Изланувчилар online илмий-амалий


MURAKKAB KOMPLEKS O’G’ITLAR



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/275
Sana24.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#239485
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   275
Bog'liq
Anjuman 16-17 30.11.2020

MURAKKAB KOMPLEKS O’G’ITLAR 
Akramjonov Asqarxo’ja 
Farg'ona politexnika inistituti, M16-20 guruh magistranti
Moddalar/ko’rsatkichlar 
Ca 
Mg 

Na 

Cl 
Ona sut tarkibidagi 
miqdori 
16.7 
2.2 
7.3 
5.3 
23.5 
16.5 
Sigir suti tarkibidagi
miqdori 
16.8 
1.7 
11.6 
5.3 
20.7 
13.6 


294 
O‘simliklarning me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun ular yetarli 
miqdordagi ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi lozim. Bu ozuqa moddalarga azot, 
fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir kiradi. Bu elementlarning 
o‘simliklardagi hissasi yuzdan bir ulushdan bir necha foizgachani tashkil etadi va 
ular makroelementlar nomi bilan yuritiladi. Bundan tashqari, o‘simliklarga, bor, 
molibden, mis, marganes, rux va boshqa shular kabi bir qator o‘simlik va tuproqda 
mingdan bir ulush foizda bo‘ladigan moddalar zarurdir, ular mikroelementlar 
deyiladi.
O‘simliklarning hayotiy faoliyatida uglerod, kislorod va vodoroddan keyin 
azot fosfor va kaliy ham muhim ahamiyatga ega. Azotli o‘g‘itlar suvda yaxshi 
eriydi, ular azot birikmalarining ammiakli, ammoniyli, amidli va bu shaklning turli 
hosilalari (ammiaknitratli, ammiak-amidli va h.o.) shakllari bilan farqlanadi. 
Bundan tashqari, yuvilmaydigan va suvda qiyin eriydigan azotli o‘g‘itlar, masalan 
karbamid-formaldegidli, izobutilendikarbamid, oksamid va boshqalar ham 
ishlatiladi.
Fosforli o‘g‘itlar. Eruvchanligi va o‘simliklarga o‘zlashishi jihatdan fosforli 
o‘g‘itlar uchta guruhga bo‘linadi. Suvda eruvchan, ulardagi fosforli birikmalarning 
asosiy qismi suvda eriydi, shu sababli o‘simliklarga oson o‘zlashadi, bunday 
o‘g‘itlar tarkibiga superfosfat, qo‘shaloq superfosfatlar, shuningdek, murakkab 
o‘g‘itlar – ammofos, nitroammofos, nitroammofoska, nitrofoska, karboammofoska 
va boshqalar kiradi; 
Kaliyli o‘g‘itlar konsentrlangan (kaliy xlorid, kaliy sulfat, kalimagneziya va 
boshqa) va yetilmagan tuzlar (silvinit, kainit) turlariga bo‘linadi. Suvda 
erimaydigan minerallar (nefelin, dala shpati) to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘g‘it sifatida 
foydalanilmaydi, ular kaliyli o‘g‘itlar olish uchun xomashyo vazifasini o‘taydi. 
Kompleks o‘g‘itlar – tarkibida kamida ikkita ozuqa elementini tutgan 
o‘g‘itlar hisoblanadi. Ikkilamchi kompleks o‘g‘itlar (masalan, azotfosforli, azot -
kaliyli, fosfor-kaliyli) va uchlamchi kompleks o‘g‘itlar (masalan, azot -fosfor-
kaliyli) turlarga bo‘linadi. Uchlamchi o‘g‘itlar to‘la tarkibli o‘g‘itlar deyiladi. 
Kompleks o‘g‘itlar tarkibida, shuningdek, mikroelementlar, pestitsid va o‘stiruvchi 
moddalar qo‘shimchalari bo‘lishi mumkin. 
Kompleks o‘g‘itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga ko‘ra guruhlanadi: 
1) aralash o‘g‘itlar turli kukunsimon yoki donadorlangan tayyor o‘g‘itlarni 
mexanik usulda aralashtirish yo‘li bilan olinadi;
2) murakkab-aralash donadorlangan o‘g‘itlar aralashtirish jarayonida 
kukunsimon tayyor o‘g‘itlarni suyuq reagentlar (ammiakli suv, fosfat yoki sulfat 
kislota va boshqalar) qo‘shish bilan aralashtirilish orqali olinadi;
3) murakkab o‘g‘itlar yagona texnologik jarayonda xomashyoni qayta 
ishlash orqali olinadi. 
Ta’sir etuvchi moddalarning konsentratsiyasi bo‘yicha o‘g‘itlar shartli 
ravishda quyi konsentratsiyali (oddiy), tarkibida 20-25% gacha, konsentrlangan – 
30-38%, yuqori konsentratsiyali – 60% dan ko‘p va ultra konsentrlangan – 100% 
ta’sir etuvchi komponentli turlarga bo‘linadi. Kompleks o‘g‘itlarUlarga tarkibida 
ikkita va uchta ozuqa elementi bo‘lgan murakkab o‘g‘itlar NPK larni keltirish 


295 
mumkun. Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan kompleks o‘g‘itlar va ular tarkibiga 
Azot (N) Fosfor (P
2
O
5
) Kaliy (K
2
O) lar kiradi. Biz bilamizki o’g’itlar donador, 
kukunsimon yoki suyuq xolatlarda ishlab chiqariladi. Biz esa yani turdagi 
pastasimon holatdagi NPK ni taklif qilamiz. Uning tarkibida mikroelementlarni 
ozuqa moddalarni iste’mol qilishni kuchaytirish va samaradorligini oshirish va 
ozuqa moddalarning translokatsiyasini yaxshilash maqsadida, o’zida ozuqa 
elementini tutgan Etilen diamin tetra uksusnaya kislota (inglizcha EDTA dan) 
foydalanish tajribasi qo’llanildi.
Yani qisqa qilib aytganda Gel ko’rinishidagi murakkab o’g’itni ko’z 
oldimizga keltiramiz. Bunday xolatda maxsulotni tayyorlash uning tarkibiga juda 
ko’plab qo’shimcha ozuqa moddalarni kiritish (boyitish) imkoniyatini oshiradi. Biz 
bilamizki donador va kukunsimon moddalarda ko’zga ko’rinadigan kamchiliklar 
mavjud bu gidroskapiklik donalarning o’lchami, donalarning mustaxkamligi kabi 
omillar bartaraf etiladi. Bu muammo Gel xolatidagi NPK da ko’zatilmaydi. 
Bilamizki ta'sir etuvchi moddalar qanchalik ko'p bo'lsa, ular shunchalik 
ahamiyatli bo'ladi. Turli ekinlar, tuproqlar, iqlim va boshqa sharoitlar uchun azot, 
fosfor va kaliyning miqdori va nisbati har xil bo'lgan murakkab o'g'itlar talab 
etiladi. Ular N:P
2
O
5
:K
2
O massalari nisbati bilan tavsiflanadi, masalan, 1:1,5:0,5. 
Bunda ta'sir etuvchi moddalarning umumiy miqdori tarzida ham ifodalanishi 
mumkin, masalan, N+P
2
0
5
+K
2
0=36 %; ayrim hollarda N:P
2
0
5
:K
2
0 ning massa 
bo'yicha protsent nisbati, masalan, 12:18:6 yoki 12 -18-6 shaklida ifodalanishi 
mumkin, bu sonlarning umumiy yig'indisi o'g'itdagi ta'sir etuvchi moddalarning 
umumiy miqdorini ko'rsatadi. 
Uch komponentli 1:1:1; 1:1,5:1; 1:1:0,5; 1:1:1,5; 1:0,67:0,67 va ikki 
komponentli 1:4;0; 1:1:0; 0:1:1; 0:1; 1,5 markali o'g'itlar eng ko'p ishlatiladi.
Hosildorlikni oshirishdagi omillarni baholashda: AQSH da 50% gacha, 
Fransiyada 50-70% gacha qo‘shimcha hosil olish o‘g‘itlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, hosildorlikning oshirishdagi 
o‘g‘itlarning ulushi MDH mamlakatlarining qoratuproqli mintaqalarida 40 -50% 
ga, noqoratuproqli mintaqalarida 60-75% ga Markaziy Osiyoda, xususan, 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga to‘g‘ri 
keladi. 
Hulosa qilib aytkanda hozirgi kunda mineral o’g’itlarga bo’lgan talab tobora 
kuchayib bormoqda. Bu istaklarni qondirish va ishlab chiqarilayotgan 
maxsulotlarni rentabilligini oshirish va chetdan kelayotgan maxsulotlarni 
maxalliylashtirish orqali erishish mumkun.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari. 
X.CH.Mirzakulov, I.T.Shamshidinov, Z.To’rayev 

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish