En~
milliy iqtisodiyotning integral iqtisodiy samaradorligi;
D
—
t-yilda milliy iqtisodiyot darom adi;
Z'n —
t-yilda milliy iqtisodiyot
xarajatlari;
Ye —
diskontlashtirish koeffitsiyenti.
U t-yilda hisobga olinadigan xarajat va tushumlaming hisoblanayotgan
davrining birinchi yilidan uzoqlasha borgan sari qadrining pasayish
darajasini aniqlaydi. Bunda
E=
0,1 qilib olish tavsiya etiladi. Agar
E <
0,
bo‘lsa, bunday Q K ni tuzish foydasizdir.
E > 0
bo‘lgan taqdirda bunday
QK ni tuzish maqsadga muvofiqdir.
E—Q
bo‘lsa, u holda
Ye
ning
miqdorini hisoblab chiqmoq lozim.
Bo‘lg‘usi QK ning texnik iqtisodiy jihatdan asoslari ta ’sis va loyiha
hujjatlarida o ‘z aksini topadi. Bular jumlasiga QK ning maqomi va faoliyat
ko‘rsatish shartlarini o ‘zida aks ettiruvchi bitim -shartnom a kiradi.
Shartnomaning asosi QK ning Nizomidir. Unda «Nizom fondi» mablag1
hajmi, qatnashchilarning ulushi, to m o n lar m as’ulyati, bahslarni hal
qilish, nazorat-hisobot tartibi kabi masalalar o ‘z aksini topadi.
Ustavda QK ni boshqaruv tizimi, tarkibi ko‘rsatiladi. Rahbariyatning
vakolatlari, vazifasi va faoliyat chegarasi aniq belgilanadi. U nda umumiy
ishchilar, injener-texnik xodimlar soni aniqlanadi. Boshqaruv tizimida
tashkil etilayotgan b o ‘limlar, ularning o ‘zaro munosabatlari alohida
aks ettiriladi. Xodimlarga to ‘lanadigan haq, QK ning oladigan foydasi,
uni taqsimlash tartibi, hisobot va hokazolar mufassal bayon etiladi.
QK larda barcha hisob-kitoblar so‘m va xorijiy valutada amalga oshiriladi.
Ustav fondiga bizning ulushimiz sifatida yer, suv, yer uchastkalari,
tabiiy boyliklarimizdan foydalanish bahosi, huquqi, elektr q u w ati,
tayyor infratuzilmalari bahosi va boshqalar kiritilishi mumkin. U m um an
olganda ustav fondining miqdori QK ning loyihalashtirilgan quw atiga
erishish va ish faoliyatini boshlash uchun zarur bo ‘lgan xarajatlarga
asoslanib hisoblab chiqiladi. Ustav fondida QK larning ulushi chega-
ralanmaydi. Ular o ‘z imkoniyatlariga ko‘ra o ‘z baholarini oshirib borish-
lari mumkin. Shu ulush foydani taqsimlashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
QK larning hisob-kitob ishlari jah o n standartlari asosida am alga
oshiriladi. Moddiy texnika ta ’minoti har ikkala mamlakat bozori orqali
amalga oshirilishi mumkin. QK lar tovar va xizmatlarini sotishda
(so‘mda) ulguiji savdo orqali, tashqi bozorda o'zlari yoki xorijiy valutaga
sotadilar. Bu ishlarning bajarilishida marketing rahnamoligi sezilib
turm og'i va ular ilmiy asosda marketing nuqtayi nazaridan boshqarilib
turm og‘i lozim.
Bulaming barchasi QK ni ta ’sis etish hujjatlarida aks ettiriladi va
ular jamlanib hukumatga ruxsat olish uchun beriladi. Yuqori tashkilotlari
QK tuzish haqidagi taklifni ko‘rib chiqar ekan, quyidagilarga alohida
e ’tibor beradilar: QK lam ing milliy iqtisodiyot nuqtayi nazaridan
samaradorligi; atrof-muhitga zararsizligi, yangi texnika, texnologiya va
chet el ilg‘or tajribasini kirib kelish imkoniyatlari, yangi ish joylari
paydo bo ‘lishi, xorijiy valutani kelib tushish miqdori va imkoniyatlari,
importni o ‘mini bosish darajasi, ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlami
ishlab chiqarilishi, QK ni joylashishi ko‘zda tutilgan nohiya hokimyatining
roziligi va hokazolar. K o‘rsatilgan ishlarga ijobiy javob olingach, bundan
QK ro'yxatdan o ‘tadi va bu haqda matbuotda e ’lon qilinadi. QK ning
faoliyati ko‘rsatishini to ‘xtatish ham ta ’sis etish hujjatlarida, ustavda va
shartnomalarda aks ettiriladi. QK ning faoliyati to ‘xtatilsa yoki uning
chet ellik sherigi a ’zolikdan chiqmoqchi bo‘lsa, uning badali pul yoki
tovar shaklida, shartnomada ko'rsatilganidek, qaytarib beriladi.
QK lar o ‘z mahsulotlarini sotishda ham ichki, ham tashqi bozorga
tayanishi mumkin. Ichki bozorga tayanuvchilar ko‘pchilikni tashkil
qiladi. Lekin xalqaro m ehnat taqsimotiga, jahon bozor madaniyatiga
q o ‘shilib ketishga urinayotgan QK lar qiziqish uyg‘otadi.
Erkin tadbirkorlikni tushunish uchun korxonaning mahsulot sotish
istiqboli va faoliyat rejasi (mohiyatan bu marketing strategiyasi degan
gap) m azkur QK chiqib borishga harakat qilayotgan hududning
ijtim oiy, iqtisodiy, h u q uq iy xususiyatlarini hisobga olm ay turib
tuzilmasligini anglab olish lozim. Qimmatli qog‘ozlar bozori, xomashyo
bozori, m ehnat bozori, q o ‘llaniladigan texnologiyalarni tahlil qilish,
narxlarni kuzatib borshi va bashorat qilish ham shular jumlasiga kiradi.
Bozorni operativ boshqarishga (marketing taktikasi) kelganda esa
shuni aytish mumkinki, tadbirkorlikning ko'plab huquqiy asoslarini
va ushbu hududdagi iste’m olchilaming psixologiyasini bilmay turib
uni yo‘lga q o ‘yi shning iloji yo‘q.
Q K faoliyatida faqat mam lakat bozorini bilishgagina asoslanib
bo'lmaydi. Rahbarlar va mutaxassislar QK o ‘z mahsuloti va xizmatlari
bilan kirib borishni m o ‘ljallayotgan hududning tabiiy-iqlim, tarixiy,
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va boshqa hayot sharoitlari bilan o ‘matiladigan
barcha cheklashlarni tahlil qilish va miqdoriy baholashlari lozim. Agar,
aniqlangan cheklashlarni muvaffaqiyatli yengishga va xarajatlami qoplash
ham da foyda olishga imkoniyat bo‘lsa, u holda haqiqiy erkin tadbirkorlik
haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Umum an olganda, QK larda marketing
ishlarini tashkil qilish va uning mazmuni boshqa xo'jalik tuzilmalaridagiga
qaraganda kam farq qiladi. Lekin, har bir aniq yo'nalish har doim
o ‘ziga xosdir. Bu yerda tashqi bozorning xususiyatlari bilan birga,
m a m la k a tim iz n in g xorijiy in vestitsiy alar h aq id ag i q o n u n la rid a
o ‘m atilgan huquqiy munosabatlarga xos jihatlarni hisobga olish lozim.
M asalan, QK larga quyidagi om illar moliyaviy qulayliklar tug‘diradi:
soliqqa tortish bazasining kamaytirilishi; soliqlarni to ‘g‘rid an -to‘g ‘ri
kamaytirish yoki ulardan ozod qilish; m a ’lum bir vaqt mobaynida
soliqlardan ozod qilish yoki ulam i to'lashni orqaga surish ko‘rinishidagi
soliq kanikullari; QK lar faoliyatiga qulaylik tu g ‘diruvchi maxsus
hududlarning, erkin iqtisodiy zonalarning ochilishi va sh.k.
M arketing dasturlari ishlab chiqish nuqtayi nazaridan QK larning
eng m u h im im tiyozlaridan bir o ‘z m o d d iy ishlab ch iq arish in i
ta ’m inlash m aqsadida xorijdan keltirilayotgan m ulkning bojxona
poshlinasi va soliq to'lashdan ozod etish hisoblanadi. U lar tom onidan
olib kelinayotgan texnologik uskunalar va ularning ehtiyot qismlari
ham , shuningdek, QK eksport qilayotgan bir q ator tibbiy dorilar
ishlab chiqarish va birgalikdagi ilmiy ishlar o ‘tkazish uchun zarur
bo‘lgan materiallar ham qo‘shimcha qiymat solig'iga tortilmaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasining chet el investitsiyalari to ‘g‘risidagi
qonuniga muvofíq to ‘laligicha xorijiy investorlarga tegishli korxonalar
va ustav mablag'ida xorijiy investitsiyalar 30 % dan k o ‘proqni tashkil
qilgan korxonalar import poshlinasi to ‘lamay turib, ustav mablag'i
sifatida kiritishi u ch u n m o ‘ljallangan m ateria llari va butlovchi
m ahsulotlar olib kirishga haqlidirlar. Shuningdek, ularning mahsulot
yetkazib berish to ‘g‘risidagi bitimlari 1993-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan
bo‘lsa, ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan mahsulotlarga ham poshlina
to ‘lashdan ozod qilinadilar.
Sanab o ‘tilgan va boshqa bir qator imtiyozlar Q K lar uchun juda
keng imkoniyatlar beradi. Lekin, mavjud imkonityalami amalga oshirish
uchun yana QK tuzishda uning faoliyatini barcha tashkiliy-iqtisodiy
tom onlarini yaxshilab o ‘ylab chiqish, bozorni o'rganish, u nda o ‘z
«zamini»ni topa bilish, boshqacha qilib aytganda, marketing dasturini
ishlab chiqish haqida qayg‘urish kerak.
Shunday qilib, QK da marketing strategiyasi va taktikasini ishlab
chiqishning m uhim xususiyati, bir to m o n d an , bozordagi sherik
mamlakatning huquqiy va boshqa hayot me’yorlari bilan o ‘matiladigan
turli cheklashlarni hisobga olish bo‘lsa, ikkinchi tom ondan, bozorni
tashkil qiluvchi erkinlikning kengligi darajasidir. Masalan, Q K eng
qulay siyosiy sharoitga ega. Ya’ni nisbatan barqaror hukumat, barqaror
pul kursiga ega mamlakatlarning mahsulot sotish bozorida faoliyat
ko‘rsatishni m a ’qul ko'rishi mumkin. Shuningdek, QK marketing
xizmati kam xarajat qilgan holda bozorga u yoki bu darajada ta ’sir
ko'rsatuvchi jo ‘g‘rofiy va madaniy-tarixiy sharoitlar haqida m a’lumotlar
olishi m um kin. Bu QK larning ishonchliroq va tezkor m a ’lumot
manbalariga egaligi bilan izohlanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarga ega korxonalarda
marketing faoliyati borasida ulkan tajriba to ‘plangan b o ‘lib, ulardan
respublika QK lari o ‘z sharoitlariga moslashtirishlari mumkin.
QK marketing faoliyatini amalga oshirishda xalqaro mikromuhitni
ham e’tiborga olib ish yuritish zarur. Bu yerda xususan raqobatchilar,
vositachilar, mijozlar, yetkazib beruvchilar, kooperatsiya, servis, ya’ni
sotishdan oldin va sotishdan keyin xizmat ko‘rsatish ham da ularning
keng imkoniyatlari haqida fikr yuritilmoqda.
Shunday qilib, QK lardagi marketing ularning faoliyati ichki va
tashqi xususiyatlaridan kelib chiqib, muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon
bozoriga chiqish, bozor iqtisodiyotida xo‘jalik faoliyati tajribasini
o ‘zlashtirish, valuta olish uchun tuziladigan QK lar bu vazifalami faqat
chuqur professional yondashuv asosidagina hal qilishlari mumkin.
B unday y o n d ash u v esa, b a rc h a m arketing usul va vositalarini
o ‘zlashtirishni talab qiladi. Bundan tashqari, xorijiy sheriklar o ‘zlarining
qonuniy talablari va manfaatlarini ham ilgari suradi. Ular o'zlari qo'ygan
mablag'ga ularning mamlakatlaridagi bank foizlaridan kam b o ‘lmagan
miqdorda dividendlar olishni xohlaydilar. Bu summa xorijiy sherikda u
chet elga valuta olib ketgani uchun belgilangan soliqni davlatimizga
to ‘laganidan keyin qolishi kerak. 0 ‘z tomonidan QK amortizatsiya
to ‘lovlarini valutada ishlashi kerak. Bu xorijdan uskunalar sotib olish
uchun zarur. Bunga esa, faqat xalqaro standartlarga javob beradigan
mahsulot ishlab chiqarish va sotish natijasidagina erishish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |