Biznes marketing
— marketingga yuqorida berilgan barcha tariflar
biznes marketingi uchun ham xos bo‘lib, faqat ular biznesning har
bir tunda o'zgacha ko'rinishda namoyon bo‘ladi va biznes turining aynan
o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Biznes marketingning makromuhiti
— biznes subyektini marketing
muhitining tarkibiy qismi boiib, mikromuhitga ta’sir etuvchi kuchlarga
qaraganda kengroq kasb etuvchi demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik,
siyosiy madaniy va h.k. omillardan iborat.
Biznes marketingning mikromuhiti
— biznes subyektini marketing
muhitining tarkibiy qismi bo‘lib, bevosita firmaning o ‘ziga va uning
mijozlariga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga va munosabatlariga ta’sir
etuvchi kuchlardir. Ya’ni, ta ’minotchilar, marketing vositachilari,
mijozlar, raqobatchilar kabi omillardan iborat.
Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi
shundan iboratki,
xaridor miqdori va bahosi bo‘yicha maqbulroq mahsulot olishni ma’qul
ko‘radi va menejment mahsulotni yaxshilash va tarqatishni diqqat
markazida tutishi lozim. Bu sotuvchilarni qanoatlantiradigan eng eski,
falsafiy konsepsiyalardan bo‘lib, moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi
biznesiga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |