Ekspert guruhi a’zolari:G.Nazarova.
T.Abdullayeva
D.Rustamova
N.Xoliqova
Ona tili fanidan 2-sinflar uchun test savollari IV chorak b-variant
1. Shaxs va narsaning belgisini beldirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
J: Shaxs va narsaning belgisini beldirgan so’zlar qanday?,qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi (87-bet)
2. Shaxs va narsaning miqdorini bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
J: Necha?, nechta?, qancha? so’roqlariga javob bo’ladi(97-bet) 3. Shaxs va narsaning tartibini bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
J: Nechanchi? so’roqlariga javob bo’ladi.( 97-bet) 4.Gap biror narsa haqida xabar mazmunini bildirsa, oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi?
J:Gap biror narsa haqida xabar mazmunini bildirsa, oxiriga nuqta qo’yiladi (101-bet) 5. Gap kuchli his hayajon bilan aytilsa, oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi?
J: Gap kuchli his-hayajon bilan aytilsa, oxiriga qanday undov belgisi qo’yiladi (101-bet) 6. Gapning asosini belgilang. O’lkamizga zumrad bahor keldi. J: Bahor keldi (106-bet)
a) o’lkamizga keldi b) bahor keldi d) o’lkamizga bahor e) zumrad keldi
7.So’zlar mazmun jihatdan o’zaro bog’lanib, … hosil qiladi. Fikrni to’ldiring
J: So’zlar mazmun jihatdan o’zaro bog’lanib, gap hosil qiladi (107-bet)
a)Gap b) nutq d) matn e) bo’g’in
8.Mevali daraxtlar bahorda gullaydi. Gapda o’zaro bog’langan so’zlarni belgilang.
J: Daraxtlar gullaydi (107-bet)
Mevali daraxtlar b) daraxtlar bahorda d)bahorda gullaydi e) daraxtlar gullaydi
9.Quyosh kuchli qizdirdi. Gapdagi belgini bildirgan so’zni aniqlang J: Kuchli 109-bet
Quyosh b) kuchli d) qizdirdi e)issiq
10.Kim? so’rog’igajavobbo’lganso’znibelgilang. J: Ota(52-bet) a)Kaptar b)O’t d)Ota e) chumoli
11.”Quyosh” so’zidagi tovushlar nechta? J:4 ta a)6 b)4 d)3 e) 5
12. Nutq nimalardan tuziladi? J: Gaplardan (112-bet)
a)Gaplardan b)So’zlardan d)Harf birikmalaridan. e) unli harflardan
13.Nuqta nima uchun qo’yiladi? J: Gap tugaganda (101-bet)
a).Xabar mazmunini bildirmasa. b)So’zning oxirida d) Gap tugaganda. e) so’rash mazmuni bilan aytilsa
14 .Matn nima? J: Mazmunan o’zaro bog’langan 2 yoki bir nechta gap.(114-bet)
a)Mazmunan o’zaro bog’langan 2 yoki bir nechta gap. b)Mazmunan bog’lanmagan gap. d)1ta nuqtadan iborat gap. e)narsaning belgisini bildirgan so’zlar
15.Qaysi qatorda gap to’g’ri tuzilgan? J: Paxta-bizning boyligimiz (100-bet)
a)boyligimiz paxta bizning b)bizning boyligimiz paxta
d)Paxta - bizning boyligimiz e) boyligimiz bizning paxta
16.Konstitutsiya so’zi nechta bo’gindan iborat? J: 5ta
a)5ta b)13ta d)6ta e) 4ta
17.Unli harflar nechta? J: 6ta
a)10ta b)4ta d)6ta e) 23ta
18 .Undosh tovushlar nechta? J:24ta
a)20 b) 23 d)24 e) 29ta
19.Qaysi undoshlar aytilishda tushib qoladi? J: d,t (42-bet)
a)b,p b)d,t d)g,k e)z, s
20.Uch bo’g’inli so’zni toping.J: marhamat,shifobaxsh a).metro,bog’ b)yomg’ir,xalq d)marhamat,shifobaxsh 21,,O’zbekistonda Buxoro ,Samarqand , Xiva kabi qadimiy shaharlar bor”.
Gapda nechta shahar nomi bor. J: 3ta
a) 3 ta b) 4 ta d) 2 ta e) 5ta
22. Nima? so’rog’iga javob bo’ladigan so’zni belgilang.J: Ninachi, daftar a) Nigora, ishchi b) Ninachi, daftar d) deraza, Omon e) qizil, uchdi
23. Kim? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni belgilang. J: Ona, Gulnoza a)Ona, Gulnoza b)Pushti, qalam d) gul, qatiq e) pushti, kelyapti
24.Nima qiladi? so’rog’iga javob bo’ladigan so’zni belgilang.
Shifokor bemorlarni davolaydi. J: davolaydi 76-bet a )shifokor b) bemorlarni d) davolaydi e) shifokor davolaydi
25.. Nima qilyapti? so’rog’iga javob bo’ladigan so’zni belgilang. (80-bet)
Baliq ko’lda suzyapti.J: suzyapti 75-bet a) Baliq b) ko’lda d) suzyapti e) ko’lda suzyapti