Shunday qilib, «Biznes marketingi» fanining predmeti va asosiy
maqsadi biznes tarmoqlari va sohalarida marketingni shakllanish,
rivojlanish xususiyatlarini o ‘rganish hisoblanadi. Bundan kelib chiqib,
biznes tushunchasi va uning ahamiyati, sanoat,
qurilish, xizmatlar
sohasi, banklar va boshqa tarmoqlarda marketingning shu kungi holati
tahlil qilinadi, xususiyatlari va rivojlanish yo'nalishlari aniqlanadi.
«Biznes marketingi» fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
— tarmoq soha va faoliyat turlari bozorlarining holatini baholash,
o ‘zgarish tendensiyalarini tahlil qilishni o‘rgatish;
— tarmoq bozorlaridagi talab va taklifni tadqiq qilishni tashkil etish;
— biznes korxonalari faoliyatini is te ’m o lc h ila r ehtiyojiga
moslashtirish
ilmidan saboq berish;
— tarmoq bozorlarida tovarlar raqobatbardoshligini oshirish yo‘l-
yo‘riqlari haqida bilim berish;
— tarmoq bozorlari segmentatsiyasi xususiyatlari, sig‘imi va uni
to'yintirish usullarini o‘rgatish;
— biznes sohalaridagi marketing strategiyasini ishlab chiqish va
boshqalar haqida bilim berish.
«Biznes marketing» kursi talabalarga va bu sohaga qiziquvchilarga
quyidagilar haqida tushuncha beradi:
— biznes marketing tushunchasi va uning ahamiyati;
— m arketingdan foydalanish va uning biznes sohalaridagi
xususiyatlari;
— biznes sohasida marketing usullari va shakllari.
Talabalar bu fandan saboq olgach quyidagilarni bilishi va qo'llay
olishi shart:
— tarmoq va soha bozorlarining holatini mustaqil tahlil qilish usullari;
— bozorlaming holatini baholash, tanlash va ularga chiqish usullari;
— biznes marketingini tashkil
qilish va boshqarish usullari;
— tarmoq va soha bozorlari segmentatsiyasi tamoyillari;
— bozorlarda tovarlar va xizmatlarni o'tkazishni tashkil qilish;
— bozorlarda reklama faoliyatini amalga oshirishni tashkil qilish.
Talabalar quyidagi ko'nikmalarga ega bo‘lishlari kerak:
— biznes marketingini tashkil qilish sohasida;
— tarmoq bozorlarining holati haqida axborot to'plash, uni qayta
ishlash, umumlashtirish va saqlash;
— bozorlardagi tovarlar, raqobatchilar va xizmatlar holatini
tahlil
qilish;
— tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni iste’molchilarning
ehtiyojlariga tezkor moslashtirish;
— bozorlarda talab va iste’molchilarning xulq-atvorini shakllantirish;
— biznes marketingini tashkil qilish va boshqarish bo‘yicha xorijiy
mamlakatlar ilg‘or tajribalaridan foydalanish.
«Biznes marketingi» kursi «Marketing asoslari», «Marketing
faoliyatida bozorni tahlil qilish va istiqbollash», «Xalqaro marketing»,
«Xalqaro biznes», «Tovarlar va xalqaro standartlar», «Marketingni
boshqarish», «Reklama asoslari», «Xalqaro iqtisodiy aloqalar» va shu
kabi boshqa o ‘quv fanlari bilan uzviy bogMangan.
Quyidagilar kursni o ‘zlashtirishning muhim shartlari hisoblanadi:
— fanni o ‘qitishda kompyuter texnikasidan foydalanish;
— marketing ko'rsatkichlarini tahlil qilishda iqtisodiy-matematik
usullar va amaliy dasturlar paketi (ADP)dan foydalanish;
— marketing ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda kompyuter grafikasining
instrumental vositalaridan foydalanish.
Kursni o ‘rganishda Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan
0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish
tamoyillari, xorijiy va
mamlakatimiz iqtisodchilarining ilmiy ishlarini chuqur o ‘rganish,
tarmoqlar, korxonalar, alohida firmalar, transmilliy korporatsiyalar,
ulaming filiallari va vakil firmalarining marketing faoliyati holati haqida
referatlar,
mustaqil sharhlar tuzish, shuningdek, kurs ishlari yozish
bilan olib borilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: