Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab chiqarish jarayonlarining
o’zaro bog’liqligi
Xalqaro moliya yaxlit tizim sifatida faoliyat ko’rsatadi va uning elementlariga
quyidagilar kiradi:
–
Jahon valyuta tizimi – milliy va zahira valyutalar, xalqaro jamoaviy valyutalar,
o’zaro konvertirlash shartlari, valyuta pariteti, valyuta kursi, valyuta kurslarini tartibga
solishning milliy va xalqaro mexanizmlaridan tashkil topgan.
Xalqaro moliya
munosabatlari
Jahon iqtisodiyoti
Jahon
iqtisodiyotida
kapital va
investitsiyalar
harakati
Xalqaro savdo
Jahon iqtisodiyoti
Xalqaro savdo
Jahon
iqtisodiyotida
kapital va
investitsiyalar
harakati
9
–
Xalqaro hisob-kitoblar – moliyaviy instrumentlar, ishlab chiqarish omillari,
tovarlar xarakati, shuningdek, xalqaro hisob-kitoblar bilan bog’liq barcha operatsiyalarni
aks ettiruvchi to’lov balansiga xizmat qiladi.
–
Xalqaro moliya bozorlari va muayyan moliyaviy instrumentlar savdosi
mexenizmlari – valyuta, kredit, qimmatli qog’ozlar.
–
Xalqaro soliqqa tortish – pul mablag’lari fondlarini shakllantirish metodi
sifatida.
–
TMKlarning
xalqaro
moliyaviy
menejmenti,
bunda
transmilliy
moliyalashtirish, risklarni boshqarish, xalqaro investitsiyalash jarayoni asosiy o’ringa
chiqadi.
1.2.
Dunyo mamlakatlarining moliya bozori holatiga umumiy tavsif
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab
chiqarish omillarining harakati bilan bog’liq. Ushbu bog’liqlik asosida xalqaro moliya
munosabatlari yuzaga keladi.
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi bo’lgan
shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o’ziga tegishli bo’lgan xorijiy valyutalarning harakat
jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir.
1970 yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi va mazkur
o’zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valyuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon
moliya tizimidagi o’zgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko’p
jihatdan trasmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular tomonidan butun
dunyo bo’ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish hamda barcha resurslardan
samarali foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro
moliya munosabatlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko’p sonli xorijiy
filiallarga ega bo’lgan transmilliy banklar muhim rol o’ynadi.
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o’zgarishi bilan bog’liq ravishda
xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yo’nalishi nafaqat xalqaro
ayriboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham
10
bo’ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek,
moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970 yillarda xalqaro
kreditni to’lov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun
foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida
hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.
Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
to’lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga
moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat evrokreditlarning o’sishi
hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga sodir bo’ldi. Yaponiya
milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida
Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat
natijasida Yaponiya ienasi evrovalyuta bozorida keng qo’llanila boshlandi.
1970 yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatdi
va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon
iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin
o’zgarishiga sabab bo’ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport qiluvchi mamlakatlarda
yirik valyuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa, jumladan ko’plab rivojlangan
mamlakatlarda joriy hisoblar bo’yicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan
retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, evroobligatsiyalar bozori orqali tushgan
neftedollarlar hisobiga qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan boshqa muhim o’zgarishlar ham xaqaro moliya
munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi.
Ushbu o’zgarishlar jumlasiga, jahon va hududiy valyuta tizimlaridagi o’zgarishlar,
valyuta tizimi tamoyillarining o’zgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan
iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya
tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining
kengayishi, jahonda ro’y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |