J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/165
Sana18.03.2022
Hajmi9,18 Mb.
#499754
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   165
Bog'liq
Biznes marketingi

Tnjiniring —
aqliy faoliyat turlarining yig‘indisi b o ‘lib, u turli 
maqsadlardagi loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq b o ‘lgan kapital 
qo‘yilmalar yoki xarajatlardan moddiy, m ehnat, texnologik va moddiy 
resurslar, shuningdek, ilmiy-texnik yutuqlar asosida tashkil qilish va 
boshqarish usullari evaziga eng yaxshi (optim al) natijalar olishga 
qaratilgandir.
O 'zining universalligi xususiyatidan kelib chiqib, injiniring turli 
xarakterdagi loyihalarda q o ‘llaniladi: ilmiy-tadqiqot, qurilish-loyiha, 
ishlab chiqarish, mahsulot sotish va shu kabilar. Biroq «injiniring» 
tipidagi xizmatlardan kapital qurilish loyihalaridaeng k o ‘p foyda- 
laniladi. Bu yerda ularning asosiy vazifasi — investitsiyalarni opti- 
mallashtirishdir.
Ishlab chiqarishning alohida turi sifatida injiniring bu xizmatlarni 
yakuniy mahsulot yaratishda ishtirok etadigan boshqa mehnat turlaridan 
farqlovchi bir qator o ‘ziga xos xususiyatga ega.
Injiniringning birinchi o ‘ziga xosligi — uning ishlab chiqarish 
maqsadidagi xizmat shakllaridan biri sifatida chiqishidir. Injiniring 
bevosita mahsulotning moddiy ko'rinishida b o ‘lmay, balki nom oddiy 
manbaga ega bo'ladigan bir qadar samarali b o ‘lishi m um kin (loyiha va 
texnik hujjatlar).
Injiniring xizmatlarining ikkinchi xususiyati — m oddiy farovon- 
liklarni va xizmatlarni oraliq va yakuniy iste’mol qilishga moMjallangan 
ishlab chiqarish va amalga oshirishni tayyorlovchi va ta ’minlovchi yakuniy 
natijaga bogiiqligidir. Noishlab chiqarish tusidagi xazm atlarning o ‘zi 
injiniring tarkibiga kirmaydi. U shunisi bilan yakuniy iste’mol sohasi, 
moliya va savdodagi xizmatlardan farq qiladi.
Injiniringning, «nou-xau», litsenziyalar va texnologiya sohasidagi 
bilimlar yaratish va savdo qilishning boshqa shakllaridan farq qiluvchi 
uchinchi xususiyati shundan iboratki, bu xizm atlar u m u m a n olganda 
qayta ishlab chiqarilishi mumkin, litsenziyalar va «nou-xau»lami sotish 
esa yangi, ayni paytda, qayta ishlab chiqish m um kin b o ‘lmagan ishlab 
chiqarish va boshqa turdagi bilimlarni nam oyon qilishdir.
Turli ko‘rinishdagi injiniring xizmatlarining yig‘indisi ikkita katta 
guruhga bo‘linishi mumkin: ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash bilan 
b o g iiq b o ‘lgan xizmatlar va mahsulot ishlab chiqarish h am d a sotish 
jarayonining normal borishini ta ’minlash bo'yicha xizmatlar. Birinchi 
guruhga quyidagilar kiradi:


— loyihadan oldingi xizmatlar (bozomi o ‘rganish, dala tadqiqotlari, 
topografik suratga olish va sh.k.);
— bazis va detal injiniringga bo'linuvchi loyiha xizmatlari;
— loyihadan keyingi xizmatlar — obyekt qurish va obyekt qurilishi 
bo‘yicha shartnoma tuzish ishlari;
— ushbu obyektni yaratishning aniq talablari keltirib chiqargan 
maxsus xizmatlar.
Ikkinchi guruhga foydalanish, korxonani boshqarish va mahsulot 
sotish jarayonini optimallashtirish bilan bog‘liq bo'lgan ishlar kiradi.
Injiniring xizmatlari bilan savdo qilish asosida ishlarni amalga 
oshirishning shartnom a usuli yotadi. U injiniring kompaniyasi va 
buyurtm achi o ‘rtasida tuzilgan shartnomaga asoslanadi. Shartnom a 
obyektlami qurishda injenerlik-konsultatsiya firmalarining ishtirokining 
asosiy shartlarini tartibga soladigan bir qator majburiy punktlarga ega 
bo‘ladi.
Xalqaro va ichki xizmatlar savdosining o ‘sishi, uning diversifi- 
katsiyalanishi va xizmatlar sohasidagi raqobatning kuchayishi bu sohani 
tartibga solish va kelishuvlarga talabni kuchaytirmoqda. Bu ikki tomonlama 
va ko'ptomonlama davlatlararo bitimlar va tartibga solishlar orqali amalga 
oshiriladi. Xalqaro tashkilotlar doirasida xizmatlar savdosini tashkil 
qilishni tartibga solish muhim xizmatlar savdosini tartibga solishning 
muhim shaklidir. Ushbu masalalar bo‘yicha bitimlarni tayyorlash bilan 
ixtisoslashgan hukumatlararo tashkilotlar (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi
— IKAO, Xalqaro dengiz tashkiloti - IM O , Butunjahon turistik 
tashkiloti va boshqalar), shuningdek, keng profilli savdo-iqtisodiy 
ta sh k ilo tla r (avvalam bor G A T T, Y uN K T A D , O E S R ) shug‘ul- 
lanadilar.

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish