J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi. Ishlab chiqarish imkoniyati va uning chegarasi



Download 0,56 Mb.
bet5/83
Sana02.08.2021
Hajmi0,56 Mb.
#135904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Иқтисодиёт назарияси фанидан Маъруза матни

3. Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi. Ishlab chiqarish imkoniyati va uning chegarasi
Yuqorida keltirilgan iqtisodiyot borasidagi mushoha­dalardan kelib chiqib, nima sababdan iqtisodchilar dunyoga cheklanganlik nuqtayi nazardan boqishlarini ko‘rish mumkin. Cheklanganlik tushunchasi iqtisodiy resurslar, mahsulotlar va xizmatlarga tatbiqan ham qo‘llaniladi. Cheklanganlik insonda istagancha tanlab olish imkoniyatini cheklab, bizga mavjud narsalardan ayrimlarini tanlay olishni ta­lab qiladi. Endi biz hamma nar­salardan xohlagancha foydalana olmasdan, mavjud narsalar bilangina ki­foya­lanishimiz kerak ekanligini anglatadi. “Hech qachon sichqon tutgichda tekin pishloq bo‘lmaydi” degan oddiygina naql iqtiso­diyotningo‘zagini tashkil etadi. Aytaylik, siz biror-bir mahsu­lot­dan bepul foydalandingiz deylik, ammo xuddi shu mahsulotni ishlab chiqargan boshqa bir ishlab chiqaruv­chi unga qanchadir mablag‘ sarf­lagan-ku! Biror bir oddiy bo‘lib ko‘ringan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ham qanchadir o‘lchamdagi yer maydoni, ish quroli, qo‘l mehnati, bunyodkorlik salohiyati kabilar talab qilinadi. Yuqoridagi “tekin pishloq” ningo‘rniga uni ishlab chiqarish uchun ketgan iqtisodiy resurs hisobiga boshqa bir mahsulotni ishlab chiqarish mumkin edi.

Shunday qilib, bepul tarqatilgan narsa – buyumlar insonlarga hech qachon aslida tekin berilmagan bo‘lib chiqadi. Jamiyatimizdagi hech qaysi mahsulot hech qachon shunchaki bepul berilmaydi yoki unga sarflangan resurslarni boshqa foydali mahsulotga sarf qilish mumkin bo‘ladi. Iqtisodchilar xuddi shu sarf- xarajatlarni yashirin xarajatlar deb ataydilar. Bir turdagi mahsulotni qo‘lga kiritish uchun boshqa turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan cheklanishga majburmiz.2

Resurslar cheklangan sharoitda jamiyat ham o‘z qarorini tanlov asosida qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bunda xarajatlarni kamaytirish muammosiga ham duch kelinadi. Jamiyat cheklangan resurslaridan foydalanishning ustuvor sohalarini aniqlaydi. Bunda ulardan to‘liqva samarali foydalanish hamda ehtiyojlarni to‘laroqqondirib borish talabi hisobga olinadi.

Iqtisodiy faoliyatda foydalanishga yaroqli bo‘lgan moddiy insoniy va tabiiy resurslar iqtisodiy resurslarni tashkil qiladi. Iqtisodchilar iqtisodiy resurslarni to‘rtta umumiy turga ajratadi. Yer-iqtisodchilar uchun ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan barcha tabiiy resurslar tushuniladi, jum­ladan, ekin maydonlari, o‘rmonlar, mineral va neft zaxiralari hamda suv resurslarini tashkil etadi. Ishchi kuchi insonda mavjud bo‘lgan jismoniy va aqliy qobiliyatlar yig‘indisi. Mehnat – inson ishchi kuchining sarflanish jarayonidir.

Кapital –kapitalga iste’mol tovarlari va xiz­mat­larini yaratishda foydalaniladigan kishilar tomonidan yaratilgan barcha ishlab chi­qarish vositalarini kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod-fabrikalar, omborxonalar, transport vosi­talari, yetkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Кapital tovarlari xaridiga sarflarga investitsiyadeb qaraladi3.

Resurs sifatidagi kapital iste’mol tovarlaridan farqqiladi. Iste’mol tovarlari inson ehtiyojini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondiradi, vaholanki, kapital resurs iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga jalb etiladi. E’tibor berish kerakki, iqtisodchilar resurs sifatidagi “kapital” terminiga pul sifatida emas, balki jihozlar, texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalari sifatida qarashadi. Sababi pulningo‘zi hech narsani yaratmaydi, shu sababli iqtisodchilar unga iqti­sodiy resurs sifatida qaramaydi.

Tadbirkorlik qobiliyati alohida kishilarga xos bo‘lgan noyob ishbilarmonlik layoqati.Yer, mehnat, kapital va tadbir­korlik qobi­liyati mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni ma’lum turini tashkil­lashtirish uchun bir joyga jam bo‘lar ekan, ularni umumiy qilib, tovar ishlab chiqarish omillari yoki sodda qilib aytganda xarajatlar deyish mumkin4.

Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma’­lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o‘z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma’lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo‘l­maydi.

Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqa­rish imko­niyatlariningham cheklanishiga olib keladi.

Har bir xo‘jalik, oila, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o‘zining ana shunday imkoniyat chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo‘lgani uchun barcha tovarlar bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin.





Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish