Korporativ reklama — muayyan bir tovar markasigagina emas, balki
to ‘liq tovarlar assortimentiga ehtiyojni shakllantiruvchi reklama turi.
Pablik releyshnz — jam oatchilik va korxona (firma)ning o ‘zaro
manfaatlariga xizmat qiluvchi sa’y-harakatlar dasturini amalga oshirish
b o rasid a korxona rahbariyatiga takliflar berish, tahlil qilish va
bashoratlash borasidagi faoliyat (haqidagi fan).
Shaxsiy marketing konsepsiyasi va unga yaqin bo‘lgan o ‘z-o ‘zining
marketingi bu — insonning energiya va tashabbusni, tabiat in’om etgan
n e ’matlarni, egallagan bilimlar va mahorat, shaxsiy tadbirkorlik va
faol hayot pozitsiyasini eng yuqori darajada safarbar etgan holda raqobat
sharoitlarida o ‘z shaxsini nam oyon qilishga tizimli yondashuvidir.