Parallel va mustaqil qo‘zg‘atishli motorlarning rostlash xarakteristikalari.
Parallel qo‘zg‘atishli motorning n = nN= const va U ^U^, — const
bo‘lgandagi rostlash xarakteristikasi — I = f (M2). Shartga ko‘ra, U =U ,2= const bo‘lganda magnit oqimi kam o‘zgarganligidan parallel qo‘zg‘atishli motorning aylanish chastotasi n kam o'zgaradi. Shu sababli aylanish chastotasini n = const qilish uchun zarur bo‘lgan qo‘zg‘atish toki I . ning o‘zgarishi ham kam bo‘ladi (31.10-rasm).
0?TM validagi yuk momenti M2 oshganda, aylanish chastotasini n = const qilish uchun, qo‘zg‘atish toki I ni kamaytirish zarur bo'ladi (bunda F ham kamayadi).
0‘TMining aylanish chastotasini uning qo‘zg‘atish tokini o‘zgartirish yo‘li bilan rostlashda energiya isroflari juda ham kam bo‘ladi, chunki qo‘zg‘atish toki I yakor toki Ia ning atigi bir necha foizini tashkil qiladi, xolos.
31.10-rasm. Parallel qo‘zg‘atishli motorning n=nN-const va U= UN const ho ‘Igandagi I =/ (M2) xarakteristikasi.
Shunday qilib, 0‘TM aylanish chastotasini rostlashning ko'rib chiqilgan usuli ancha qulay bo‘lib, u aylanish chastotani bir tekis, nihoyatda sodda va tejamli o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Shu sababli bu usul amalda keng qo ‘llaniladi.
Yakor zanjiriga ketma-ket ulangan qarshilikni o‘zgartirish yo‘li bilan aylanish chastotasini rostlash. Bu holda yakorga beriladigan kuchlanish (Uu) reostatdagi kuchlanish pasayishi tufayli kamayadi.
EYK lar muvozanat tenglamasiga:
U - I R = E . (31.26)
asosan, yakor zanjiridagi kuchlanish pasayishi IaRa yakor chulg‘amining EYK Ea ni kamaytiradi. Magnit oqimining qiymati F = const bo‘lganda bu EYK ning kamayishi aylanish chastotasi n ning kamayishi hisobiga sodir bo'ladi. *
Biz tahlil qilib chiqqan usul bilan aylanish chastotasini kamayish tomonga keng ko'lamda o‘zgartirish mumkin, lekin yakor zanjiriga ulangan rostlash reostatida energiya isroflari katta bo‘lib, bu esa FIK ning kamayishiga olib keladi.
0‘TM validan olinayotgan foydali (mexanik) quwat, burchak aylanish chastota co ga bog‘liq bo‘ladi: P2= M2co. Foydali moment M2
» IVI =const bo‘lganda FIK quyidagi mutanosiblikka ega bo‘ladi: i1 = P2 / = M2co / (UaIa) = co = n . (31.27)
Bundan, FIK r| aylanish chastotasi n ga to‘g‘ri mutanosibda bo‘lar ekan, demak, aylanish chastotasi kamaygan sari, FIK q ham shuncha kam bo‘lar ekan, degan xulosa kelib chiqadi. Shu sababdan yakor zanjiriga qarshilik ulash yo‘li bilan aylanish chastotani rostlash usuli tejamli bo‘lmaydi va bu usul amalda kam qo'llaniladi (masalan, elektr mikromotorlarida).
Do'stlaringiz bilan baham: |