XX asr liberalizmining xususiyatlari
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida liberalizm yangi bosqichga ko`tarildi.
Bu kapitalizmning yangi bosqichga o`tishi bilan bog`liq edi. Shu davrda
liberalizmning kuchli tomonlari bilan bir qatorda bo`sh tomonlari ham namoyon bo`la
boshladi. Xususan, klassik liberalizmning erkin bozor munosabatlari va erkin raqobat
kabi muhim qoidalari aholining imtiyozli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga
bo`ysundirildi. Shuning uchun ham Evropa va AqSh da bu urinishlarga qarama-qarshi
g`oyalar bilan bir qancha atoqli siyosatshunoslar, iqtisodchilar guruxi klassik
liberalizmning muxim qoidalarini qayta ko`rib chiqish, korporatsiyalarning
o`zboshimchaliklarini cheklash va aholining muxtoj qatlamlarini axvolini
engillashtirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish takliflari bilan maydonga
chiqadilar. Bular orasida Germaniyada J.Gobson, T.Grin, L.Xobxauz, F.Nauman,
Italiyada B.Kroche, AqSh L. Uord, J.Krouli, U.Bird, J.D`yui va boshqalarni eslatish
mumkin.
Ular yangi liberalizmni nomini organ bir qancha yangi g`oya va printsiplarni
ishlab chiqdilar. eng avval ular erkin bozor va erkin raqobat g`oyalarini qayta qarab
chiqish zarurligini asoslashga urindilar. Birinchi galda ular liberalizmga xos
individualizmning ma`lum darajada yangicha talqin qildilar. Ular davlatning jamiyat
iqtisodiy hayotida ijobiy rol o`ynashini tan oldilar. XX asrning 30 yillarida yuz bergan
iqtisodiy krizis va bu krizisdan chiqish yo`lida AqShning islohotchi prezidenti
F.D.Ruzvel‘tning iqtisod sohasida tutgan "yangi yo`li" iqtisodiy dasturlarni amalga
oshirishda davlat ijobiy rol o`ynashini yaqqol namoyon qilgan edi. Bu xodisalar
liberalizmning shakllanishida burilish yasadi.
Ikkinchi jaxon urishidan keyin liberalizmda muhim o`zgarishlar yuz berdi. Shuni
ta`kidlash kerakki XIX asr davomida va XX asrning birinchi un yilliklarida
libsralizmning asosiy g`oyalari siyosiy amalyotda tekshirildi va yaxshi natijalar berdi.
Ko`pchilik rivojlangan mamlakatlarda demokratik me`yor va printsiplar siyosiy
amaliyotga joriy qilindi. Bu xol liberalizmda yutuqlarni saqlab qolish asosiy vazifadir
degan tasavvurlarni tutdirdi. Xatto liberalizm o`z vazifasmni o`tab bo`ldi, unga urin
qolmadi, u o`ldi ham deyishdi. Lekin liberalizm o`lgan emas edi. Aksincha, XX
asrning 70-80 yillariga kelib libiralizm qaytadan tiklanishi haqida gapirila
boshladi
.Liberalizm tarafdorlarining ko`pchiligi jamiyat davlat va individ munosabatlari,
kapitalizm va demokratik, erkinlik va ijtimomy tenglik, adolat masalalariga doir
qarashlarni qaytadan ko`rib chiqishga urindilar
Bu urinishlar ijtimoiy-siyosiy fikrda turli xil oqimlirniig yuzaga kslishiga sabab
bo`ldi. Bu oqmmlar ichida ikki yunalishni ajratish mumkmn. Ularning har biri jamiyat
oldida turgan muhim muammolarni xal qilishda uziga xos umumiy goya,printsip va
yondashuvlarga egadir. Baranchi yunalish vakillarini iktisodiy konservatorlar deb
baxolasa buladi.
Ular klassik liberalizmning asosiy koidalarini,ayniksa erkin bozor tamoyillarini
muayyan uzgarishlar bilan takrorladilar. Ikkinchi oqim namoyondaliri ijtimoiy-
iqtisodiy soxada muhim isloxatlar utkazish davlatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotdagi
rolini qayta kurib chiqish, kam ta‘minlangan axoli qatlamlariga yordam ko`rsagish
kabi masalalarni ko`rib chiqdilar. XX asr oxrida liberaliamning xususiyati mana
shundan iborat buldi
Shu bilan birga liberallar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga aralashib
borishining kuchayishidan xavfsiradilar. Shuning uchun ham ular bozor
mexanizmlarini rag`batlantirish va shu bilan birga davlatni tartibga solish vazifalarini
cheklash talablarini xam qo`ydilar. Davlatning aralashuvmning mukarrarligi va
zarurligini tan olish bilan birga,
liberallar bu aralashuvni chegaralarini belgilash zarurligi haqida xavotirlanib
gapiradilar. Ular iqtisodiy krizis va uning oqibatlarini yumshatishda davlatning
aralashuvi imkon berganligini xotirasidan chiqarmagan bo`lsada, davlatning aralashuv
chegaralari qancha bo`lishini anglardilar.
Liberalizm o`zining ikki yuz yillik tarixidan har doim sharoitga moslashib
o`zgarib bordi. Inson erkinligi, uning hayotiga davlatning aralashmasligi g`oyasidan
muayyan darajada davlat aralashuvi kerak, degan g`oyaga keldi. Har bir odam erkin,
xoxlagan ishini qilishi mumkin, lekin qoidaga rioya qilgan holda qilsin. Davlat mana
shunm ta`minlashi zarur.
Davlatning idora qilish shakli masalasiga kelganda liberalizm adolat printsiplariga
asoslangan qonuniy va samarador idora qilish shakli tarafdoridir. Liberalizm umumiy
qonun va printsiplarni, fuqarolar erkinligi va huquqlarini ta`minlovchi adolat bu
"siyosiy adolat" yoki "rasmiy adolat"dir, deb biladilar. Ijtimoiy huquqlar va ularning
amalga oshirish masalasida ular har bmr fuqaroga muayyan darajada farovon hayot
ta`minlanmshini talab qiladilar. Bu ta`lim olish, mehnat qilish, qarilik nafaqasi bilan
ta`mmnlanish kabi huquqlardir.
Ko`pchilik liberallar ijtimoiy tenglikka nisbatan imkoniyatlar tengligini ustun
qo`yadilar. Ularning fikricha, davlat qonun ustivorligini, barcha fuqarolarning siyosiy
hayotda ishtirok etishda teng xuquqqa egaligini ijtimoiy-iqtisodiy soxdda teng
imkoniyatlarga egaligini ta`minlash garovidir. Adolat printsiplarini amalda
ta`minlovchi omil shundan iboratdir, Liberallarning eng zaif tomoni ham shu erda.
Ularning birontasi ham insoniyat oldida qadimdan turgan tenglik, erkinlik va adolat
o`rtasidagi jumboqni xal kila olmadilar.
Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar
Liberalizm, liberalizmni siyosiy va huquqiy g`oyalari,
kapitalizm, plyuralizm, shaxs erkinligi, konstitutsion monarxiya,
parlament, dogmatizm, huquqiy davlat, Benjament Konstonning
siyosiy va huquqiy qarashlari, Meremiya Bentamning siyosiy va
huquqiy qarashlari, saylov huquqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |