To‘lov topshirig‘i – korxona, firma, tashkilotning unga xizmat qiladigan o‘z schetidan mablag‘ o‘tkazish zarurligi haqidagi topshirig‘i.
Faktoring – moliya-tijorat xizmatining turi bo‘lib, bunda bank yoki boshqa moliya tashkilotlari xarid qiluvchi korxona qarzlarini, majburiyatlarni o‘ziga oladi.
Fermer xo‘jaligi – bu o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.
Firma – ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tijorat yoki tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan, yuridik shaxs hisoblangan korxona.
Do'stlaringiz bilan baham: |