J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

2. Tizimning klassifikatsiyasi. 
Tizimlarni turli mezonlar bo‘yicha 
klassifikatsiya
lashtirish mumkin. Eng 
umumiy ko‘rinishda barcha tizimlar moddiy va mavhum (abstrakt) tizimlarga 
bo‘linadi. Moddiy tizimlar – moddiy (ashyoviy) ob’ektlar majmuasidir: bular 
noorganiq (texnik, kimyoviy va shu kabilar), organiq (biologik), aralash turdagi 
ob’ektlar bo‘ladi. Aralash turdagi ob’ektlardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
egrotexnik tizimlar («inson-mashina» tizimi); ijtimoiy tizimlar (odamlarning 
jamoadagi munosabatlari), ijtimoiy-iktisodiy tizimlar (insonlarning jamoadagi 
munosabatlari bilan ishlab chikarish jarayonining aloqasi). Mavhum tizimlar – 
inson tafakkurining mahsulidir. Ular bilim, nazariya va gipotezalardir. 
Murakkablik darajasiga ko‘ra oddiy, murakkab va o‘ta murakkab (yirik 
tizim) tizimlar farqlanadi. Oddiy tizimlarga oddiy strukturaga ega va oson 
matematik tavsiflanadigan tizimlar kiradi. Murakkab tizim – bir biri bilan 
chambarchas bog‘langan holda umumiy maqsad uchun xizmat qiluvchi alohida 
tizim ostilari kompleksidir.
Tizim parametrlarining o‘zgarishi vaqtga bog‘liq yoki bog‘liq emasligiga 
qarab ular, mos ravishda, dinamik va statik tizimlar sifatida farqlanadi.


38 
Tizim holatining o‘zgarish xarakteriga qarab ular diskret va uzluksiz 
tizimlarga ajratiladi. Agar tizimning bir holatdan boshqasiga o‘tishi qandaydir 
oraliq holatlardan o‘tmasdan yuz bersa, u holda bu tizim diskret deyiladi. Agar 
tizim istalgan ikki holatning biridan ikkinchisiga o‘tishida albatta, oraliq holat 
orqali o‘tsa, u holda tizim uzluksiz deyiladi. 
Tizimlarni deterministik va ehtimoliy (stoxastik) tizimlarga ham ajratish 
mumkin. Deterministik tizimlar aniq topiladigan ko‘rsatkichlarga ega, ehtimoliy 
tizimlar esa tasodifiy (ehtimolli) xarakterli ko‘rsatkichlarga esa bo‘ladi. Misollar: 
deterministik tizimlar: regulyatorli muzlatgich; sistema sexda dastgohlarning 
joylashtirilish tizimi, avtobus marshrutlari tizimi; fakultet darslari jadvali, EHM, 
televizor; yig‘uv avtokonveyeri. Ehtimoliy tizimlar: korxona mahsulotini statistik 
nazorat etish tizimi, tashkilotlardagi moddiy - texnik ta’minot tizimi; aeroport 
atrofida samolyotlar harakatini boshqaruvchi tizim; energetik tizim boshqaruvi. 
Tizimni ifodalashda qo‘llaniladigan matematik modelning berilishiga qarab 
ularni chiziqli va chiziqsiz tizimlar kabi sinflashtirish ham mumkin. Tizim va 
tashqi muhitning o‘zaro ta’siri xarakteri bo‘yicha yopiq va ochiq tizimlar 
farqlanadi. 
Tabiiy tizimlar. Inson –mashina tizimlari.
Tizimni sinflanishi qilish bir necha omillarga bog‘liq bo‘lib, quyida biz siz 
bilan mana shu omillarga ko‘ra tizim qanday tasniflanishini ko‘rib o‘tamiz. Har bir 
omilga alohida ahamiyat berib nazar solsangiz, qaysi tizimni o‘rganayotganimiz va 
unga bog‘liq bo‘lgan omillarni darhol ajratishingiz mumkin. Demak, tizim:
1.
Sun’iy
2.
Tabiiy tizimga bo‘linadi. 
Tabiiy tizim deb
– tabiatan mavjud bo‘lgan tizimlarga aytiladi. 
Sun’iy tizim deb
- inson ishtirokida tashkil etilgan tizimga aytiladi. 
Sistemotexniklar asosan sun’iy tizimlarni tahlil qilish bilan ish lib boradilar. Sun’iy 
tizimni tahlil qilish tizimni tashkil etuvchi barcha komponentlarini tahlil qilishdan 
boshlanadi, ya’ni tizim qanday komponentlardan tashkil topgan, uning ichki va 


39 
tashqi aloqalari qaysilar, bu tizim qaysi maqsadga yo‘naltirilgan, qaerda, qanday, 
nima uchun foydalaniladi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish