublika hududida yoki uning tashqarisida ish olib borayotgan yuridik vajismoniy shaxslar, shujumladan ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining subyektlari bo'lishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari:
O'zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan go nun normalari va normalarga, hamma tomonidan e'tirof etilgan xalqaro normalar va qoidalarga rioya etishi;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchisi sifatida ro'yxatdan o'tishi hamda buxgalteriya va statistika hisobotlarini taqdim etishi;
xalqaro hamkorlik doiralarida bajarilayotgan ishlar, qidiruv ishlari va loyihalarning sanitariya-gigiyena, ekologiya talablari va boshqa talablarga muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasini olishi;
ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi iqtisodiy faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lishi shart.
Mulkchilikning shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatining tur laridan qat'i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha subyekt lari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlarga ega bo'ladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti amal qilib turgan qonunlar doirasida tashqi iqtisodiy aloqalardagi o'z ishtirokining
turlari, shakllari va yo'nalishlarini mustaqil belgilashi, o'z xo hishiga qarab tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartib da shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq to'lab yoxud to'lamasdan jalb etishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatining har bir subyekti O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat ning natijalariga, shu jumladan chet el valutasidagi daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqlidir. Lining qaroriga ko'ra tashqi iqtisodiy faoliyatning nati jalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqlari qonunlarda belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga o'tkazilishi yoxud ularga ishonib topshiri lishi mumkin. Huquqlar ana shu tarzda o'zgaga o'tkaziladigan taqdirda tomonlar o'zaro munosabatlarni shartnomalar (bitimlar) asosida tartibga soladilar.
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarni o'z ichiga oladi:
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini ro'yxatdan o'tkazish;
tabaqalashtirilgan soliqlar va imtiyozlar sistemasi, shu jum- ladan valuta bo'yicha ham belgilanish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni axborot bilan ta'minlashning dav lat tizimini yaratish;
ayrim m intaqalar, tarmoqlar va korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirishi uchun dotatsiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar, budjetdan qarz berish tarzida moliyaviy yordam ko'rsatish, tavakkalchilikni sug'urta qilish;
respublika tashqi iqtisodiy aloqalarining turli shakllarini rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, pul bilan ta'minlash va ekspertiza qilish;
O'zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan va O'zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan tovarlar va boshqa mol mulklarni hujjatlashtirish;
mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilish tartibini belgilash;
valuta va boshqa fondlar mablag'larini vujudga keltirish va ulardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |