Xizmat ko‘rsatish sohasi – ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan ko‘rinishga ega bo‘lmagan iste’mol qiymatlarini yaratishga yo‘naltirilgan sohalari. U o‘z ichiga moddiy xizmatlar ko‘rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) hamda nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi.
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.
Eksport – tashqi bozorda sotish uchun tovar-pullarni chet elga chiqarish.
Emissiya – qog‘oz pullarning g‘aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan muomalaga chiqarilishi; barcha shakldagipul belgilarini muomalaga chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |