Ma`rifat jurnali 8-son attestatsiya savollari
Matematika
1.Elementar matematik tassavurlarni shakllantirish metodikasining prinsiplari to`laligini aniqlang.
J:1)onglilik tamoyili;2)Ko`rsatmalilik tamoyili;3)ilmiylik tamoyili:4)ketma-ketlik tamoyili;5)puxta o`zlashtirish tamoyili 2.Birinchi o`nlikni o`rganishda nimalarni o`zlashtirib olish nazarda tutiladi?
J: Predmetlarni aniqlash 3.100 ichida raqamlashning vazifalari qaysilar?
J; 1.Predmetlarni bittalab,o`ntalab va yuztalab guruhlarga birlashtirib yozish; 2.100 ichida sonlarni o`qish va yozishni hamda ularning natural qatoriga kelish tartibini bilish. 3.Sonlarni yuzliklardan,o`nliklardan,va birliklardan hosil qila olish; 4.O`ngdan chapga hisoblaganda birliklar,o`nliklar,yuzliklar qaysi o`ringa yozilishini anilash; 5.Sonni xona qo`shiluvchilarining yig`indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish 4. Ko`p xonali sonlarni raqamlashga o`rgatishning birinchi bosqichi qanday?
J:1-bosqichi tayyorgarlik ishi. O`qish
1.1-sinf o`quvchilarning o`qish malakasi qaysi bosqichga to`g`ri keldi?
J:1-sinf o`quvchilari matnni ongli ,to`g`ri v abo`g`inlab sidirg`a o`qishni o`rganadilar.
2.Intonatsiya haqidagi umumiy ta`rif to`g`ri berilgan qatorni toping.
J :(Ohang) Intonatsiya og`zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari:urg`u,nutq tempi va ritmi,pauza,ovozning past-balandligining yig`indisidir. 3.O`qishni takomillashtirish usullarini aniqlang?
J:To`g`ri,tez,ongli va ifodali o`qish. 4.To`g`ri o`qishga o`rgatishda qo`llanilgan usullarini aniqlang?
J:Ko`p bo`g`inli ,murakkab so`zlarni doskaga yoki kartonga bo`g`inlab yozish yozib ,oldin bo`g`inlab,so`ng sidirg`a o`qitiladi. Ona tili 1.Ona tili oqitish metodikasining asosiy bo`limlari qaysilar?
J:1. Savod o`rgatish metodikasi; 2.O`qish metodikasi: 3.Grammatika,fonetika,so`z yasalishini o`rgatish metodikasi; 4.Nutq o`stirish metodikasi. 2.Insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun qancha vaqt ajratiladi?
J:O`quvchilar inshoni o`qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar,o`qituvchi 2kun ichida tekshiradi. Keyingi ona tili darsining ikkinchi qismidan 15-25 daqiqa vaqt ajratib ,tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy mashg`ulot o`tkaziladi. 3.Logik va Grammatik qoidalar asosida tuzilgan , mustaqil,tugallangan va o`zaro bog`langan ma`noli qismlarga bo`linadigan nutq bu …
J: Bog`lanishli nutq deyiladi. 4.O`zbek tilining izohli lug`atida qancha so`z va so`z birikmasi berilgan?
J:80 000 dan ortiq