Guruhlarga darsning oltin qoidalarini eslatib otamiz.
1.Intizom.
2.Faollik.
3.Vaqtga rioya qilish.
4.Asosli va mantiqli fikr bildirish.
5.Fikrni takrorlamaslik.
6.Ozaro hurmat.
7.Ong qol qoidasi.
8.Togri javob uchun rag`bat.
Otgan mavzu boyicha savollar?
Otgan mavzu boyicha oquvchilarga tarqatma savollar va topshiriqlar beriladi.
Savollar?
1.Yaponiyaning xaritadan joylashgan ornini korsating.
2.Yaponiyaning maydoni qancha?
3.Yaponiya hududi asosan qaysi yirik orollarda joylashgan?
4.Yaponiya aholisi qanchani tashkil etadi?
5.Yaponiya aholisining ortacha umr yoshi necha yosh? Ozbekistondachi?
6.Yaponiya aholisi etnik tarkibi haqida nima bilasiz?
7.Aholisining ortacha zichligi qancha? Ozbekistondachi?
8.Yaponiya aholisining necha foizi shaharlarda yashaydi? Ozbekistondachi?
9.Yaponiyada nechta millioner shaharlar bor? Ozbekistondachi?
10.Yaponiyada qurilayotgan binolarning oziga xos hususiyati qanday?
Savollarga togri va aniq javob bergan oquvchilarga ragbat kartochkalari beriladi. Toliq javob bera olmagan oquvchilarga esa harakat qiling kartochkasi beriladi.
Yangi mavzuni organishda biz bugungi darsimizda Zinama-zina metodidan foydalanamiz. Guruhlarga yangi mavzu rejalari boyicha bolib beriladi.
I-guruh- Yaponiya sanoati
II-guruh-Yaponiya qishloq hojaligi
III-guruh-Yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalari
Guruhlar oz taqdimotlarini tayyor qilgunlaricha ular uchun yordam tariqasida ekranda Yaponiya mavzusida tayyorlangan taqdimot namoish qilinadi.
Taqdimot namoishidan song guruhlar javobi tinglanadi. Har bir guruhdan bittadan oquvchi doskaga chiqib ozlariga berilgan rejani yoritib beradilar. Barcha guruhlar javobi tinglanib oqituvchi tomonidan baholanadi.
Mavzuning yoritilmagan qismlari yani Yaponiyaning ichki tafovutlari haqida oqituvchi gapirib otadi.
Yaponiyada iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan hududlar bilan birga, hali yetarli darajada ozlashtirilmagan rayonlar ham mavjud.
Tinch okeani sanoat mintaqasi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan rayon bolib hisoblanadi. Bu mintaqada Tokio qoltigidan Osaka qoltigigacha choziladi. Aslida Tokaydo megapolisini tashkil qilgan bu hududning relyefi nisbatan tekis. Bu tekislik Tinch okeani boylab ortacha 15-65 km li tor yonalishda 600 km dan ortiq masofaga chozilgan.
Mamlakatning rivojlanish darajasiga kora ikkinchi rayoni xonsyu orolining janubiy va Kyusyu orolining shimoliy qismlaridir. Rayonda faqat Kitakyusyu(Shimoliy Kyusyu) sanoat aglomeratsiyasi yuqori darajada rivojlangan metallurgiya va ogir mashinasozlik sanoatlari bilan ajralib turadi. Yaponiyaning uchunchi rayoni Kyusyuning janubiy qismi va butun Sikoku hamda Xokkaydo orollaridir. Rayonda sanoat rivojlanish darajasiga kora Sapporo sanoat aglomeratsiyasi ajralib turadi.
ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |