4. Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning shakllanish xususiyatlari
Resurslar bozorida talab va taklifningqaror topishini o‘rganish shuning uchun muhimki, aynan shu bozorda, aholi pul daromadlari shakllanadi. O‘z tasarrufidagi mavjud resurslarni taqdim qilib, uy xo‘jaliklari, ish haqi, foyda, foiz va renta shaklidagi daromadni oladi.
Iqtisodiy resurslar bozori – bu engavvalo, mazkur omillar xizmati bozoridir. Ularning sotib olinishi ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlarining xaridqilinishini anglatadi. O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy resurslarning bir qismi (yer, kapital) haqiqiy ma’noda sotib olinib, o‘z aktivlariga aylantirilishi mumkin, boshqalari (ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati) ularning xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun xaridqilinadi.
Iqtisodiy resurslar bozorida talab va taklifning shakllanishi tovarlar bozoriga taqqoslanganda o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi.
Birinchidan, resurslarga talab hosila talab hisoblanadi, ya’ni ularga bo‘lgan talabni mazkur resurs yordamida ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab belgilab beradi. Ehtiyojni qondirish uchun qaysi tovar, xizmat ko‘p miqdorda talab qilinsa, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurs turiga ham talab shunchalik katta bo‘ladi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslarga talab ularning unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Resurslar unumdorligi o‘sib borishi bilan ularga bo‘lgan talab ham ortib boradi va aksincha.
Uchinchidan, resurslarga talab ular yordamida ishlab chiqariladigan tovarlar narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar tovar narxi o‘ssa, resurslarga talab ham ortadi va aksincha.
To‘rtinchidan, resurslarga bo‘lgan talab birgalikda foydalaniladigan boshqa resurslar narxi va unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Birgalikda foydalaniladigan resurs narxi esa, uningo‘rnini bosish darajasi va mahsulot chiqarish hajmi ta’siriga bog‘liqlikda o‘zgarib turadi.
Iqtisodiy resurslar taklifi ularning xususiyatidan kelib chiqib shakllanadi.
Birinchidan, barcha iqtisodiy resurslarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat, ularningehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy resurslar taklifini ularga talab o‘sishiga mos ravishda ko‘paytirib borish mumkin bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, har xil iqtisodiy resurslar bir xil bo‘lmagan harakatchanlikka, uning oqibatida taklifi turlicha egiluvchanlikka ega bo‘ladi. Agar iqtisodiy resurslar harakatchan bo‘lsa, nisbatan kuchsiz rag‘batlar ta’sirida bir sohadan boshqasiga osonlik bilan almashadi, bunday resursning taklifi ham egiluvchan, ya’ni unga narxning sezilarsiz oshishi natijasida faoliyatning mazkur sohasiga boshqa sohalardan yetarlicha miqdordagi resurslar jalb qilinadi.
Uchinchidan, resurslarningharakatchanligi vaqt bo‘yicha ortib boradi. Vaqt o‘tishi bilan resurslarning umumiy miqdori ham nisbatan ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |