Izlanishlar, yechimlar



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/112
Sana01.06.2022
Hajmi3,74 Mb.
#627882
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112
Bog'liq
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining

141
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Xalqaro tadqiqotlarda Singapurni dunyodagi eng yetakchi oʻrinlardan birini 
egallaydi. Singapur raqobatbardosh iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish qobiliyati 
boʻyicha ham, matematika va fanni oʻrganish tendensiyalari (TIMSS) da, oʻqish 
savodxonligini oʻrganish (PIRLS) da yaxshi natijalarga erishgan.
Zero, yurtimizda taʼlim manzarasining yangi tasvirlarini yaratish, taʼlim sifatini 
oshirishda oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash, bilimlarni chuqurlashtirish va 
xalqaro baholash usullarini qoʻllashda koʻmaklashish, global taʼlimga oʻquvchilar 
yoʻnaltirish, barkamol shaxslarni tarbiyalashda rejalarimiz yuqori, asosiysi, 
rivojlangan davlatlar qatorida, jahon hamjamiyati saflarida yuksak marralar bizni 
kutmoqda... 
Trenerlar uchun ayrim tavsiyalar
Jamiyat misli koʻrilmagan darajada oʻzgardi, sanoat rivojlandi, texnologiyalar 
takomillashdi, aynan, bu oʻzgarishlar sababli oʻquvchilar ancha ilgarilab ketdi. 
Oʻqituvchilar bu “shiddatli toʻlqin”da chetda turish, avtoritar shaklda maʼruza 
va topshiriq berish bilan dars oʻtib boʻlmasligini, hayotiy misollar asosida aynan 
koʻrsatish va bajartirish asosida koʻnikmalar shakllanadi. Oʻquvchilarga bugun 
darslarda mantiqqa asoslangan hayotiy koʻnikmalar nimaligi, uni qanday 
egallash kerakligi tushuntirilsa, ishlarimizda ijobiy samaralar koʻrinishi shubhasiz. 
Oʻquvchilar o‘zlarining mazkur tadqiqotlarda qatnashuvi nechogʻlik ahamiyatli 
ekanligini anglashi muhim. Oʻquvchilar bunda nafaqat oʻz bilimlarini sinab 
koʻrishadi, balki yurtimiz nufuzini himoya qilishadi. Ammo bu tuygʻuni boshidan 
kechirmagan, oʻz ustida ishlamagan, befarq boʻlgan oʻqituvchilar ham yoʻq 
emas. Oʻqituvchining bir soatlik sifatli va mazmunli darsi oʻquvchilar hayotidagi 
muhim tub burilish boʻlishi mumkinligini unutmaslik zarur. Trenerlar monitoring 
jarayoni ma’lumotlari yordamida barcha oʻqituvchilar faoliyatini qamrab olish 
va ular faoliyatiga xolisona baho berish bilan birgalikda, aniqlangan ta’limiy 
boʻshliqlar ustida ishlash choralarini belgilashlari lozim: 
oʻqituvchilarning ehtiyoji nimada ekanligini oʻrganish, ularning sabab va 
omillarini aniqlash;
boʻshliq aniqlangan oʻqituvchilardan muayyan fani boʻyicha qayta 
topshiriqlar berilib, maqsadli oʻquvlar tashkil etish va bilim darajasini koʻtarish;
ishlangan topshiriqlar sifatining mantiqiyligi va mezonga mosligini oʻrganish; 
malakasi yetarli boʻlmagan oʻqituvchilar hamda yosh mutaxassislar uchun 
tajribali ustoz-murabbiylar biriktirish, amaliy yordam koʻrsatishga erishish 
mumkin.
Bugungi 
oʻqituvchilar 
oʻz 
oʻquvchilarining 
ijodiy 
rivojlanishini 


142
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
ragʻbatlantirishda muvaffaqiyatli boʻlishlari uchun ham shaxsiy, ham professional 
ijodkorlikka ehtiyojlari bor. Shuningdek, ular dars va amaliy jarayonlarni samarali 
tashkil qilishda ham koʻmakka muhtoj. Ular oʻzlari oʻrgatayotganlarida bilish zarur 
boʻlgan xalqaro talablar hamda biror narsaga yangicha qarash koʻnikmalarini 
rivojlantirishga urinayotganlarida aniq tavsiyalar, koʻrsatmalar zarur. 
NAZARIY: Nazariy mavzular asosan, oʻqish va til qurilishi boʻyicha mavzular 
qamrab olinganligiga eʼtibor berilishi lozim. Oʻtgan darsning taqdimoti uchun 
5 daqiqagacha vaqt ajratib mustahkamlab olish ham dars samarasini oshirishi 
mumkin. 
Nazariy bosqichda trener o‘qituvchilarning bo‘shliqlari yuzasidan 
tushuntirishlar ko‘rsatmalar zaruriy bilimlarni berish nazarda tutilgan
Misol uchun, dars yakunida 2 daqiqali oʻtkazilgan mashgʻulot yuzasidan qaysi 
murakkab, qaysi tushunarsiz mazmunda 5-6 ta savollardan iborat soʻrovnomalar 
olish ham oʻqituvchilar ehtiyojini belgilab beradi. Kelgusi mashgʻulotda bu 
jihatlarga urgʻu berib oʻtish muhim sanaladi.
AMALIY ISH: Trenerlar ikki karra masʼuliyatni anglashlari va oʻqituvchilar 
tayyorlashda amaliy jihatga urgʻu berishlari tavsiya etiladi. Trener har bir 
bosqichda har daqiqasini qadrlar ekan, oʻqituvchilar ham tabiiy holatda, bunga 
odatlanadi. Shuning uchun matn tanlashga vaqt koʻp yoʻqotmasligini boshida 
uqtirib oʻtishi shart.
Asosiy vazifalari: 
matnlar tanlash, topshiriqlar yaratish uchun oʻqituvchilarga badiiy, ilmiy 
adabiyotlar, maxsus saytlar, elektron manbalar havolasini taqdim etadi;
ular matnlarni tanlashlari, turli formatlarda topshiriqlar ishlashi va qiyosiy 
tahlil qilib chiqishlari, oʻrganlariga mos boʻlishi tushuntiriladi;
matnlar tanlashda topshiriq ishlashga moʻljallangan boʻlishiga eʼtibor 
qaratish muhimligi tushuntiriladi;
Matn tanlashda aynan topshiriq mavzusida boʻlishi muhim emas, balki 
tanlangan matn mazmunida shu mavzular (yaqinroq) boʻlishi kifoya;
mashgʻulotning oxirlarida ish unumi yakunini hisobga olgan holda, bir nafari 
oʻqituvchining ijodiy ishlarini taqdimotini qilishga ulgurishi qolgan oʻqituvchilar 
ishining sifatli boʻlishiga olib keladi. Oʻqituvchilarning motivatsiyasini oshirishga, 
turli koʻrsatmalar berishga, asosiysi, bu mashgʻulotlarning maqsadi oʻquvchilarni 
birgalikda shunday oʻqish, talqin qilish va qarorni toʻgʻri chiqarishga oʻrgatishdan 
iborat ekanligini eslatib oʻtishi lozim. Haqiqatdan ham, oʻqituvchilar bunday 
amaliy jarayonlarda oʻzlaridagi boʻshliq va kamchiliklarni anglashadi va buning 



Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish