To‘g‘ridan – to‘g‘ri investitsiyalar – bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar kiritish. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish imkonini beradi.
To‘lov balansi – bu xalqaro operatsiyalarning balans xisob varag‘idir, ya’ni tovarlar, xizmatlar, kapitallar olib kirish va olib chiqish ko‘rsatkichlari nisbati shaklidagi xalqaro xo‘jalik tarmoqlari kompleksining qiymat ifodasi.
Fond bozori – qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.
Do'stlaringiz bilan baham: |