J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/112
Sana20.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#828840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori

1.3. Milliy 
xo‘jalikning 
rivojlanishida 
xalqaro 
iqtisodiy-moliyaviy 
munosabatlar va moliya bozorining ahamiyati, ijobiy va salbiy ta’siri. 
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining 
rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog’liqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon 
xo’jaligining shakllanishi jarayonida alohida o’rin tutadi. 
Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo’jaligining tarkibiy elementiga 
aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon xo’jaligining 
rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.
Jahon xo’jaligi – bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonuniyatlariga bo’ysunuvchi 
xalqaro moliya munosabatlari orqali o’zaro bog’liq milliy iqtisodiyotlar yig’indisi 
sifatidagi global iqtisodiy tizimdir. 


13 
Jahon xo’jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar 
holati muhim o’rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy 
sub’ekti hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, 
mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o’rin tutadi. 
Mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro 
moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil etish 
bilan uzviy bog’liqdir. 
Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim 
tarkibiy qismni o’ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni 
amalga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro moliya 
munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar 
tomonidan belgilangan me’yoriy normalar, davlatlararo darajadagi shartnoma va bitimlar, 
mamlakatlar o’rtasida o’zaro qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi.
Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga 
oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventsiya) 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’l-yo’riqlarni amalga 
oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi. 
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi 
turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy 
birlashmalari va sub’ektlari, alohida tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi. 
Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o’rganishni 
taqozo etadi: 

xalqaro valyuta munosabatlari; 

xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar; 

xalqaro savdo munosabatlari; 

investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; 

mamlakatlar to’lov balanslarini boshqarish; 

xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; 

xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq. 


14 
Xalqaro moliya munosabatlarining ob’ektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va 
jahon xo’jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon 
xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat bo’lgan global iqtisodiy tizim bo’lib, 
bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab 
chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda o’zgarib boradi. 
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri quyidagi 
muhim xususiyatlar orqali namoyon bo’ladi: 

Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o’zgarishlarni o’z 
ichiga qamrab oladi: 

mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish; 

ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global 
bozorlarini barpo etish; 

jahon xo’jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish; 

xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning qoidalarini 
universallashtirish; 

yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini 
vujudga keltirish. 

Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy 
iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan 
birlashish jarayoni hisoblanadi.

Xalqaro moliya bozorlaridagi o’zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat 
ko’rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini 
muvofiqlashtirib boradi. 

Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy 
iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o’rin egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar 
ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi. 

Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu 
holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, ya’ni, alohida 
mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar 
faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali 


15 
yuzaga keldi. 

Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur holat, 
milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, 
xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shart-sharoitlarning 
yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng 
jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valyuta 
cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o’rin tutadi. 

Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy bazasini qabul etilishi. 

Mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan tartibga 
solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi. 
Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya munosabatlaridagi 
ishtirokini bir necha miqdoriy ko’rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin: 
eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan foizda 
hisoblanadi; 

import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga nisbatan foizda 
hisoblanadi; 

tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi 
YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. 
Mazkur ko’rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya 
munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin. 
Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan o’zgarishlar xalqaro moliya munosabatlarining 
istiqbolda rivojlanish tendentsiyalarini belgilab berdi: 

xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko’p 
tomonlama munosabatlarga o’tish; 

jahon xo’jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; 

xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab 
chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga aylanib borishi; 
– kapital migratsiyasining globallashuvi; 
– hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi va jadallashuvi. 


16 
Jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, 
xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi 
migratsiyasi xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya 
bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining 
kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadallashuviga imkon 
yaratdi 
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari sifatida 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizimga integratsiyalashuvini 
ta’minlash; 

xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashning oqilona 
harakatini tashkil etish; 

milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy o’zgarishlarga 
moslashtirish; 

mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida tavsiyalar berish. 
Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezedentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga 
keladigan munosabatlarida qo’llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi kiritiladi. 
Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi: 
Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va o’zaro 
hamkorlikka;
Ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan yuzaga 
keladigan o’zaro munosabatlariga; 
Uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya bozorlaridagi 
operatsiyalarini tashkil etishga. 
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya munosabatlari tobora 
rivojlanib bormoqda. Bunda, avvalo mamlakatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarining 
taraqqiy etishi alohida o’rin tutmoqda. Ushbu holat o’z navbatida xalqaro valyuta 
munosabatlari va xalqaro xisob-kitoblarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.


17 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish