1.Qarorning mazmun mohiyati, turlari.
Qaror
– bu boshqaruv sub’ekti tamonidan o‘z imkoniyat darajasidan kelib
chiqqan xolda, mavjud ma’lumot taxlili asosida boshqaruv ob’ekti qilishi kerak
bo‘lgan va shu soxadagi muammoni xal qilishga qaratilgan xarakat. Qaror
kelajakda qilinishi kerak bo‘lgan xarakatni ko‘rsatib,“nima qilish kerak?” degan
savolga javob beradi. Qarorning mazmunida qilinishikerak bo‘lgan ishning
maqsadi va predmeti birlashadi.
Qaror tushunchasi o‘z manosi jixatidan “chora-tadbirlar” tushunchasi bilan
chambarchas bog‘liq. Pedagogning faoliyati ta’lim sohasi bilan bog‘liqligini
inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu sohadagi qaror qabul qilish shu soxaga ta’sir
ko‘rsatishni anglatadi. Agar qaror to‘g‘ri bo‘lsa, u ijobiy natijalarga olib keladi.
Noto‘g‘ri qaror aksincha, salbiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Ayrim paytlarda “qaror qabul qilish”, “qaror ishlab chiqish” degan degan
iboralar o‘rniga, “qarorni shakllantirish” dagan ibora ham qo‘llaniladi.
Ushbu mavzuni, ko‘pgina magistirlarnig kelgusida uchraydigan pedagogik
faoliyat buyicha (misolida) kurib chikamiz, lekin mavzudagi kuriladigan masalalr
albatta xizmat ko‘rsatish mutaxassilar faoliyatiga ham prinsip jixatdan to‘g‘ri
keladi.
So‘nggi yillarda respublikamizda fan, madaniyat, ishlab chiqarish, ta’lim
sohasida jadal rivojlanishlar sur’ati yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Xususan, ta’lim tizimida amalga oshirilgan tub islohotlar tizimga yangi
axborot va pedagogik texnologiyalarning kirib kelishiga asos bo‘ldi. Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish, uning sifatini yangi pog‘onalarga ko‘tarishda tizimni
boshqarishdagi qaror qabul qilish texnologiyalarining o‘rni katta ekanligi
barchamizga ma’lum.
Oliy ta’lim tiziminini boshqarishda qaror qabul qilish texnologiyalari, ta’lim
266
tizimining xalqaro miqyosdagi sifat me’yorlarini takomillashuv tendensiyasi va
ularning ilg‘or yutuqlarini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari tizimida qo‘llash
imkoniyatini berishga qaratilgan bo‘lib, ushbu soha bo‘yicha professor-
o‘qituvchilar kompetentligini oshirishga xizmat qiladi:
oliy ta’lim muassasalarining rahbar va profesor-o‘qituvchilarida qaror qabul
qilish texnologiyalari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish,
ularningkasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish, hamda ularda
ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarish evaziga o‘quv jarayoni sifatini
oshirish.
ta’lim jarayonini boshqarishda qaror qabul qilishga tizimli yondashuv,
boshqaruvning ilmiy nazariyasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari rivojlanishi va
ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy-nazariy konsepsiyalar
to‘g‘risida qiyosiy, tahliliy ma’lumotlar berish, zamonaviy pedtexnologiyalardan
foydalanib, tinglovchilarning boshqaruv masalasidagi malakasini oshirishga
ko‘maklashish; oliy ta’limni boshqarishda qaror qabul qilish texnologiyalarining
mazmun-mohiyatini yoritish, ularni ta’lim jarayonida qo‘llashning afzalliklarini
ko‘rsatish va tinglovchilarda ularni tahlil qilish va xolis baholash ko‘nikmalarini
vujudga keltirishga erishish lozim.
boshqaruv nazariyasining rivojlantirish konsepsiyasi, uning asosiy
yo‘nalishlari hamda oliy ta’limdagi sifat o‘zgarishlar va yangilanishlarni ilmiy
nazariy tahlil etish va o‘ziga xos xususiyatlari, maqsad-vazifalarini tinglovchilarga
etkazish.
qaror qabul qilish texnologiyalarining psixologik va ta’lim-tarbiya bilan
bog‘liq bo‘lgan nazariy-konseptual masalalarini, bu jarayonda ta’lim-tarbiya
rolining oshib borishi, yuksak malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash borasidagi
islohotlar, erishilgan yutuqlarni oliy ta’lim tizimi bilan bog‘liq holda tahlil etish,
ta’lim-tarbiyaning uzluksizligini ta’minlashning shart-sharoiti va omillarini
O‘zbekiston Prezidenti asarlariga tayangan holda o‘rganishdan iborat.
Oliy
ta’limni boshqarishda qaror qabul qilish texnologiyalari
moduliniyoritishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi professor-o‘qituvchilari
267
malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari va tayyorgarlik yo‘nalishlari
bo‘yicha namunaviy dasturlar hamda Oliy ta’lim sifatini ta’minlovchi bilimlar,
ko‘nikmalar asos qilib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |