Iste’molchi ushbu moddaning to’rtinchi qismida ko’rsatilgan huquqlarni:
ishni (xizmatni) qabul qilib olish vaqtida yoki uning bajarilishi jarayonida nuqsonlar aniqlangan taqdirda;
kafolat muddati davomida, kafolat muddati bo’lmagan taqdirda esa, ish (xizmat) qabul qilib olingan kundan e’tiboran olti oy davomida;
imorat yoki boshqa ko’chmas mulkda nuqsonlar aniqlangan kundan e’tiboran ikki yil davomida ro’yobga chiqarishi mumkin.
Ish bajarish (xizmat ko’rsatish) jarayonida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish muddatlari shartnomada belgilab qo’yiladi. Bajarilgan ish (ko’rsatilgan xizmat)dagi nuqsonlar, agar shartnomada bir muncha qisqaroq muddat belgilanmagan bo’lsa, iste’molchi talab qilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida ijrochi tomonidan bartaraf etilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |