P2 = U-Vn. (31.18)
Ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning validagi yuki P,» 0,5PN dan P2=1,25Pn gacha boigan oraliqda o'zgarganida FIK r\ ning o'zgarishi kam boiadi.
Ketma-ket qo‘zg‘atishli motorda mexanik va rnagnit isroflar yigindisi valdagi yukka deyarli bogiiq boimaydi. Bu quyidagicha tushuntiriladi. Tok Ia ning oshishi bilan magnit oqimi oshadi, bu esa aylanish chastotasi kamayishiga olib keladi, ya’ni bir tomondan magnit isroflar oshsa, ikkinchidan, aylanish chastotasining kamayishidan mexanik isroflar kamayadi; natijada ularning yig‘indisi kam o'zgaradi. Shu sababdan ketma-ket qo‘zg‘atishli motorda FIK o‘zining maksimal qiymatiga, xuddi parallel qo‘zg‘atishli motorlardagi singari, o‘zgarmas isroflari (salt ishlash isroflari) o‘zgaruvchan isroflarga (elektr isroflariga) teng (P0= I2aRa) bo‘lganda erishadi.
Ma'lumki, ish xarakteristikalari kuchlanishning U= UN = const qiymatida olinadi, shuning uchun 0‘TM ga berilayotgan elektr quwati P,=UIa yuklama toki Io ga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Demak, P,=/(P2) bog‘liqlik boshqa masshtabda tokning o‘zgarishi \ = f (P2) ni ko‘rsatadi.
d) Aralash qo‘zg‘atishli motorning ish xarakteristikalari.
Bunday motorda magnit oqimi Oqo.2 parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlari MYK larining birgalikdagi ta’siridan vujudga keltiriladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amlari MYK larining o‘zaro nisbati shunday tanlanadiki, bunda bu chulg‘amlardan bittasi mashina qo‘zg‘atish MYK ning 70 foizini vujudga keltirib, bu chulg‘am asosiy hisoblanadi, ikkinchisi esa, qo‘shimcha qo‘zg‘atish chulg‘ami deyiladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amlarining o‘zaro ulanishiga qarab ularni quyidagi turlarga ajratadilar:
1) mos ulangan aralash qo ‘zg ‘atishli, bunda parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlari hosil qilgan MYK larining yo‘nalishi bir xil bo‘lib,rular qo'shiladi (O = 0Sh + Oc).
2) teskari ulangan aralash qo‘zg‘atishli, bunda ketma-ket va parallel qo‘zg‘atish chulg‘amlari MYK lari teskari yo‘nalgan bo‘lib, natijaviy oqim
Sh — Oc).
Mos ulangan aralash qo‘zg‘atishli motorlarning ish xarakteristikalari (31.6-rasm) parallel qo‘zg‘atishli motorning ish xarakteristikalariga yaqinlashadi.
Demak, aralash qo‘zg‘atishli motorning xarakteristikalari parallel va ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlar xarakteristikalari oralig‘ida joylashgan egri chiziqlardan iborat bo‘lar ekan.
Aralash qo‘zg‘atishli motorda natijaviy magnit oqim = Sh± Os bo‘lganligidan, uning momenti quyidagicha aniqlanadi:
M = CM(0Sh±0c) • /., (31.19)
aylanish chastotasi esa:
n=(U-l!RJ / [CE(0sh± 0C)]. (31.20)
Qo‘zg‘atish chulg‘amlari mos ulanganda yuklamaning oshishi bilan natijaviy oqim F oshadi, shuning uchun uning tezlik xarakteristikasi parallel qo‘zg‘atishli motorlarnikiga nisbatan pasayuvchan bo‘ladi.
Agar qo‘zg‘atish chulg‘amlari teskari ulansa, valdagi yukning oshishi bilan tok la oshadi va, demak, natijaviy oqim O = 0Sh— Oc kamayadi. Yuklamaning katta qiymatlarida oqim O ancha kamayib ketib, aylanish chastotasi n oshadi, natijada, agar M = const va U = UN= const bo‘lsa, tok Ia ning oshishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, motoming magnit oqimini yana ham kamaytirib, uning aylanish chastotasi yanada ko‘proq oshishiga olib keladi va h.k. Amalda motorning yuklamasi 0 dan nominalgacha o‘zgarib turadigan hollarda, uning aylanish chastotasini taxminan bir xil tutib turish lozim bo‘lsa, ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami asosiy (parallel) chulg‘amga teskari qilib ulanadi.
31. 6-rasm. Mos ulangan aralash qo‘zg‘atishli motoming ish xarakteristikalari (asosiy chulg'am — parallel qo‘zg‘atishli, qo'shimcha chulg'am — ketma-ket qo‘zg‘atishli).
0‘zgarmas tok motorlarining mexanik xarakteristikalari
Do'stlaringiz bilan baham: |