11-jadval
Marketing tashqi muhitining elementlari
Muhit turi
Tashqi muhit
Darajasi
Makro
Mikro
Omillari
Ijtimoiy
Korxona
T exnologik
Y etkazib beruvchilar
Iqtisodiy
Marketingli vositachilar
Siyosiy
M ijozlar
Tabiiy
Raqobatchilar
Madaniy
boshq.
Makro tashqi muhitga: ijtimoiy, texnologik, iqtisodiy; siyosiy,
tabiiy; madaniy, omillar kiradi.
Marketing va menejment fanlariga oid adabiyotlarda tashqi makro
muhitni tahlil qilishda, aksariyat hollarda STEP (inglizcha: social —
ijtimoiy, technologycal — texnologiya, economical — iqtisodiy, political
— siyosiy so'zlarning bosh harflaridan iborat) usuli qo'llaniladi. Bu
usulda tashqi muhitning 4 ta omili inobatga olingan bo'lib, ulaming har
biri alohida-alohida o'rganiladi. Agar, tahlilimizda bu usulni to ‘g‘ridan-
to‘g‘ri qo‘llaydigan bo'lsak, 11-jadvalda keltirilgan 2 ta (tabiiy, madaniy)
omilni qamrab ololmaymiz. KBS lari marketingining makro tashqi muhiti
elementlarini to‘liq tahlil qilish uchun biz, tabiiy va madaniy omillarni
ham qamrab olgan holda, STEP usulini qo‘llaniladi.
Agar, bu 6 ta makro tashqi muhit omilini KBS laming faoliyatiga
ta ’sirini taqqoslaydigan bo‘lsak, ulardan 5 tasi (ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, tabiiy, madaniy) rivojlanishga ijobiy zamin yaratmoqda. Faqat
bitta (texnologik) omil aksincha, ta ’sir ko‘rsatmoqda. Vaziyatdan
ko‘rish mumkinki, marketingni tashqi makro muhitining bitta omilining
noqulay ta’sir etishi ham jiddiy muammolami keltirib chiqarishga qodir.
KBS lar marketingining tashqi mikromuhiti bu iste’molchilarining
ehtiyojlarini qondirishida korxona marketingiga bevosita t a ’sir
ko‘rsatuvchi om illar va subyektlar (korxonaning o ‘zi, yetkazib
beruvcliilari, marketingli vositachilari, mijozlari, raqobatchilari, va
boshq.) yig‘indisidan iborat.
Kichik korxonalar marketingning tashqi mikromuhitining tahlil
natijalariga ko‘ra fikr yuritadigan bo‘lsak: KBS lar resurslarining
ch eklanganligi, kichik p artiy a la rd a ishlab c h iq arish i, ishlab
chiqarishining mobilligi, bir nechta vazifalarni bir xodimning bajarishi,
tashkiliy tuzilishining ixchamligi kabi xususiyatlari, ularni bozorda
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini ta ’minlab turadi.
12.5. Kichik biznes marketingida bashoratlash
Har bir korxona singari kichik biznes subyektlari uchun ham kelgusi
faoliyatini oldindan rejalashtirish masalasi juda muhim hisoblanadi.
Ayniqsa, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, tovar zaxiralarini
optim allashtirishda, ishlab chiqarish va savdo operatsiyalarini
rejalashtirishda bashoratlash alohida o ‘ringa ega. Korxonalarning
marketing faoliyati aksariyat hollarda qancha, qayerda, qachon, kim
uchun ishlab chiqarish lozim? degan savollarga javob topish uchun
bashoratlashdan keng foydalaniladi. Biznes yuritish jarayonida unga
bir qancha omillar ta’sir etadi. Shu sababli, ularni oldindan va o ‘ta
aniqlikda hisoblash imkoni yo‘q. Biznes olamidagi tajribalar shuni
ko'rsatadiki, eng yuqori aniqlikda hisoblangan bashoratlar ham 0,3—
0,4 % chetlanishlarga ega bo‘lgan.
Biznesni rejalashtirishda bashoratlashning bir necha turlari mavjud.
Ular: sifat, davriy qatorlartahlili, omilli, modellashtirish kabilar. Kichik
b izn es s u b y ek tlarid a ish ch ilar s o n in in g k am ligi, m oliyaviy
cheklanganligi va yuqori malakali mutaxassislaming yetishmasligi
sababli, aksariyat hollarda bashoratlashning murakkab turlari (sifat,
omilli, modellashtirish)dan foydalanilmaydi. Ular asosan, mavjud
m a’lumotlarga tayangan holda, davriy qatorlar tahlili kabi bashoratlash
turini qo‘llashadi. Bunda, o ‘tgan davrlarda erishilgan natijalar
navbatdagi davrlarni bashoratlashga asos bo‘ladi. 0 ‘z navbatida, davriy
qatorlar tahlilining: 1. Oddiy o ‘rtacha; 2. Solishtirma o ‘rtacha;
3. Eksponensial yoyish kabi usullari KBS faoliyatini bashoratlash
jarayonida qo'llaniladi va keng tarqalgan hisoblanadi. Bu usullarning
xususiyatli jihatlari 12-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |