258
Agarda muammoni echish bo‘yicha maqsadga erishishning o‘lchovi bo‘lsa,
echimning bir necha variantlari bo‘lishi mumkin. SHunday o‘lchov bo‘lib
odatda
mezonlar xizmat qiladi.
Ushbu bosqichning asosiy maqsadi mos keluvchi mezonlar tizimini yaratish
hisoblanadi. YAratilgan mezonlar keyingi bosqichlarda maqsadning o‘rniga
ishlatiladi. Ularning o‘zlari maqsad, erishish lozim bo‘lgan model o‘rnini
egallashadi.O‘rganilayotgan ob’ektning baxolash mezoni sifatida uning turli
belgilari xizmat qiladi. Masalan, oliy o‘quv yurtida o‘quv faoliyatini
moliyalashtirish juda past, yoki yiliga 300 mln. so‘m deyish mumkin.
Ko‘pmezonlilik maqsadni ifoda qilishning asosiy talablaridan biridir.
Maqsadni ifoda qilish uchun qancha mezon kerak bo‘lsa,
shuncha ishlatilishi
kerak. Bu mezonlar bir-biridan mustaqil bo‘lishlari lozim.
Tanlanadigan echimning (qarorning) mezonlarini aniqlashda ekspertlar
baxosi va matematik statistika uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
4-bosqich. Qarorni ishlab chiqarish.
Ushbu bosqichda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun foydalanish mumkin
bo‘lgan bir necha alternativ qarorlar (echimlar) variantlari ishlab chiqariladi.
Qarorni shakllantirish – bu eng qiyin va eng ijodiy jarayon. Agar echimning
alternativ variantlari bo‘lmasa, unda tanlov bo‘lmaydi. Demak biz noto‘g‘ri
yo‘ldan ketishimiz va xatoli qaror qabul qilishimiz mumkin.
Bundan tashqari
alternativ variantlar ham yaxshi o‘ylangan, butun muammoni qamrab oladigan
(butun muammoni xal qiladigan) bo‘lishi kerak. Ular ichida tanlov o‘tkazish uchun
nomiga alternativ variantlar ishlab chiqarish - bu ishga ziyon bo‘ladi. Alternativ
variantlar nechta bo‘lishi kerak degan savolga,
imkoniyatimiz, resurslarimitz
qancha ko‘taraolsa shuncha bo‘lishi kerak degan javob to‘g‘ri bo‘ladi. Alternativ
variantlarni shakllantirishga, tekshirishga ketadigan mablag‘
va resurslar ham
inobatga olinishi kerak. Alternativ variantlar ishlab chiqarishdan qochish, ularni
ishlatmaslik mumkin, agarda maqsadimiz, unga erishish yo‘llari
oldindan aniq va
konkret bo‘lsa. Hamda vaqt bo‘lmasa.
259
Amaliyotda alternativ variantlar ishlab chiqarishning tashkiliy shakli bo‘lib
aqliy xujum, sinektika, ssenariylar ishlab chiqish, morfologik tahlil, o‘yinlar,
xamda kognitiv karta uslublari hizmat qiladi.
5-bosqich. Kelishish va qarorni tanlashBu bosqichda eng to‘g‘ri
qarorni
tanlash kerak bo‘ladi. Bu erda biz matematik dasturlash, variatsion hisoblash,
evristik, tashkiliy izlash kabi metodlardan foydalanishimiz mumkin.
Agarda qaror qabul qilish jarayonida bir-necha sub’ekt qatnashsa va ularning
qarorlari bir-birinikidan farq qilsa qarorlar kelishilgan holda qabul qilinadi.
O‘yinlar nazariyasi metodi nizoli vaziyatda murosaga keltiradigan qaror qabul
qilishni ta’minlaydi.
Ish o‘yinlari kollektiv qaror qabul qilishning tashkiliy tomonlarini, alternativ
harakatlarni baxolashni, qabul qilinayotgan qaror bo‘yicha kelishuvni ta’minlash
yo‘lida ko‘nikmalar beradi.
Matematik dasturlash ko‘p o‘lchamli vazifalarni matematik yo‘l
bilan hal
qilishga (matematik hisoblash yo‘li bilan eng afzalini topishga) imkon beradi.
Evristik metodlar – har-hil qoidalar, usullar, soddalashtirishlarga o‘xshash
optimal qarorlar izlash tajribasini qo‘llashni anglatadi. Zaif formallashtirilgan
alternativ qarorlarni baxolash maqsadida ekspertlardan foydalaniladi. Ekspertlar
baxosi metodi ekspertlar baxosini formallashtirishga
va qayta ishlashga
mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: