GLOSSARIY
Izohli lug‘at
Aylanma mablag‘lar – korxona mablag‘larining bir ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinuvchi qismi bo‘lib, o‘z ichiga xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya, ehtiyot qismlar kabilarni oladi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish – bu, biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimidir.
Aholining real daromadlari – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori, ya’ni, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvati.
Bandlik – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |