Imom Buxoriy, Burxoniddin Marg`iloniylarning siyosiy va
xuquqiy qarashlari.
Islom huquqshunosligini rivojlanishga ulkan hissa qo`shgan Imom faqiqlar ko`p
bo`lganlar.Xadischilik sohasida Imom Buxoriy va at-Termiziylar kabilar bo`lgan
Axmad yassaviy, Naqshbandiy, Kubro kabilar esa tasavvuf (so`fizm) ta`limotini
rivojlantirdilar. Burxoniddin Marg`inoniy kabilar esa fikh ilmiga rivoj berdilar.
Xanafiy mazhabi ta`limotlariga binoan Movarounnahrlik fakxlar islom huquqi
sohasida ijod qilib, ko`plab kitoblarni yozib qoldirganlar.
Marg`inoniy «Al-Xidoya» (53 ta kitobdan iborat) eng mukammal ishlangan asar
xisoblanadi. U ingliz, fors, rus kabi jahon xalqlari tillariga tarjima qilingan va bugun
islom huquqini o`rganish bo`yicha asosiy manbalardan biridir. Imom Burxoniddin
Abul-Xasan Ali Ibn Abu Bakr Ibn Abduljalil Al-Farg`oniy Al-Marg`inoniy 1123 yil
Farg`onaning Rishton tumanida tug`ilgan. Xanafiy mazhabida buyuk fikh va
mushtahid darajasiga ko`tarilgan, shayx ul-islom laqabiga sazovor bo`lgan olim edi.
Uning o`g`illari ham olimlik darajasiga ko`tarilgan va kitoblar yozgan huquqshunoslar
edi. Uning o`zi fikx, ilmini o`z otasidan xamda o`z zamonining etuk olimlaridan:
Imom Bohovuddin Ali ibn Muhammad ibn Muhammad Ismoil Al-Asbijobiydan
(vafoti 535 h.y.) (Asbijob Sayram shahridir), Abdulaziz Marg`inoniy Xasan ibn
Mansur O`zgandiy, Mux,ammad ibn Ahmad An-Nasafiy va boshqalar. Marg`inoniy
Farg`onada tug`ilgan bo`lsada uning faoliyati ko`pgina Sharq mamlakatlarida bo`lib,
umrining oxirgi yillari Samarqand shahrida o`tadi. U 593 hijriy (1196-97 yy. milodiy)
Samarqand shahrida vafot etgan. 400 dan ortiq Muhammad otli faqihlar dafn etilgan
Muhammadiylar qabristoni («Turbat ul-Muhammadiyyin») yonida dafn etilgan.
Uning asarlari: «Nashrul-mazhab», «Kitobutanosikil-xos», «Kitob fil-faroiz»
(merosga tegishli), «At-tajtun-navozil» (ikki fatvolar majmuasi), "Muxtorotun-
navozil", «Maziydun fi Furu`-il-Hanafiya», Imom At-Shayboniyning asari «Al-Jami`
al-kabiyr» ning sharhi, "Bidoyatul-Mubtadiy", «Al-Hidoya»ning qisqacha varianti
«Bidoyatul-mubtadiy» kabilardir.
«Hidoya»da Islom huquqi Hanafiya mazhabi g`oyalari asosida bir tizimga
keltirilgan. «Hidoya» avvalambor islom qonun-qoidalarining majmuasi bo`lsa, shu
bilan bir vaqtda ko`plab tarixiy ma`lumotlar manbai hamdir. Masalan, Sahobalar va
imomlar ismlari 50 dan ortiq, urug`lar nomlari 12 ta, jo`g`rofiy va tarixiy nomlar 55
ta.
«Hidoya» o`ziga xos juda qisqa, aniq va misollar yordamida huquq sohalari
bayon etiladi. «Xidoya»ning birinchi qismi ilohyotga-tahorat va amaliy ibodatlar
(namoz, ro`za, zakot va haj)ga tegishlidir. Ikkinchi qismi esa oila xuquqi, qul saqlash
huquqi, jinoyat va jazo, halqaro huquq, vaqf huquqi va boshqaruvlarga tegishlidir.
«Hidoya»ning birinchi qismida ko`plab islomda mashhur bo`lgan sahobalar,
imomlarning ismi (50 dan ortiq), urug`lar, tabaqalar nomlari (12 ta) tarixiy joylar (35
ta) ko`rsatilgan va ularning har biri to`g`risida ma`lumotlar berilgan. «Hidoya»ning
yozilish uslubi haqida gapiradigan bo`lsak uning nihoyatda qisqa, masalalarning
aynan mohiyatini amaliy misollarda boshqa mazxablar bilan qiyoslash orqali
tushuntirilishi o`ziga xosligini belgilaydi.
Burhoniddin Marg`iloniy yozgan to`rt jiltdan iborat «Al-Hidoya» asari sunniylik
yo`nalishida mukammal ishlangan hukuqiy bir to`plam bo`lib, unda 53 dan ortiq kitob
bo`lib,
meros
huquqidan
boshqa
hamma
huquqiy
sohalarni
o`zida
mujasamlashtirgandir. Nima uchun meros huquqi kiritilmagan degan savolga
kelganda mutaxassislarning fikriga ko`ra Imomi A`zam Abu xanifa meros
munosabatlarini aloxida fan (Al-Fariz) deb atagan holda fikhdan mustaqil ravishda
o`rganishni tavsiya etgan.
«Al-Hidoya»ning jaxon tillariga tarjima qilinishi va o`qilishi masalasiga kelganda
shuni aytish lozimki, Olmoniyalik olim doktor ekart Shiyvak to`plagan ma`lumotlarga
ko`ra, «Hidoya»ning arabcha asl matni 1818 y. (1234 h.y.) Kalkuttada, keyinchalik
Bombeyda, so`ngra esa Laknu, Kavnpur, Dehlida nashr etildi. XIX asrda qoxirada va
Qozon shaharlarida ham chop etilgan. Qohirada uning tanqidiy nusxasi 1908 y.y. va
1980 y.y. nashr etildi. «Al-Xidoya»ning ruscha nashri N.I.Grodekov tomonidan
inglizcha tarjimasidan 1893 yilda Toshkent shahrida nashr etildi. 1994 y. Professor
A.Saidov tomonidan birinchi jildi takroran nashr etildi. Qolgan jildlari ustida bugun
ishlanmoqda.
«Al-Hidoya» ning o`zbek tilida tarjimasi Saloxdddin Muxiddinov rahbarligida
2000 y. Birinchi jildi tarjima qilindi va nashr etildi. Qolgan jildlari ustida bugun
ishlanmoqda. Xulosa qilib shuni ta`kidlash joizki, Movaraunnaxr huquqiy
maktabining etakchi olimi Burxoniddin Marg`inoniyning siyosiy va huquqiy
qarashlari dunyodagi ko`pgina universitetlarda o`rganib kelinmoqda. U huquqiy soha
adolatlilik va qonuniylikning yorqin timsoli sifatida doimo o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |