Mashq qilish — o'quvchining o‘z qobiliyatlari, bilim, malaka va ko'nikmalarini o'stirishga qaratilgan harakatlari.
Metod — 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli; 2) harakat qilish usuli, tarzi.
Metodika — biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qo'lla- nadigan metodlar tizimi.
Metodologiya — 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2) biror fanda, shu jumladan, pedagogikada qo'llaniladigan metodlar.
Modulli ta’lim texnologiyasi — o'rganiladigan o'quv materialini mantiqiy tugallangan fikrli modullarga ajratilgan holda o'rganishga asoslangan texnologiya.
Motiv — ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo'ladigan kishining ichki faoliyat mazmuni.
Motivatsiya̶̶̶- shaxsni faol xalti-haiakallarga undovchi sabablar, asoslar to'plami bo'lib, u ayni zamonda kishi xulqini fiziologik va psixologik boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi, faoliyatning yo'nalishi, faolligi, uyg'unligi hamda turg'unligini belgilaydi.
Muammo — o'zlashtirilgan bilimlar orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar.
Muammoli o'qitish — o'quv mashg'ulotini tashkil etish shakli bo'lib, unda pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal qilinishida ta’lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar.
Muammoli vaziyat - o'quv vaziyati bo'lib, u o'quvchilarning aqliy faoliyati natijasida hal qilinadi.
Munozara — 1) matbuotda, suhbatda biror bahsli masalani muhokama qilish, bahs; 2) o‘quv munozarasi muayyan muammo bo'yicha fikr almashishga asoslangan o'qitish metodi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi — o'qituvchi bilan o'quvchi, shuningdek, o'quvchilarning o'quv maqsadlariga erishish uchun o'zaro hamkorlikda tashkil etiladigan jarayonni tashkil etish imkonini beradigan texnologiya.
Odat — kishining ma’lum e’tiqodlar, qadriyatlar yoki axloqiy me’yorlardan kelib chiqib amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Obyekt — insonning, subyektning bilish predmeti va faoliyati.
Pedagog — tarbiyachi, o'qituvchi, dars beruvchi.
Pedagogika — yosh avlod ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan.
Pedagogik jarayon — ta’lim-tarbiya masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o'zaro munosabatlari.
Pedagogikada antropologik yondashuv — odam haqidagi barcha fanlar ma’lumotlaridan muntazam foydalanish va pedagogik jarayonni tashkil etish hamda amalga oshirishda ulami hisobga olish.
Pedagogik jarayon tamoyillari — pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bo'lib, u pedagogik jarayonning yo'nalishini ko'rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik muloqot — ta’lim oluvchilarning maqsadlari hamda ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o'zaro aloqalami o'matish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo'llab- quvvatlashni tashkil etishning ko'p qirrali jarayoni.
Pedagogik qonuniyatlar — o'qitishning maqsadi va istiqboldagi ko'zlangan natijasi bo'lgani kabi o'qitish qonunlari, jarayonning obyektiv, tashqi, ichki, muayyan va nisbiy bog'lanishlarini aks ettirib, ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini, mazkur jarayonning ilmiy asosda tashkil etilishi va boshqarilishi, olinajak natijalar va samaradorlikni orttirish yo'llarini belgilaydi.
Pedagogik takt — bolalar faoliyatining turli doiralarida ular bilan muloqotda bo'lishning pedagogik tamoyili, o'lchovi, o'quvchilar bilan ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri muloqotda bo'la olish malakasi.
Pedagogik texnika — 1) har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o'tkazishda samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko'nikmalar majmuasi; 2) har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta’minlash uchun zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalar.
Pedagogik texnologiya — 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o'zaro bog'langan harakatlari tizimidir; 2) ta’lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to'plamini qo'llash bilan bog'liq bo'lgan pedagog pedagogning uzluksiz, o'zaro shartlangan harakatlari tizimidir; 3) pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qat’iy ilmiy loyihalashtirilgan pedagogik harakat; 4) ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan, texnika hamda inson omillari, uning o'zaro hamkorligi asosida o'qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo'llash hamda belgilashning tizimli metodidir.
Pedagogik tizim — shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni birlashtirgan ta’limning o'zaro bog'langan tashkiliy tuzilmasi.
Pedagogik faoliyat — ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Pedagogik o‘yin — bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pedagogik natijani ko'zlagan hamda ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat turi.
Pedagogning kommunikativ madaniyati — pedagogning o'quvchilar bilan qisqa muddatda muloqot o'rnata olishi, ular bilan muloqot o'rnatishga bo'lgan doimiy intilishi.
Pedagogik haqqoniylik — o'qituvchinig obyektivlik mezoni, uning ma’naviy tayyorgarlik darajasi.
Refleksiv malaka — pedagogga nisbatan qo'llanadigan nazorat - baholash faoliyati.
Refleksiya — takrorlash, aks etish, o'z harakatlari va holatlarini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |