J. E. Usarov 2022 y kurs ishi


Konfliktologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi



Download 63,37 Kb.
bet5/9
Sana17.07.2022
Hajmi63,37 Kb.
#816693
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi Aliboyev

1.3. Konfliktologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi.
Konfliktning dastlabki yaxlit konsepsiyalari XIX-XX asrlar oralig‘ida paydo bo‘ldi. Insonlaming dastlabki jamiyatlari bilan birga paydo bo‘lib, konfiiktlar kundalik hodisalardan b'iri edi va uzoq davr mobaynida ilmiy-tadqiqot obyekti sifatida sanalmay keldi, ammo ular to‘g‘risidagi ba’zi genial fikrlar bizgacha yetib kelgan eng qadimgi manbalarda ham mavjud. Vaqt o‘tishi bilan lvayot shaioitlari o‘zgarib, konfliktlar ko‘rimshi ham o‘zgarishga yuz tutgan. Antik davr urushlammg barcha tafsilotlarini va bu kabi konfliktlaming ilk baholarini qoldirdi. O‘rta asrlarva Yangi davrlarga ajratib o‘rganilishi ushbu hodisaning mohiyatini anglashga boigan o‘ziga xos urinishlar bo‘ldi. Insonparvar mutafakkirlar konflikt to’g‘risidagi, ularning insoniyat taraqqiyotidagi halokatli roli, umshlarni jamiyat hayotidan yo‘qotish va tinchlik o‘matish to4g‘risidagi o‘z tasawurlarini bildirib ketganlar.
Ko‘rib chiqilayotgan muammoga oid dastlabki tadqiqotlar miloddan avvalgi VI-VII asrlarga tegishli. O‘sha davr Xitoy mutafakkirlarining yozishicha, barcha mavjud narsa taraqqiyotning manbai o‘zaro munosabatlarda, materiyaga xos bo‘lgan ijobiy (Yan) va salbiy (In) tomonlarda bo‘lib, ular doimiy o‘zaro qarama-qarshilikdadir va aynan bu ularning egalari o‘rtasida konfrontatsiya (konflikt)ni keltirib chiqaradi. Qadimgi Yunonistonda qarama-qarsliiliklar va ularning buyumlari yuzaga kelishidagi roli to’g’risida falsafiy ta’limot paydo bo‘ldi. Yunon faylasufl Anaksimandr - (miloddan awalgi 640-547 - yillar) narsa (buynm)lar apeyron - undan qarama-qarshiliklar ajralib chiqishiga olib keladigan yagona moddiy asosning cheksiz harakatidan paydo bo‘ladi deb uqtirgan. Yunon faylasufi Geraklit (miloddan awalgi VI asr oxiri - V asr boshi) harakat sabablanni ochishga, narsa va hodisalar harakatini ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar kurashi tufayli paydo bo‘ladigan qonuniy, zarur jarayon sifatida taqdim etishga harakat qildi. Qadimgi Rim faylasufl, notiq Mark Tulliy Sitseron (miloddan awalgi 106-43 - yillar) yetkazilgan zarar uchun qasos olish, mamlakatga bostirib kirgan dushmanni haydab chiqarish maqsadida olib boriladigan «Adolatli va haq e’tiqod uchun urushi to‘g‘risidagi tezisni ilgari surdi («Davlat to’'risida»).
Sotsial konfliktlami tizimli tahlil qilishga birinchi bo‘lib Florensiyalik (Italiya) yozuvchi Nikkolo Makiavelli (1469-1527) urinib ko’rdi. U konfliktni insonning g‘arazli mohiyati, turli guruhlaming doimiy va cheklanmagan boylikka intilishi sababli jamiyatning universal va uzluksiz holati deb hisoblagan. U butun davlat hokimiyatini o‘z qolida jamlab olgan zodagonlami konflikt manbalaridan biri deb biladi. Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) mamlakat ichidagi sotsial konfliktlar tizimini birinchi bo‘lib batafsil tahlildan o‘tkazdi.
Yangi davrda Jeneva (Shveysariya) faylasufi va yozuvchisi JanJak Russoning (1712-1778) butun jahon tarixiy jarayonining bosqichliligi to‘gcrisidagi quyidagi g‘oyalari keng yoyildi:
-awaliga odamlar ozod va o‘zaro teng bo‘lgan «tabiiy holat» mavjud;
- so‘ng sivilizatsiya taraqqiyoti tenglik, ozodlik va baxt holatining yo‘qotilishiga olib keladi;
- «jamoatchilik shartnomasi»ni tuzgan odamlar yana o‘zlari yo‘qotgan ijtimoiy munosabatlar uyg‘unligiga ega bo‘lib, umrbod tinchlik va totuvlik kelishuviga erishadilar; ijtimoiy tinchlik xalqning qat’iy nazorati ostidayuz berishi mumkin, chunki vazirlar uchun urushlar zarur va ular ezgu niyatlarini aslo namoyon etmaydilar.
Dastlab konflikt ko‘p tabaqali ijtimoiy hodisa sifatida Shotlandiya (Buyuk Britaniya) faylasufi Adam Smitning (1723-1790) «Xalq boyligining mohiyati va sabablariga oid tadqiqot» ishida o'rganilgan. Uning fikricha, konflikt asosida jamiyatning sinflarga (kapitalistlar, yer egalari, yollanma ishchilar) bolinishi va iqtisodiy raqobat yotadi.
Sinflar orasidagi kuraslnii Adam Smit jamiyatning olg‘a tomon taraqqiy etish manbai, ijtimoiy konfliktni esa insoniyat uchun o‘ziga xos muayyan ne’mat deb bilgan.
Nemis olimi Immanuil Kant (1724-1804) «... qo'shni bo‘lib yashayotgan odamlar orasidagi tinchlik holati tabiiy holat emas, u aksincha, urush holatidir, ya’ni uzluksiz amalga oshirilgan dushmanlik harakatlari bo‘lmasa, doimiy xavfdir. Demak, tinchlik holatini o‘rnatish darkor...» - deya ta’kidlagan. Bu yerda Russoning «Ijtimoiy shartnoma» to‘g‘risidagi g‘oyalari bilan bog’liqlik kuzatiladi. Nemis faylasufi Georg Gegel (1770-1831) fikricha, konfliktning asosiy sababi, bir tarafdan, «boyli yig’ish» bilan boshqa tarafdan «mehnatga bog‘lab qo‘yilgan sinf» o‘rtasidagi ijtimoiy nomutanosiblikdir. Gegel mamlakat ichidagi davlat birligiga ta’sir ko‘rsatadigan g‘alayon va tartibsizliklarga qarshi chiqqan. U davlat butun jamiyat manfaatlarini himoya qiladi va konfliktlami muvofiqlashtirishi kerak deb hisoblagan. Hayot uchun kurash muammosi ingliz biologi Charlz Darvin (1809-1882) ta’limotida markaziy o‘rin egallagan. Darvin asarlarining bosh g‘oyasi: jonli tabiat doimiy ravishdagi hayot uchun kurash sharoitida rivojlanib, bu eng yaxshi moslashgan turlarni saralab olishning tabiiy tanlash mexanizmini tashkil etadi. Keyinchalik Darvin qarashlari konfliktning ba’zi sotsiologik va psixologik nazariyalarida taraqqiy ettirildi.
O’zbekistonda konfliktologiya bugungi kunda mustaqil fan sifatida shakllamshning yakuniy bosqichini boshdan kechirmoqda. Mustaqillikriing dastlabki yillarida konfliktologiyaga oid bilimlar fanlararo paradigmasining konturlan belgilanib, ular asosi sifatida tizimli evolyutsion yondashuv olindi. So‘nggi paytda konfliktologiya tarmoqlarini tashkil qilgan xususiy (alohida) konfliktologiya fanlarida bu fan muammosining ko‘p sonli qiziqarli va muhim tadqiqotlari o’tkazildi. Ammo mahalliy konfliktologlar hozircha konfiiktlar mohiyatini anglash, ulaming tasnifi, genezisi, tuzilmasi kabilarga nisbatan umumiy yondashuv ishlab chiqa olmadilar. Bunday yondashuv ko’pchilik konfliktologlar tomonidan konfliktologiya fanining mazmun-mohiyati to’g’sidagi tizimli tasavvur (qarash)laming bitta, yaxshisi bir necha variantini muliokama qilish asosi da ishlab chiqilishi mumkin.
Sohaning bugungi kundagi dolzarb ahamiyatini inobatga olib, nafaqat maxsus maktablar, balki mavjud ilmiy markazlar o’rtasida hamkorlikning dasturiy omillari ham jadallik bilan yo‘lga qo‘yilmoqda. 1989-yili konfliktologiya bo‘yicha Rossiya - Amerika dasturi yaratildi. Ushbu dastur doirasida konfliktlami o‘rganish va hal qilish instituti (CRI) ko‘magida Peterburg konfliktlami hal etish markazi etib yaratilib, u ham bilishga oid-nazariy, ham utilitar-amaliy muammolami hal qilishga qaratilgan, ya’ni odamlarga konfiiktlar bilan nima qilish kerakligini anglatishi, tushuntirishi, yordam berishi kerak edi. Mahalliy olimlammg fikriga ko4ra, konflikt va undan himoyalanish - davming eng dolzarb muammosi bo’lib, uni hal qilish (yechish) nafaqat muayyan bilim, balki u odamlaming masalalami amalda konfliktsiz hal qilishga hoxish-istagini ifoda etadi.


Download 63,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish