J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «sifat menejmenti» fanidan



Download 9,72 Mb.
bet29/219
Sana30.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#197758
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   219
Bog'liq
2 5190768706531101516

Sistemalilikprintsipi. Texnik taraqqiyot va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining ortishi kishilarning mehnati, mehnat vositalari hamda mehnat predmetlarini birlashtiruvchi ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan sistemali yondoshuvni taqozo qiladi.

Sistema deganda, ko’zlangan maqsadga maksimal samaradorlik va eng kam xarajatlar bilan erishishni ta’minlaydigan o’zaro bog’langan elementlar to’plamining faoliyati tushuniladi. Elementlar sistemasining miqdoriy aloqalari determinatlashgan yoki tasodifiy bo’lishi mumkin.

Sistemaga kiruvchi o’zaro bog’langan elementlar sistemasi ularni turli darajalarda ierarxik bog’liqligini o’rnatishga imkon beruvchi strukturani hosil qiladi.



  1. Komplekslik va optimal chegaralanish printsipi. Standartlarni ishlab chiqishda standartlashtirishning yakuniy ob’ektiga ta’sir etuvchi barcha asosiy elementlarni e’tiborga olish kerak. Standartlashtirish ishlarini mehnat sarfini qisqartirish uchun asosiy ob’ektga unchalik ta’sir ko’rsatmaydigan omillar e’tiborga olinmaydi. Standartlashtirishda moddiy va moddiy bo’lmagan o’zaro bog’langan elementlar kompleksiga talab va tavsiflar sistemasi ko’rib chi qiladi.

  2. Standartlarni optimallashtirish va progressivlik printsipi Standartlar tomonidan o’rnatilgan ko’rsatkichlar, me’yorlar, tavsiflar va shartlar fan, texnika va ishlab chiqarishning jahon darajasiga javob berishi kerak. Ular standartlashtirilayotgan ob’ektlarning rivojlanish yo’nalishlarini e’tiborga olishlari shart.

  3. Standartlashtirilayotgan mahsulotning bog’liqligini ta’minlash printsipi. Mahsulotlar ekspluatatsiya qilish ko’rsatkichlari bo’yicha bir-birining o’rnini bosishni ta’minlashga imkon beruvchi bu printsip kompleks standartlashtirishda, shuningdek mahsulotlarni standartlash-tirishda, texnik shartlarni ishlab chiqishda asosiy o’rin tutadi.

  4. Standartlarning o’zaro bog’liqlik printsipi. Umumtexnikaviy va

tarmoqlararo standartlarning ko’p sonli, turli-tumanligi ular o’rtasida o’zaro bog’liqlik o’rnatishni taqozo etadi. Kompleks standartlashtirish usuli ushbu printsipning muhimligi va samaradorligining yaqqol misolidir. SHuningdek, standartlashtirish sohasidagi qo’llaniladigan tushunchalarning o’zaro bog’liqligi ham muhimdir.

  1. Standartlarni ishlab chiqishning ilmiy-tadqiqot printsipi. Standartlarning loyihalarini tayyorlash va muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun faqatgina amaliy tajribani keng umumlashtirishgina emas, balki maxsus nazariy, eksperimental va tajriba konstruktorlik ishlarini ham amalga oshirish zarurdir. Bu printsip barcha standartlarga tegishlidir.

  2. Ustivorlik printsipi. Odatda tipik birlashmalar va detallarning tipi va o’lchamlari, shuningdek boshqa parametrlar ishlab chiqarishning turli tarmoqlari uchun bir vaqtda standartlashtiriladi. SHuning uchun bunday standartlar parametrlari bo’yicha katta diapazonni egallaydilar.

SHu printsipga ko’ra rezbalarning metrik qadami va diametri qatori, normal burchaklar qatori va boshqalar tuziladi. Bundan tashqari mahsulot tiplari, tip o’lchamlari, parametrlarini qo’llashga ruxsat etiladigan zaruriy minimumiga keltiradigan chegaralangan tarmoq standartlarini ham yaratish tavsiya etiladi.

  1. Dinamika printsipi. Iqtisodiyotning samaradorligini oshirish uchun standartlashtirish ob’ektlarining texnika taraqqiyoti shartlariga javob beradigan darajada bo’lishlari uchun vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqish zarur.

  2. Minimal moddiy xarajatlar ulushi. To’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarida moddiy sarf xarajatlarni ulushi 65-80% ni tashkil etadi. SHuning uchun ham mahsulot birligiga ketadigan xom-ashyo sarfini qisqartirish muhim ahamiyatga egadir. Mahsulotlarni standartlashtirishda xom-ashyo sarfi ulushini qisqartirishga imkon beradigan ilg’or texnologiyani tatbiq etish, eng maqbul bichish kartalarini qo’llash, mahsulotning uzoqqa chidamlilik, ta’mirlanuvchanlik xususiyatlarini yaxshilash moddiy xarajatlar ulushini qisqartirishga imkon beradi.

  1. Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar

Qator davlatlarda sifatni boshqarish bo’yicha milliy standartlar 70-yillardan beri mavjud. Ular birinchi navbatda aviatsiya, kosmonavtika, harbiy texnikani ishlab chiqarish kabi muhim tarmoqlarida loyihalashtirish va ishlab chiqarish bosqichlarida sifatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi va qo’llanildi.

Standartlashtirish va sifatni ta’minlash sitemasini qo’llash sohasidagi milliy tajribaga asoslanib ISO/TK-176. 1987 yil ISO 9000 seriyasidagi birinchi 5 ta standartni ishlab chiqdi. SHu bilan bir qatorda sifatni ta’minlash sohasi MS ISO 8402 dagi tushunchalar va ularni ta’rifi bo’yicha lug’at tayyorlandi.





1. Rasm. ISO 9000 seriyasidagi standartlar kompleksining tuzilishi.

ISO 9000 seriyasidagi standartlar:

ISO 9000 «Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlashda standart tanlash va qo’llash bo’yicha boshqaruv ko’rsatmalari»

ISO 9001 «Sifat sistemasi. Loyihalash, ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, montaj va xizmat ko’rsatishda sifatni ta’minlash modeli»

ISO 9002 «Sifat sistemasi. Ishlab chiqarish va montaj qilishda sifatni ta’minlash modeli»

ISO 9003 «Sifat sistemasi. Yakuniy nazorat va sinov jarayonlarida sifatni ta’minlash modeli»

ISO 9004 «Sifatni umumiy boshqarish va sifat sistemasining elementlari. Boshqaruv ko’rsatmalari».

1994 yil ISO/TK 176 ISO 9000 seriyasidagi standartlarni qayta ko’rib chiqishni yakunladi.

Standartlarni qayta ko’rib chiqishda ishchi guruhlar bozor talablariga muvofiq holda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’yadilar:



  • Standartlarda ularni qo’llashning ilg’or amaliy tajribalarini aks ettirishni ta’minlash;

  • Standartlarning muvofiqligi va stabilligini ta’minlash;

  • Ularning katta-kichikligi, qaysi tarmoqqa tegishli ekanligi, qanday mahsulot ishlab chiqarilishidan qat’iy nazar kompaniyalar tomonidan standartlarning qo’llanishiga imkon berish.

ISO 9000 seriyasidagi standartlarga o’zgarishlar kiritildi. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlari qayta ko’rib chiqildi. ISO 9004 standartlariga kamroq o’zgarishlar kiritildi. Masalan, «Sifat halqasi» tushunchasi «Mahsulot hayot tsiklining tipik bosqichlari» tushunchasi bilan almashtirilib, «Texnikaviy yordam va xizmat ko’rsatish» bosqichidan keyin qo’shimcha sotilgandan keyingi faoliyat» qo’shildi. Hozir oltinchi bo’lim «Sifat sistemasining moliyaviy aspektlari» deb ataladi va moliyaviy ma’lumotlar elementlarini namoyon qilish va tahlil qilish uchun ma’lumotlar to’plashning turli usullari qisqacha tavsifi bilan to’ldirilgan.

ISO 9000 seriyasidagi to’ldirilgan standartlar 1994 yil iyulida nashr qilindi. Hozirgi kunda bu standartlar rus tiliga o’girilgan.



  1. Standartlashtirishning nazariy asoslari

Standartlashtirish - faqatgina bugungi kunning emas, balki jamiyatning ho’jalik- iqtisodiy faoliyatining kelajakdagi rivojlanishining ham asosini belgilaydi. Standartlashtirish ilmiy texnika taraqqiyotiga to’liq javob bergan holda amalga oshirilishi kerak.

Zamonaviy standartlashtirishning nazariy asosi bo’lib ustuvor sonlar sistemasi hisoblanadi.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish