Masalan: Abiturentning bilim doirasini test sinovi yordamida baholash.
Inson sezgi organlari yordamisiz aniqlanayotgan xossalar qaysidir usulda aniqlanishi va nimadadir qayd etilishi kerak. Fizik xossalarni aniqlashga mo’ljallangan texnik qurulmalar indikatorlar deb ataladi. Magnitli kompos strelkasi magnit maydoni kuchlanishi indikatori, elektr yoritish lampochkasi elektr kuchlanishi indikatori, lakmus qog’ozi eritmalardagi vodorod ionlari faolligi indikatori hisoblanadi.
Indikatorlar yordamida o’lchanayotgan fizik kattalikning mavjudligi aniqlanadi. Bunda indikatorlar inson sezgi organlari vazifasi singari vazifani bajaradi.
O’lchash usuli.
Metrologik xizmat amalida ko’pincha bitta o’zgarmas kattalikni turli usullar yordamida o’lchaganda turlicha natijalar olinishi mumkin. Bu usullarning har biri o’zining yutuq va kamchiliklarga ega. SHunday kamchiliklarni yo’qotish uchun bir qancha amallar mavjud. SHulardan bir nechtasini ko’rib chiqamiz.
Almashtirish usuli. Bu usulda o’lchanadigan kattalik uning o’lchamiga teng bo’lgan boshqa bir narsa bilan almashtiriladi. Masalan, yuk massasini teng yelkali tarozilarda tortish paytida uning massasi muvozanatlashtiruvchi tarozi toshlari massasiga teng deb hisoblanadi. Birok, bu holat faqat yelkalar qat’iy ravishda teng bo’lgandagina maxsatga muofikdir. Ammo, amalda koromislo yelkalari xech qachon bir-biriga teng bulaolmaydi. SHuning uchun, yuk uning massasiga teng bo’lmagan toshlar massasi bilan muvozanatlashtiriladi. Almashtirish usulini kullashda usha yuk har qanday boshqa bir predmet bilan muvozanatlashtiriladi, so’ngra o’lchanayotgan yuk o’rniga tarozi toshlari qo’yiladi va koromislo muvozanatlashtiriladi. Albatta bunda yuk massasini toshlar massasiga teng deb olish mumkin. Yelkalarning notengligini shu usul bilan yengamiz.
Ta’sir kiluvchi omilni karama-qarshi belgi bo’yicha kompensatsiya qilish. Bu usul quyidagicha amalga oshiriladi. O’lchash ikki marta bajariladi, ya’ni ta’sir kiluvchi omil o’z- o’ziga karama-qarshi yunaltirilsin. O’lchash natijasi sifatida ikki tajribaning o’rta arifmetik qiymati qabul qilinadi. Masalan, ayrim o’lchash vositalarning mexanik qismlari lyuftga ega, uning ta’siri o’lchash
mexanizmi dastlab katta tomondan so’ngra kichik qiymat tomonidan o’lchash kattaligiga yaqinlashtirilib kompensatsiya qilinadi.
Bir marta o’lchash
Aksariyat hollarda o’lchash bir marta o’lchashdan iborat bo’ladi. Aytish mumkinki, hayotda savdo-sotiqda, ishlab chiqarishning ko’pgina tarmoqlarida faqat bir marta o’lchash amalga oshiriladi. Oddiy sharoitda ularning anikligi to’la maqsadga muvofiq va ularning yuqori unumdorligi va kamxarajatligi katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |