J. O. Tolipova


'qituvchining pedagogik faoliyati va о ‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo 'llarini belgilang



Download 338,42 Kb.
bet79/83
Sana08.01.2022
Hajmi338,42 Kb.
#333874
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
Biologiyani o'qitishda innovatsiya

0'qituvchining pedagogik faoliyati va о ‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo 'llarini belgilang.

  • Bajarilgan ishlarni darsning borishiga muvofiq holda joylashtiring.

  • Dars ishlanmasini loyihalang va uni talab darajasida jihozlang.

    PEDAGOGIK ATAMALARNING QISQACHA LUG‘ATI

    Avtokratlik — hokimlik, kishining buyruqbozlik, ko'rsatmalar berish va jazolash kabi shakllarda boshqalarga (masalan, o'qituvchining o'quvchi) nodemokratik usullardan foydalangan holda ta’sir etishga moyilligi.

    Agressiviik — dushmanlik, boshqalarga, atrofdagilarga zarar yetkazish, tajovuz qilish, noqulaylik tug'dirish maqsadini amalga oshiruvchi shaxsning xususiyati.

    Aksiologiya — qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot, aksiologik qadriyatlar mohiyati.

    Aksiologik yondashuv — insonparvarlik pedagogikasiga xos bo'lgan xususiyat, bunda inson ijtimoiy qadriyat va jamiyat rivojlanishining pirovard maqsadi sifatida qaraladi. Aksiologik tafakkur o'zaro aloqadagi ham o'zaro harakatdagi dunyo konsepsiyasiga asoslanadi.

    Anketalashtirish — anketa yordamida ijtimoiy, iqtisodiy, demografik, psixologik, pedagogik va boshqa tadqiqotlar uchun dastlabki mate­riallarni yig'ish jarayoni.

    Antropologiya — odamning biologik tabiatini har tomonlama o'rganuvchi fan.

    Assimilatsiya — yangi sharoitda tayyor malaka va ko'nikmalardan jiddiy o'zgarishsiz foydalanish.

    Autotrening — o'zini-o'zi ishontirish, shaxsning o'zini-o'zi boshqarishga qaratilgan maxsus mashqlar to'plami. Autotreningdan shaxsning o'z ruhiy holati va xulqini boshqarishda foydalaniladi.

    Axloq — shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari, ijtimoiy ong shakllaridan biridir.

    Bayon qilish — o'qituvchi tomonidan o'rganilayotgan material maz­munini izchil so'zlab berish metodi.

    Bilim — narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayon­lar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar haqida fan tomonidan aniqlangan tushunchalar tizimi.

    Bilish faoliyati — o'quvchilarning idrok qilish hissi, nazariy fikrlash va amaliy faoliyat birligi.

    Boshqarish — tashkil etish, qaror qabul qilishga qaratilgan faoliyat, obyektni o'z xizmat vazifasi doirasida nazorat qilish, tartibga solish, ishonchli axborotlar asosida tahlil qilish va yakun yasash.

    Burch — muayyan jamoaviy va axloqiy majburiyatlarni his qilish, uning zarurligini anglash.

    Davlat ta’lim standarti — uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga qo'yiladigan minimum talablar.

    Didaktika — ta’lim va o'qitish nazariyasi hamda o'qitish jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi.

    Didaktik-o‘yin texnologiyasi — o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unlashtirilgan jarayon.

    Dunyoqarash — shaxsning tafakkur tarzi va yo'nalishini aks ettiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o'ylar tizimi.

    Faoliyat — 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi.

    Ideal — oliy maqsad, biror narsaning namunasi, shaxs, guruhlaming xatti-harakatlari, intilishlari intihosi.

    Idrok etish malakasi — o'quvchilarning xususiyatlari — ularning o'quv muammmolarni hal etish maqsadida muloqotga hozirligini aniq­lash uchun zamr bo'lgan malaka.

    Ijtimoiy guruh — jamoa, umumiy maqsad yo'lida shaxslarning o'zaro munosabatlari, tashkiliyligi va intilishlari bilan bir-biriga monand turg'un sotsial guruh.

    Ijtimoiy idrok etish — kishilar tomonidan ijtimoiy obyektlarning idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi. Izohlash, tushuntirish — og‘zaki izoh, yoritilishi lozim bo'lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.

    Ilmiy yangilik — muayyan davrga nisbatan ma’lum bo'lmagan va pedagogikaga oid adabiyotlarda qayd qilinmagan nazariy, amaliy xulosalar, ta’lim qonuniyatlari, uning tuzilmasi, mexanizmlari mazmuni, tamoyillari va texnologiyalari.

    Insonparvarlik — 1) insonning insonga bo'lgan mehri-muhabbati, uning shani,qadrini hurmat qilish, kishi manfaatlari uchun qayg'urish g'oyalari bilan sug'orilgan va kishilar o'rtasidagi tenglik, haloUik, insoniy munosabat tamoyillariga asoslangan dunyoqarash; 2) insoniylik va insonparvarlik, insonlarning bunyodkorligiga ishonchi.

    Individuallik — shaxsning betakror biosotsiologik xususiyatlari.

    Intellekt — shaxsning turli faoliyat turlarini muvaffaqiyat bilan o'z- lashtirishini belgilaydigan tug'ma va o'zlashma barcha aqliy qobiliyatlar to'plami.

    Ishontira olish — axborot oqimining shaxs tomonidan tanqiddan xoli, erkin ravishda o'zlashishiga erishishni ko'zlagan ruhiy ta’sir etish metodi.

    Kasbiy-pedagogik muloqot — pedagog va tarbiyalanuvchining o'zaro zich ijtimoiy-psixologik aloqasi tizimi bo'lib, uning mazmuni axborotlar ayriboshlash, tarbiyaviy ta’sir o'tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o'zaro munosabatlarini tashkil etish hisoblanadi.

    Kasbiy tayyorgarlik — bo'lajak mutaxassisning psixologik, psixo- fiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.

    Kasbiy bilimdonlik — pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy tayyorlik birligi.

    Kognitiv — bilish jarayoni.

    Kommunikatsiya — kishilarning o'zaro muloqotlarida axborotlar almashish tavsifi.

    Kommunikativ ko‘nikma — muomala qila olish, ko'nikmasi.

    Kommunikativ faoliyat — pedagogning tarbiyalanuvchilar, boshqa pedagoglar, jamoatchilik vakillari, ota-onalar bilan maqsadga muvofiq o'rnatgan munosabatlari.

    Konflikt — qarama-qarshi qarashlar, fikrlar to'qnashuvi, jiddiy ziddiyat, qizg'in bahs.

    Konstruktiv faoliyat — u o'zida konstruktiv mazmun (o'quv materiallarini tanlash va joy-joyiga qo'yish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv — operativ (o'zining va talabaning xatti- harakatlarini rejalashtirish), konstruktiv — material (pedagogik jarayonning o'quv-material bazasini loyihalashtirish) ni birlashtiradi.

    Kreativlik — betakror qadriyatlar yaratuvchi, nostandart yechimlar qabul qiluvchi individning botiniy qobiliyati.

    Kuzatish — biror pedagogik hodisa bo'yicha konkret faktik material olish maqsadini ko'zlagan idrok etishning shakli.

    Ko'nikma — biror faoliyatni o'zlashtirilgan usuli bo'lib, o'quv jarayonida o'rganish natijasida qo'lga kiritilgan, beixtiyor, avtomatik tarzda bajariladigan harakat.

    Ko'rsatma — ehtiyojning mavjudligi va obyektiv vaziyat hamda uni qondirish bilan bog'liq ravishda oldindan shaxslarning ma’lum faolligini tayyorlash, ulami joylashtirish.

    Laboratoriya ishi — asbob-uskunalar va boshqa texnik moslamalardan foydalangan holda tajribalar o'tkazish, biologik jarayonlarni maxsus jihozlar yordamida o'rganish.

    Leksiya (ma’ruza) — odatda biror fan mazmunini og'zaki bayon qilishga asoslangan o'quv jarayoni, metodi.

    Loyihalash malakasi — malakaning maxsus turi bo'lib, kutilgan pedagogik natijalarni konkret ta’lim va tarbiya rejalarida aks ettiradi.

    Loyihalash texnologiyasi — muayyan maqsadni amalga oshirish uchun o'quvchilarning loyihalash ko'nikmasini rivojlantirishga asos­langan texnologiya.

    Malaka — ko'nikmalaming avtomatlashgan ko'rinishi, shaxsning o'zi egallagan bilimlari asosida ularning yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, ma’lum bir faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir.

    Malaka tavsifnomasi — o'qituvchining nazariy va amaliy bilimlariga qo'yiladigan umumiy talablar. Maqsad — faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.

    Matematik va statistik metod — bu metod og‘zaki so'rov va eksperiment natijalariga ishlov berishda, shuningdek, o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi miqdoriy aloqadorlikni o‘matishda qo'llaniladi.

    Mashq — o‘zining bilimlarini chuqurlashtirish hamda tegishli malaka va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida harakatlarni og'zaki va yozma ravishda takroran amalga oshirish.


    Download 338,42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish