Korxona aktivlari – bu korxonada ishlab chiqarish fondlari shaklida band bo‘lgan kapitaldir.
Lizing – imorat, inshoot, mashina, jihozlar, asbob-uskuna, transportalarini o‘rta va uzoq muddatga ijaraga berish.
Litsenziya – biror bir faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun davlat organlari tomonidan ruxsat burish.
Marja – savdo, birja, bank ishlarida foydalaniladigan hamda mollar narxlari, qimmatbaho qog‘ozlar kurslari, boshqa ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq.
Marketing – bozor talablariga bo‘ysungan holda iste’molchilar ehtiyojini imkoni boricha qondirishga qaratilgan xo‘jalik faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |