J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Iqtisodiyotdagi tsiklik tebranishlar kontseptsiyasi



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#478680
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112
Bog'liq
fayl 2063 20211105

Iqtisodiyotdagi tsiklik tebranishlar kontseptsiyasi. 
Ko’pchilik iqtisodchilar 
iqtisodiyotning tsiklik xarakterga ega ekanligini inqirozlar yuzaga kelishining asosiy 
sababi sifatida ko’rsatadilar. Darhaqiqat, iqtisodiyot doimo o’zgarib, tebranib turadi. 
Masalan, yoz juda issiq kelsa, muzqaymoqqa bo’lgan talab oshadi va uning ishlab 
chiqarish hajmi ko’payadi. Biroq bu tebranishni biznes tsikli sifatida ko’rib bo’lmaydi. 
Chunki bu bir sanoat tarmog’idagi qisqa muddatli o’sish, xolos. Agar odamlar 
muzqaymoq uchun ko’p pul sarflasalar, ularning soyabon sotib olishga sarflaydigan 
pullari kamayadi. Boshqacha aytganda, muzqaymoq ishlab chiqarish hajmi oshsa, 
soyabon ishlab chiqarish sanoatida pasayish kuzatiladi. Baho mexanizmi esa ularning 
qaytadan muvozanatlashuvini ta’minlaydi. Biroq, uni qaytadan muvozanatga kelishi 
uchun ma’lum muddat kerak bo’ladi. 
Moliyaviy inqirozni yuzaga keltiruvchi omillar. 
Spekulyativ kapital
moliyaviy 
aktivlar narxidagi tebranishlar hisobidan daromad olish uchun paydo bo’lib, u o’zida 
yuqori likvidli qisqa muddatli qo’yilma, bozordagi o’rtacha daromadlarga nisbatan yuqori 
daromadli, riskliligi yuqori bo’lgan investitsiya kabi xususiyatlarni mujassamlashtirishi 
bozordagi jozibadorligini oshirib, ular bilan operatsiyalar ko’lamini ko’payishiga sabab 
bo’ladi. 
3
Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег // Антология экономической мысли. В 2-х томах. - М., 
1992. Т.2. - С.137 - 432. 


44 
Moliya bozoridagi spekulyativ kapitalning mamlakat ishlab chiqarishini 
moliyalashtirishga qo’shadigan hissasi deyarli yo’qligi iqtisodiy tadqiqotlarda o’z 
tasdig’ini topgan bo’lib, spekulyativ kapital moliya bozorining barcha segmentlarida 
mavjudligi aniqlangan. Spekulyativ kapital boshqa kapital shakllariga o’xshab, iqtisodiy 
taraqqiyotni tezlashtirsa, boshqa tomondan u iqtisodiy inqirozga vujudga keltiradi.
Moliyaviy kapital sifatida spekulyativ kapital asosida real kapital mavjuddir. 
Shuningdek, moliyaviy aktivlar esa real aktivlarga mos kelishi lozim. Spekulyativ kapital 
real kapitalga nisbatan mustaqil rivojlanib, moliyaviy aktivlar va real aktivlar o’rtasida 
tafovutni paydo qilishi ham, o’z navbatida, moliyaviy inqirozni keltirib chiqaradi.
Qimmatli qog’ozlarning bozor narxi bilan uning haqiqiy qiymati doimo mos 
kelmagani kabi, qisqa muddatli davriy oraliqda spekulyativ omillar natijasida moliyaviy 
aktivlar qiymatidagi ijobiy o’zgarishlar milliy boylik ko’payganligidan dalolat bermaydi, 
balki uzoq muddatli davriy oraliqda bu jarayonning yuz berishi mamlakat iqtisodiy 
o’sishini o’zida mujassam etadi.
Bozorning 
barqaror 
faoliyatini 
ta’minlashda insayderlik ma’lumotlari, 
spekulyatsiya, investorlar manfaatlari va ularning psixologiyalarini hisobga olish zarur. 
Fikrimizcha, spekulyativ operatsiyalarning paydo bo’lishi ikkita asosiy holatga 
bog’liqdir.
Birinchidan, moliyaviy aktivlar, jumladan qimmatli qog’ozlarning tovar 
xususiyatiga asoslanishi, ya’ni qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi qilingandan so’ng iste’mol 
qilinmaydi, so’ndirilmaguncha muomala vositasidan chiqmaydi. Qimmatli qog’oz egasi 
uni istalgan vaqtda bozorga olib chiqib sotishi mumkin.
Ikkinchidan, qimmatli qog’ozlarning istiqboldagi bahosini aniq bashorat qilib 
bo’lmasligi, ya’ni bu turli investorlar psixologiyasi, manfaatlari va axborotlar 
asimmetriyasidagi farqlar natijasida paydo bo’ladi hamda ularga doir turli bashoratlarni 
yuzaga keltiradi.
Fond bozoridagi spekulyativ operatsiyalar investorlar manfaatlarini ko’paytiradi va 
emitent kompaniyaga qo’shimcha resurslarni jalb etishni engillashtiradi, qimmatli 
qog’ozlar likvidliligini oshiradi.


45 
Real kapital ko’paymasdan daromad olish imkonini mavjudligi esa, spekulyativ 
operatsiyalarning salbiy tomonini o’zida namoyon etadi. Natijada iqtisodiy taraqqiyotda 
illyuziya, ya’ni aldanish paydo bo’ladi va bu moliyaviy inqirozni keltirib chiqaruvchi 
omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Aniq, to’liq va zamonaviy axborotlarni olish 
spekulyativ operatsiyalarni salbiy ta’sirini kamaytiradi va bozordagi narxlarni 
barqarorlashtiradi.
Zamonaviy iqtisodiyotda axborotlar iqtisodiy tizim samaradorligiga va ishlab 
chiqarish natijalariga ta’sir qiluvchi muhim iqtisodiy resursga aylanmoqda. Emitent 
kompaniyalar faoliyatining shaffofligi, ular to’g’risidagi ishochli axborotlar ularning 
aktsiyalar narxini va likvidligini oshirib, investorlarni ko’proq jalb etadi. Lekin korxona 
faoliyati 
to’g’risidagi barcha axborotlarni oshkor etish uning bozordagi 
raqobatbardoshligini kamaytiradi. Shuning uchun, jahon amaliyotida tijorat va davlat siri 
to’g’risidagi ma’lumotlarga oydinlik kirituvchi me’yoriy hujjatlar mavjuddir. Ular 
korxonalarni bozordagi raqobatbardoshligini saqlashga xizmat qiladi.
Fikrimizcha, moliya bozori barqarorligini ta’minlashda insayderlik faoliyatini ham 
ijobiy iqtisodiy tomonlari mavjuddir.
-
fond bozorida insayderlik ma’lumotlarining bo’lmasligi emitent kompaniya 
to’g’risida etarli ma’lumotlar to’planmasligiga va bu, o’z navbatida kompaniyaning 
moliyaviy aktivlar bahosidagi o’zgarishlarni tez va kutilmaganda sodir bo’lishiga olib 
kelishi mumkin; 
-
insayderlik faoliyati aktsiyalarning bozordagi kotirovkalarini ularning 
fundamental qiymatiga yaqinlashtiradi va bahoni ob’ektiv bo’lishiga xizmat qiladi. 
Shuningdek, insayderlik faoliyati jamiyatda korruptsiyani kuchayishiga va natijada butun 
iqtisodiy samaradorlikni pasayishiga sabab bo’lishi mumkin;
-
insayderlik axborotlaridan foydalanish hisobiga qo’shimcha daromad olish 
imkoniyati aktsiyadorlarni kompaniya menejerlari ustidan doimiy monitoring olib 
borishini rag’batlantiradi va ularni o’z foydalarini ko’zlab faoliyat yuritishlariga imkon 
bermaydi, oqibatda kompaniya faoliyatini yaxshilanishiga olib keladi.


46 
Insayderlik axborotlari moliya bozoriga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi va moliya 
bozori barqarorligini ta’minlashda uning salbiy tomonlari bilan birga ijobiy tomonlarini 
ham inobatga olish lozim.
Barcha investorlar ham moliya bozorida spekulyativ maqsadni ko’zlab faoliyat 
yuritmaydilar. Ularning ko’pchiligi uchun qimmatli qog’ozlar narxining barqarorligi 
muhimdir. Investorlar 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish