J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

Amaliy tizimli
tahlilning ko‘nikmalari. 
Muammoni mohiyatini ochib berish; muammoni echishning me’zonlari va 
ustuvor tomonlarini aniqlash; 
Aniqlangan me’zonlarga to‘liq mos keluvchi muammoning echimini ishlab 
chiqish. 
Tizimli tahlil quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
-
masalani qo‘yilishi;
-
muammo tadqiqoti;
-
dastlabki muhokama (kelishuv);
-
tasdiqlash(tajribaviy tekshirish);
-
oxirgi muhokama;
-
qabul qilingan muhokamani amalga oshirish. 
Tizim tahlilini ba’zi bir bosqichlarini batafsil ko‘rib chiqamiz:
1-bosqich. Muammo tahlili. 
Tizimli tadqiqot muammoning dolzarbligini 
aniqlashdan boshlanadi. Muammo bu echimni talab qiluvchi holat. Odatda 
muammo haqiqiy holatdan bashorat qilinadigan holatga og‘ishda paydo bo‘ladi. 
Ko‘pincha muammolar xayolan bo‘lib chiqishi mumkin, shuning uchun qimmat 
tizimli tadqiqotni o‘tkazishni asoslab berish kerak bo‘ladi. Muammoni tahlil qila 
turib quyidagilarga diqqatni qaratish kerak bo‘ladi:
-
Muammoni topish; 
-
Muammoni aniq shakllantirish; 
-
Muammo strukturasini tahlili; 
-
Muammoni rivojlanishini tahlili; 
-
Tadqiqot olib borilayotgan muammo bilan bog‘liq, hamda echimga ega 
bo‘lishi uchun ularni inobatga olinishi kerak bo‘lgan muammoni topish; 
-
Muammoni echilishi imkoniyatini aniqlash.
Muammoni 
dolzarbligini 
tasdiqlagandan 
so‘ng tadqiqot maqsadi 
shakllantiriladi. SHunda tadqiqot natijasida biz nimani olishni xohlaymiz degan 


15 
savol tug‘iladi. Masalan, korxona faoliyatini samaradorligini va daromadini 10% 
oshirish kerak va h.k. Hamma keyingi harakatlar qo‘yilgan maqsadga qarab 
aniqlanadi. Buni ko‘rib chiqamiz. SHubhasiz, maqsaddan kelib chiqqan holda bitta 
ob’ekt turli usullar bilan tavsiflangan bo‘lishi mumkin. Masalan, ekolog daraxtni 
biosintez elementidek tavsifladi, duradgor esa uni taxtachalarga arralab tashlash 
mumkinligi nuqtai nazaridan qarab chiqadi. Agar bir guruh ishtirokchilarni 
yugurish yoki qandaydir bayram qatnashchilari sifatida qarasak, u holda ularning 
ko‘rsatkichlari (parametrlari) tubdan farq qiladi. Sport bellashuvlari uchun kuch va 
chidamlilik xarakteristkasi, bayram uchun esa qo‘shiq aytish, o‘ynash qobiliyati 
muhim. Bir xil insonlar turli ro‘yxatlarda umuman o‘zlariga o‘xshamagan 
bo‘lishadi. 
2-bosqich
. Tizimni aniqlash. Tizimli tadqiqotning keyingi qadami 
so‘zalashuv tilidagi ob’ekt tavsifi shaklida tashkil topgan. Ayrim hollarda tizim 
tadqiqot ob’ektini aniqlash ekspert uchun tizimni tashqi muhitdan cheklashdek 
katta bo‘lmagan qiyinchilikni tug‘dirishi mumkin. Tizimni aniqlash bosqichma – 
bosqich amalga oshirilishi kerak: 

Ekspert holatini aniqlash; 

Tadqiqot ob’ektini va tashqi muxitni aniqlash; 

Elementlarni ajratish va aniqlash. 
Avvalo ob’ektni atrof muhitdan cheklab olish zarur. Bu ijtimoiy, iqtisodiy va 
siyosiy tizimlarni o‘rganishda muhim. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish