Izlanishlar, yechimlar



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/112
Sana01.06.2022
Hajmi3,74 Mb.
#627882
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112
Bog'liq
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining

Sababni qidirish
– 
Sabab nimada? Kim jalb qilingan?
• 
Yechimni tasavvur qilish
– 
Muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish 
kerak?
• 
Reja tuzish
– 
Muammo kim bilan, qachon, qaysi resurslar orqali hal 
qilinadi?
• 
Bajarish
– 
Vazifa bajarildi. Jarayon qanday ketyapti? 
• 
Qayta ko‘rib chiqish
– 
Nima yaxshi/yomon bajarildi? Keyingi safarga 
nimalar o‘rganildi?
Yaxshi rejalashtirish resurslarni taqsimlash va keyinchalik amalga oshirish 
maqsadida muhim natijalarga qaratishga yordam beradi va samarali natijalarga 
erishishdagi yutuqlarni baholashga va kelajakdagi tashabbuslarning rivojlanish 
ta’siriga yaxshiroq hissa qo‘shishini ta’minlash uchun o‘tmishdan o‘rganishga 
yordam beradi.
RBM ni “maqsadli boshqaruv strategiyasi” deb ta’riflash mumkin, chunki 
davlat va xususiy sektor subyektlari (institutlar, agentliklar, loyihalar, rejalar) 
faoliyatida sezilarli o‘zgarishlarga erishishga qaratilgan. Uning asosiy vazifasi - ish 
faoliyatini yaxshilashdir (ya’ni yaxshiroq natijalarga erishish maqsadida).


163
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
RBM ma’lumotlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish jarayonida ishlab 
chiqarish omillari (moliyaviy va kadrlar) ishlatiladi, bu esa qisqa, o‘rta va uzoq 
muddatli istiqbolda turli natijalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. RBMga 
muvofiq, kutilayotgan natijalar va potensial xavflar loyihani tayyorlash bosqichida 
aniq belgilanadi va bu jarayonning muhim xususiyati barcha manfaatdor 
tomonlarning ishtirok etishidadir. 
RBMdan samarali foydalanishning tamoyillari:
• Manfaatdor tomonlar tomonidan yondashuv mohiyatini tushunishda 
farqlar, yondashuvni adekvat ishlatish yo‘lida muhim to‘siq bo‘lishi mumkin. 
RBMdan samarali foydalanish barcha manfaatdor tomonlardan yondashuvni 
idrok etish, uni amalda qo‘llash va, eng muhimi, RBMga sodiqlik borasida o‘zaro 
tushunishga erishishni talab qiladi.
• barcha manfaatdor tomonlar RBM doirasida natijalarga yo‘naltirishni to‘liq 
tushunishlari zarur. Ko‘pincha manfaatdor tomonlar, ayniqsa, loyihani amalga 
oshirishda bevosita ishtirok etadiganlar, RBMni resurslar va ish faoliyatini 
boshqarish bilan almashtiradilar.
• Loyiha taraflaridan biri rivojlanayotgan mamlakatlardan sherik bo‘lgan 
taqdirda, uning to‘liq ishtiroki va RBMga to‘liq majburiyati talab qilinadi. RBMni 
bir tomonlama qo‘llash kutilgan natijani bermasligi aniq.
• Loyihani boshqarish jarayoniga barcha manfaatdor tomonlarni jalb 
qilishni ta’minlash eng qiyin vazifalardan biri hisoblanadi. Kutilgan natijalar 
barcha manfaatdor shaxslar tomonidan tegishli deb baholanishi, shuningdek, 
xarajatlarni taqsimlash va harakatlar yo‘nalishi yetarli deb hisoblanishi kerak.
• Loyihaning samaradorligini o‘lchash uchun ko‘pincha soddalashtirilgan 
ko‘rsatkichlar tanlanadi. Shu bilan birga, resurslar va vaqtning yetishmasligi, 
resurslar va energiya xarajatlari va ishlash o‘rtasidagi bog‘liqlikni real baholashga 
imkon bermaydi va shunga mos ravishda loyihani boshqarish uchun kerakli 
ma’lumotlarni bermaydigan, ahamiyatsiz ko‘rsatkichlardan foydalanishning 
sababi bo‘lmasligi kerak.
• RBM ijro etuvchi organining loyihani amalga oshirishga bo‘lgan majburiyati, 
xususan, tegishli rag‘batlantirish va salbiy oqibatlarning mavjudligi bilan 
belgilanadi.
• RBM uzluksiz o‘rganishni nazarda tutadi, loyihani amalga oshirish davomida 
to‘plangan monitoring ma’lumotlari uzluksiz ta’lim uchun ishlatilishi kerak. 
Ta’lim tizimida RBMdan foydalanish ta’lim jarayonlarini izchil tashkil qilish, 
ta’lim muassalarida boshqaruvning sifatli tashkil qilinishi, tashkil qilingan 
boshqaruv va monitoring orqali ta’lim muassasida sifat ko‘rsatkichlarining 


164
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
oshishiga olib keladi. Ta’lim tizimida to‘g‘ri yondashuvlarga asoslangan 
boshqaruvning joriy etilishi ta’lim jarayonidagi muammolarni samarali hal 
qilishga, xodimlarga yuklatilgan vazifalar midqorini teng taqsimlashga, ta’lim 
jarayonidagi sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarining oshishiga sabab bo‘ladi. 
Bu orqali jamoada o‘zaro ishonch, hamjihatlik, kasbga bo‘lgan mas’uliyat ham 
oshadi.Ta’lim menejmentida eng asosiy vazifa bu – o‘qituvchi, o‘quvchi, ota-
ona va jamiyat bilan ishlashdir. RBM – natijaga asoslangan boshqaruv ma’muriy 
buyruqbozlik xususiyatlaridan xoli bo‘lib, mavjud muammoning tub ildizlarini 
o‘rganish, unga yechimlar taklif qilish orqali menejmentni amalga oshirishi bilan 
xarakterlidir.



Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish