Moliyaviy sohada: har bir mahsulot turi bo’yicha mahsulot tannarxining tahlili; mahsulot turlari bo’yicha foydaning tahlili; foyda foizining tahlili va boshqalar.
Mahsulot sotish sohasida: mahsulot turlari bo’yicha iste’molchilar talabining o’zgarishining tahlili; mahsulot turlari bo’yicha sotishdan kelib tushgan tushumning tahlili; ayrim mahsulot turlari bo’yicha qaytgan tovarlarning tahlili va boshqalar.
Ishlab chiqarish sohasida: ish uchastkalari bo’yicha ayrim qayta tuzatishlar sonining tahlili; ayrim mashina va dastgohdagi nosozliklarning tahlili; alohida haftaning kunlari bo’yicha yaroqsiz mahsulotlar ishlab chiqarilishi foizining tahlili; ayrim jarayonlar bo’yicha jarayonlarning to’htab qolishi xolatlarining tahlili va boshqalar.
Ish yuritish sohasida: xodimlar bo’yicha alohida kelib tushgan taklif mulohazalar sonining tahlili; alohida taklif mulohazalarni qayta ishlash kunlari sonining tahlili; ayrim ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha rejaning oshirib bajarilishi tahlili va boshqalar.
Sabab natijaviy diagrammalar: Yaponiyada ishlab chiqarish jarayonining birinchi liniyasini xuddi 4M ning o’zaro aloqasi:
Material-(material) + Machine-(mashina) + Man-(operator) + Method-(metod) ko’rinishida tushuniladi.
Sabab natijaviy diagrammasini 3.13-rasmda ifodalangan ko’rinishda tasvirlash mumkin. Bunday diagrammani ba’zan «baliq suyagi» deb ham ataladi.
operator;
dastgohlar;
ishni bajarish usuli;
jarayon;
oqibat-natija;
sifat tavsiflari;
ma’lumotlar;
jarayon sifat tomonidan nazorat qilinadi.
17.-rasmda sabab natijaviy diagramma sxemasi keltirilgan. Bunda natija bo’lib hisoblanadigan sifat tavsiflarini A,B,S va boshqa sabablar belgilaydi.
Bu sabablar o’z navbatida boshqa sabablarning, masalan A-AbA2 sabablarning, V- Vi;V2 sabablarning oqibatida kelib chiqqan bo’lishi mumkin.
Sabablarni izlashda shuni yodda tutish muhimki, oqibat bo’lib hisoblanayotgan tavsiflar albatta yoyib o’rganilishi kerak.
Ushbu barcha sabab omillari ichidan tavsiflarning yoyilishiga katta ta’sir ko’rsatadigan omillarni izlash-sabablarni tadqiqot qilish deb ataladi.
Sabablarni tadqiqot qilish jarayoniga «uchinchi tomon» kishilarni, ya’ni ishga bevosita aloqasi yo’q kishilarni ham jalb etish kerak. CHunki ular mana shu ish sharoitiga ko’nikib qolgan xodimlardan farqli, masulot sifatsizligini keltirib chiqargan sabablarni aniq ko’rishlari mumkin.
1.17.-rasm. Sabab-natijaviy diagramma:
- sabab omillari sistemasi;
- omillar yoyiladi;
- tavsif (oqibat);
- tavsiflar yoyiladi.
Kishilar guruhi tomonidan amalga oshiriladigan «miya shturmi» deb ataladigan tahlil eng samarali usul hisoblanadi.
Ushbu tahlilni amalga oshirishda quyidagilarga amal qilish kerak:
guruh a’zolari tomonidan muammoning kelib chiqish sabablari to’g’risidagi o’z fikr mulohazalarini erkin gapirishlari uchun muhitni ta’minlash;
bekorchi gaplarni chiqarib tashlab, omillar tahliliga asoslangan hulosalarni e’tiborga olish;
guruh rahbarining hech qachon o’z fikrini birinchi bo’lib aytmasligi;
sabab-natijaviy diagrammalarni tuzishda sabablar orasida «boshqa hisobga olinmagan omillar» ni ham e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Nazorat uchun savollar
Mahsulot sifati deganda nimani tushunasiz?
Sifat ko’rsatkichi tushunchasi?
Konstruktsiya sifatiga ta’sir etuvchi omillar?
Boshqaruv tsikli nima?
Korxonada sifatni boshkarish o’z ichiga nimalami oladi?
Sifatni tahlil qilishning statistik usullarining iqtisodiy mohiyati nimadan iborat?
Statistik tahlil qanday amalga oshiriladi?
Sifatni nazorat qilish va tahlil qilishning ma’lumotlar manbalariga nimalar kiradi?
Statistik usullar deganda nimani tushunasiz?
Pareto diagrammasi qanday tuziladi?
Mavzu. Standartlashtirish va mahsulot sifati
6.1.Sifatni boshqarishdagi standartizatsiya.
Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari.
Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar.
Standartlashtirishning nazariy asoslari.
Mahsulot sifatini boshqarishda standartlashtirishning ahamiyati.
Iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari va printsiplari.
Standartlashtirish dasturlarining samaradorligini aniqlash.
6.1.Sifatni boshqarishdagi standartizatsiya
Mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish tartibini qurayotib, korxonalar quyidagi oldinga qo’yilgan maqsadlarga ega bo’lishi kerak:
Mahsulot sifatining bozor talabi va aniq xaridor talabiga muvofiq kelishi;
Mahsulotning sotib olish, yetkazib berish va foydalanish xarajatlari yig’indisini kamaytirish;
Xaridor istagan muddatga yetkazishni amalga oshirish;
Korxonaning bozorda yuqori mavqeini yaratish va korxonaning mustahkam hamkor sifatida tasdiqlaydigan dalillarni keltira bilish.
Sifatni boshqarish tartibi - firmada amal qilinayotgan va foydali texnik, boshqarish usullarini o’z ichiga olgan, insonlar va mashinalarning o’zaro munosabatini eng yaxshi va eng qulay usullarni ta’minlagan va shuningdek sifat uchun qilingan xarajatlarni tejash, ma’lumotlarni berishni o’zida namoyon etadigan kelishilgan ish qurilishidir.
Jahon tajribasi va faqat amaldagi sifatni boshqarish tartibini umumiy belgilarini, bplki har birida qo’llanishi mumkin bo’lgan printsip va usullarni barpo etadi. Hozirgi vaqtda kontseptual farqlarni o’z ichiga olgan ba’zi sifatni boshqarish tartibini uch darajasini ajratish mumkin:
9000 seriyasidagi ISO standarti talablariga muvofiq sistemalar
umumfirma sifatni boshqarish sistemasi (TQM umum sifatni boshqarish-Total Quality Management).
Milliy mezon va sifat bo’yicha halqaro (regional) mukofot va diplomlar sistemasi.
Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari
Standartlashtirish - haqiqatda amalga oshirilayotgan yoki potentsial masalalarga nisbatan ko’plab marta foydalanish uchun ma’lum shartlarni o’rnatish orqali optimal darajada tartibga solishga erishishdir.
Bizning respublikamizda standartlashtirish ishlari bilan Uzdavstandart, shuningdek, faoliyat sohalarining biriktirilishiga qarab Davlat tabiatni saqlash qo’mitasi, Davlat qurilish, hamda O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash Vazirligi shug’ullanadi.
Sobiq ittifoqning Davlat standartlari Vazirlar Mahkamasining 02.03.92y. qaroriga hamda SNG davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida birgalikda kelishib faoliyat olib borish to’g’risidagi kelishuviga ko’ra ushbu davlatlarning Xalqaro standarti sifatida ishlatiladi. Sobiq ittifoq davlatni boshqarish organlari tomonidan tasdiqlangan tarmoq standartlari va texnik shartlar ularning vakolatli muddatlari tugagunga qadar O’zbekiston respublikasi territoriyasida kuchga ega.
Standartlashtirish ishlarining jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, standartlarning yuqori sifatli va samarali bo’lishini ta’minlash uchun ularning ishlab chiqish bosqichida quyidagi majburiy printsiplarni bajarish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |