Ызбекистон Республикаси


Qadimgi Rimda siyosiy va xuquqiy ta`limotlarning o`ziga



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/68
Sana26.08.2021
Hajmi0,86 Mb.
#156709
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

Qadimgi Rimda siyosiy va xuquqiy ta`limotlarning o`ziga 
xosligi
 
Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi ming yillarni o`z ichiga oladi 
va  shu  davr  ichida  qadimgi  Rimda  o`zgarib  turgan  sotsial  iqtisodiy,  siyosiy-huquqiy 
qarashlarni  voqealarni  aks  ettiradi.  qadimgi  Rim  tarixi  uch  bosqichdan  iborat. 
Podsholik  (eramizgacha  754-510  y.),  respublika  boshqarish  usuli  (504-28  y), 
imperatorlik (27 eramizgacha va 475 y). yagona Rim imperiyasi eramizning 395 yili 
batamom  bo`linib  ketdi.  g`arbiy  (markaz  Rim),  Sharqiy  (markazi  Konstantinopol‘) 
Vizantiya imperiyasi-bular 1453 yilgacha yashab keldi.
 


Qadimgi  Rimdagi  ijtimoiy-siyosiy,  huquqiy  qarashlar  uzoq  vaqt  davomida  turli 
qarama-qarshi kuchlar patritsiylar va plebeylar o`rtasidagi, to`xtovsiz kurashlar ichida 
shakllanib boradi va shu kuchlar nisbatini, manfaatlarini o`zida aks ettirdi.
 
Qadimgi  Rimdagi  siyosiy-huquqiy  qarashlar  qadimgi  Yunonistonda  shakllangan 
ijtimoiy-siyosiy qarashlar ta`sirida edi. eramizgacha V asr o`rtalarida plebeylar yozma 
ravishdagi  qonunlar  tayyorlanishini  talab  qilib  chiqdilar  va  Yunonistonga  odamlar 
Yuborib, ulardagi qonunchilik, davlatchilik asoslarini o`rganib kelish, xususan Solon 
davrida  yaratilgan  qonunlarga  katta  e`tibor  berishni  topshirdilar.  Bu  tajribalar  puxta 
o`rganilib, nihoyat XII jadvaldan iborat bo`lgan qadimgi rim huquq normalarini ishlab 
chiqishga  asos  bo`ldi.  Qadimgi  Yunonistonning  atoqli  faylasuflari  Sokrat,  Aflotun, 
Arastu, epikur, stoiklar, Polibiy va boshqalar qadimgi rim ijtimoiy-siyosiy va huquqiy 
qarashlarning shakllanishiga kuchli ta`sir qildi.
 
Qadimgi  Rimda  huquqshunoslik  fanining  rivojlanishi  katta  voqea  edi.  Rim 
hukukshunoslari huquqning umumiy nazariyasi muammolarini yoritib berdilar. Ayrim 
huquqshunoslik  sohalari  (davlat  va  huquq  nazariyasi  va  ma`muriy  xuquq,  jinoyat 
huquqi, xalqaro huquq) mustaqil tarzda ishlab chiqildi. Rim huquqshunoslari jamiyat 
hayotida  ro`y  berayotgan  yangiliklarning  nazariy  asoslarini  ishlab  chiqdilar.  Rim 
Yuristlari  tomonidan  kashf  qilingan  huquqshunoslikka  oid  atamalar,  fanlar  bugun 
bizda ham o`rganilmoqda.
 
Rim  imperiyasida  eramiz  boshida  xristianlik  paydo  bo`ladi.  Ilk  xristian 
ta`limotlari barcha erkinlik haqidagi qonunlarni, mavjud bo`lgan ko`plab tabiiy huquq 
g`oyalarini  yangi  din  o`z  nomidan,  ilohiy  ruh,  xudoning  ifodasi  deb  talqin  qila 
boshaydi.  Barcha  odamlarning  tengligi,  uni  odamlar  o`rtasida  qaror  topishi  zarurligi 
haqidagi  g`oya  muxim  axamiyatga  ega  edi.  Xristianlikning  paydo  bo`lishi  va  jaxon 
dini  sifatida  kengayib,  mustahkamlanib  borishi  insoniyat  taraqqiyotining  keyingi 
bosqichlariga  kuchli  ta`sir  qildi.  eramizning  II  asrida  xristian  jamoalarida  axvol  bir 
muncha  o`zgaradi.  Jamoa  boshliqlarining  hukmronligi  mustahkamlanadi,  ular 
o`rtasida  aloqa  kuchayadi,  ruhoniylar  paydo  bo`ladi.  CHerkov  ierarxiyasining  paydo 
bo`lishi,  diniy  dogmatning  kuchaytirib  Yubordi.  Ilk  xristianlik  ta`limotlarida 
qulchilikni  yo`qotishga,  xususiy  mulkchilikni  bekor  qilishga,  odamlar  o`rtasidagi 
notenglIkni bartaraf etishga qaratilgan g`oyalar mavjud edi.
 


Qadimgi  Rim  siyosiy  va  huquqiy  ta`limotlar  tarixida  Mark  Tualliy  TSitseron 
(106-43  eramizdan  oldingi  yillar)  aloxida  o`rin  egallaydi.  Mashhur  arator,  davlat 
arbobi  va  mutafakkir  TSitseronning  davlat  va  x,uquq  muammolariga  bag`ishlangan 
"Davlat haqida", "qonunlar haqida", "Burchlar haqida" va boshqa asarlarida siyosiy va 
huquqiy  qarashlari  o`z  aksini  topgan.  Davlatning  paydo  bo`lishining  sababi 
odamlarning birga yashashga intilishidadir. Birga yashash odamning tabiiy extyojidir, 
deydi,  TSitseron.  Davlat  xalqning  ishi,  boyligidir.  TSitseron  davlatning  tuzilish 
shakllariga katta  ahamiyat  beradi.  U uchta  oddiy davlat  shaklini  ko`rsatadi: podshoh 
xokimiyati,  aristokratlar  hokimiyati  va  xalq  hokimiyati.  Bularning  har  biri  o`zining 
avfzalliklari va kamchiliklariga ega. Shuning uchun bularning barchasiga xos bo`lgan 
avfzalliklarni o`zida birlashtirgan qo`shma davlat shakli maqsadga muvofiqdir.
 
Zo`rlik bilan o`rnatilgan yakka shaxs yoki olomon xukmdorligi, yoki bir to`raning 
xukmronligi davlat shakli xisoblanmaydi, bunga yo`l qo`yish mumkin emas. Bu erda 
umuminsoniy manfaat ham barcha, uchun teng huquq ham yo`q.
 
TSitseron ijodida haqiqiy davlat arbobi va ideal fuqaroga xos fazilatlar katta o`rin 
olgan.  Huquq  zaminida  tabiatga  xos  bo`lgan  adolat  yotishi  kerak,  deydi  u.  Tabiiy 
huquqining  belgi  va  xususiyatlarni  ta`riflash  bilan  bir  qatorda,  TSitseron  ijobiy 
huquqning  o`zini  xususiy  va  ommaviy  huquqlarga  bo`ladi.  TSitseronning  ijodiy 
merosi insoniyat madaniyatining rivojiga katta ta`sir ko`rsatdi.
 
  
 Rehaga qaytish 
  

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish