J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#478680
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112
Bog'liq
fayl 2063 20211105

 
 


40 
3.4. Xalqaro moliya bozorida inqirozlar yuzaga kelish omillari va 
kontseptsiyalari 
 
Hozirgi kunda xalqaro moliya bozoridagi inqirozlarning yuza kelishi va ularni 
bartaraf etish borasida bir qator kontseptsiyalar shakllantirilgan.
Moliyaviy “ko’pik”lar kontseptsiyasi.
Odatda “ko’pik” haqida so’z borganda, 
ma’lum aktivning bozor bahosi uning fundamental bahosidan keskin oshib ketishi 
tushuniladi. Aktivning fundamental bahosi esa, mazkur aktiv keltiradigan barcha 
daromadlarning joriy bahosi hisoblanadi.
“Ko’piklar”ni o’rganishga bag’ishlangan zamonaviy tadqiqotlarda uning 
shakllanishi ko’p omilli xarakter kasb etishi asoslangan. Moliya bozoridagi ko’piklarga 
nisbatan mikrotuzilmaviy yondashuvlar ham mavjud bo’lib, unga yorqin misol “ratsional 
ko’piklar” kontseptsiyasidir. 
Ushbu kontseptsiyaga muvofiq, “ratsional ko’piklar” investorlar tomonidan yanada 
yuqori baholarning kutilishi natijasida shakllanadi. Mazkur investorlar qimmatli 
qog’ozlar savdosida faqat baho shakllanishi jarayonida real ahamiyatga ega bo’lgan 
axborotlardan (makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, foiz stavkalari, emitentlarning moliyaviy 
holati) foydalanishadi. Ayni paytda, ko’piklarning shakllanishi bilan bog’liq kontseptsiya 
aktivning nisbiy fundamental bahosi borasida turli darajada ma’lumotga ega bo’lgan 
iqtisodiy agentlar o’rtasida axborot assimmetriyasiga chambarchas bog’liqdir
1
.
Bunday yondashuv doirasida shu narsa ayon bo’ladiki, banklar korporativ 
qarzdorlar faoliyatini nazorat qilmagani holda, jalb qilingan mablag’larni yuqori riskli 
aktivlarga investitsiya qilish orqali tegishli aktivlar bozorida ko’pikning shakllanishini 
qo’llab-quvvatlaydilar
2
. Shuningdek, arbitraj operatsiyalarini amalga oshiruvchi 
agentlarning mavjudligi e’tiborga olinsa, ko’piklarning shakllanishi axborot 
assimmetriyasi oqibati ekanligi ma’lum bo’ladi.
1
Allen, F., Morris, S. and Postlewaite, A. Finite bubbles with short sale constraints and asymmetric information // Journal 
of Economic Theory. 1993. Vol. 61. pp. 206–29. 
2
Allen F., Gale D. Asset-Price Bubbles and Stock Market Interlinkages / Hunter W.C., Kaufman G.G. and Pomerleano M. 
(eds.). Asset-Price Bubbles: The Implications for Monetary, Regulatory, and International Policies. Cambridge, MA: MIT 
Press, 2003.


41 
Hozirga qadar jahon iqtisodiyoti moliya bozorlaridagi aktivlar bahosining asossiz 
o’sishi, “spekulyativ ko’piklar”ga bir necha bor duch kelgan bo’lsa-da, hanuzgacha ularni 
bartaraf etishning ilmiy-amaliy usullari ishlab chiqilgan emas. Bundan tashqari, monetar 
organlarning aktivlar bahosining bunday asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha 
strategiyalari masalasi nazariy jihatdan ham o’z echimini topmagan.
XX asrda AQSh moliya tizimi rivojlanishiga xos xususiyatlardan biri unda 
“ko’pik”larning shakllanganligi hisoblanadi. Xususan, XX asrning 70 yillarida jahon 
moliya bozoridagi “ko’piklar” “yaroqsiz obligatsiyalar”da namoyon bo’lgan edi.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy “ko’pik”lar nazariyasida bozorning “ko’rinmas 
qo’l” orqali o’zini-o’zi boshqarishi va psixologik omillar orqali inqirozning kelib 
chiqishiga alohida e’tibor beriladi. Moliya sohasida investorlarning asoslanmagan 
foydani kutishlari “ko’pik”larni shakllanishiga olib keladi va bu, o’z navbatida, ushbu 
sohani inqirozga tayyorlovchi mexanizm bo’lib xizmat qiladi. 
Kapitalning haqiqatda oshishi foyda hisobidan bo’ladi, bu esa aktsiyalarning 
bozordagi jozibadorligini oshiradi. Bozor ishtirokchilari narxlar ko’tarilishiga moliyaviy 
operatsiyalarni amalga oshiradilar, natijada kapital yanada ko’payadi, bu jarayon qayta – 
qayta takrorlanaveradi va pirovardida moliyaviy “ko’pik”lar vujudga keladi. 
Agar korxona o’zining real kapitalini oshirib borsa, bu uning real daromadlari 
oshayotganligidan dalolat bermaydi, ya’ni foyda(P)ning kapital(K)ga nisbati (P/K) 
o’zgarmasdan qolishi yoki kamayishi ham mumkin. Real kapital ko’payganda avval 
chiqarilgan aktsiyalar soni (A) bilan real kapital o’rtasidagi nisbat ortadi, ya’ni (K
t2
/A)> 
(K
t1
/A). Bu holat P/K nisbat kichik bo’lsa ham korxonaning bozorda bitta aktsiya 
bahosini va barcha aktsiyalari qiymatini asosli ravishda oshishiga olib keladi. Bu erda 
moliya bozori asosiy ishtirokchilarining psixologiyasi asosiy rol o’ynay boshlaydi. Bozor 
ishtirokchilari ushbu korxona aktsiyalar qiymatining oshishini avval chiqarilgan 
aktsiyalar soni bilan real kapital o’rtasidagi nisbat (K/A) ortgani bilan emas, balki ushbu 
korxonaning daromadlari oshishi (P/K nisbatning ko’payishi) bilan izohlashadi va bu 
o’rtada yolg’on tasavvur paydo bo’ladi. Natijada bozor ishtirokchilari korxonalarning real 
kapital qiymatiga nisbatan aktsiyalar bozor bahosini oshishiga moliyaviy operatsiyalarni 
amalga oshiradilar. 


42 
Moliyaviy “ko’pik”larni to’laligicha aniqlash uchun zamonaviy qimmatli 
qog’ozlar bozoridagi talab va taklifga ta’sir etuvchi barcha omillar inobatga olinishi 
kerak.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish