198
Metodologiya, bilim metodlarining nazariy asosi rivojlanib borayotgan
fanning extiyojlari takozosi bilan yuzaga kelgan bulib, u tabiat,
jamiyat va inson
ongining murakkab xodisalarini tugri ob’ektiv talkin etishga, fanning tabiiy
alokalarini ochishga imkon beradi.
Ilmiy bilish jarayonida har bir fan konkret tadqiqot ob’ektiga ega bulib,
o‘zining maxsus usullarini yaratgan. Bunda, usha fanning manfaati, konuniyatlari,
asosiy kategoriyalarini amal qilish tartibi asos kilib olngandir. Buni xususiy
metodologiya deb kursatish mumkin. Lekin ba’zi
bir fanlar bir-biriga yakin
bo‘lgani uchun ularning tushuncha va konuniyatlari xam bir-biriga yakinday
ko‘rinadi. Bunda “chegara”ni belgilash ancha murakkab kechadi. Bu jarayonni
ijobiy kechishini ta’minlash uchun metodologiyadan foydalanishni takozo etadi.
Nazariy jixatdan tahlilni amalga oshirishda (bilishda) xususiylik va
umumiylik vazifalarini bajaruvchi usullar mavjud. SHu tarika, ko‘pchilik fanlarda
kullanadigan usullarga umumiy usul deyiladi. Umumiy usul kullanishi doirasiga
kura umumiy, lekin kullanilayotgan masalaga nisbatan o‘z vazifasiga ega bo‘ladi.
Bunga analiz va sintez umumlashtirish
va mavxumlashtirish, induksiya va
deduksiya, kiyoslash va modellashtirishni kursatish maqsadga muvofiqdir.
SHunday kilib, tizimli tahlilni bajarish jarayonida ilmiy tadqiqotning
xususiy, umumiy va fanlararo usullari mavjud bulib, ular o‘zaro bir-biri bilan
bog‘likdir.
Pedagogik faoliyat doirasida tizimli tahlilni amalga oshirish uchun ta’lim-
tarbiya,
pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, pedagogik vazifa, pedagogik
maqsad, pedagog imidji, ta’lim
oluvchining faoliyati, ta’lim usuli va vositalari,
ta’limda kullaniladigan texnologiyalar (shu jumladan axborot texnologiyalari) kabi
xossalarni funksionalligini inobatga olgan holda tahliliy usullar tanlanishi lozim.
Buning uchun ongli harakatlarning ketma-ketligidan (modelidan) foydalanish
mumkin. Masalan, kafedra professor-o‘qituvchilarining faoliyatini o‘rganishni
olsak. Bunda, bajarilgan (bajarilishi lozim bo‘lgan) o‘quv ishlar, ilmiy - uslubiy
ishlar, ilmiy - tadqiqot ishlari,
tashkiliy - uslubiy ishlar, ma’naviy - ma’rifiy va
tarbiyaviy ishlarni o‘rganish lozim bo‘ladi. Buning uchun:
199
Birinchidan, maqsad shakllantiriladi;
Ikkinchidan, vazifalar belgilanadi va ularni bajarish tartibi aniqlanadi;
Uchinchidan,mulohaza va munozara yuritiladi;
To‘rtinchidan, ishlar aniq belgilar (kursatmalar) asosida umumiy va
xususiylarga ajratiladi;
Beshinchidan, rejalashtirilgan va bajarilgan ishlar orasida tafovut belgilab
olinadi va tashxis amalga oshiriladi. YA’ni, galdagi ishlar bajariladimi yoki
bajarish imokniyati yo‘qmi;
Oltinchidan, faoliyatning har bir sohasi bo‘yicha mushoxada yuritiladi,
natijalar kiyoslanadi.
Amaliyotda, gohida fark kuzatiladi. Masalan, bajarilgan
ilmiy - tadqiqot ishlarining ko‘rsatkichi yukori, tashkiliy - uslubiy ishlar past
bo‘lishi mumkin;
Ettinchidan, jamlangan, kiyoslangan barcha axborot yaxlit holatga keltiriladi;
Sakkizinchidan, ular ko‘rsatilgan me’yor asosida tavsif va sharhlanadi;
To‘qqizinchidan, xulosa, taklif va tavsiyalar tayyorlanadi;
O‘ninchidan, faoliyatga oid prognoz variantlari tuziladi va biron bir tahliliy
manba shakliga keltiriladi;
O‘n birinchidan, tayyorlangan tahliliy manba rahbariyatga (buyurtmachiga)
uzatiladi.
Tahliliy manba, intellektual faoliyatning
oliy maxsuli bulib, pedagogik
faoliyatning aniq bir sohasiga oid muayyan muammoni o‘rganishga bagishlangan
bo‘lishi mumkin. U aniqlangan muammolarni bartaraf etishda rasmiy jixatdan
qudratli vosita hisoblanadi va o‘z oldiga kator maqsadlarni kuyadi.
Tahliliy manbalar ilmiy ishlardan kator xususiyatlari bilan farqlanadi, ularni
quyidagi tartib asosida ko‘rsatib utish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: