o`tkazish huquqlariga ega bo`lishdir. eng oxirida Konstan mansabdor shaxslarning
saylash orqali hukumat ishlariga ta`sir qilish huquqini ham erkinlik tarkibiga kiritadi.
Konstan individ erkinligining ta`minlash va davlat hokimiyatining cheklash vositasi
sifatida jamoatchilik fikri va hokimiyatlar bo`linishini ko`rsatadi.
Konstan jamoatchilik fikri xaqida gapirganda parlamentni nazarda tutadi.
Parlament bu jamoatchilik fikrini uyushtirish shaklidir. Uning asosiy vazifasi
jamoatchilik fikrini va muayyan manfaatlarni ifoda etishdir. Parlamentga saylash
huquqi mulkiy tsenzga asoslangan bo`lishi kerak, chunki jamoatchilik fikrini mulk
egalarigina munosib ifoda eta olishi mumkin deydi Konstan.
Erkinlikning ta`minlovchi ikkinchi omil hokmmiyatlar bo`linishi. Konstan
Montesk`ening mashxur ta`limotiga muayyan o`zgarishlar
kiritadi, uni yangi sharoitga
moslashtiradi. Montesk`ening uch hokimiyatiga Konstan qirol hokimiyatini qo`shadi.
Bundan tashqari Konstan qonun chiqaruvchi vakolatli hokimiyatni ikkiga bo`ladi
yuqori palata hokimiyati va jamoatchilik fikrini ifodalovchi quyi palata xokimiyati.
Bu hokimiyatlar ichiga mahalliy hokimiyatni ham qo`shadi.
Konstan qirol hokimiyatiga alohida ahamiyat beradi. Uning aytishicha, qirol
hokimiyati boshqa hokimiyatlar o`rtasida paydo bo`lishi mumkin bo`lgan
kelishmovchiliklarni betaraf va xolisona hal qiladi. Konstan konstitutsion monarxiya
tarafdori edi. Uning siyosiy ta`limoti burjua individualizmi va rivojlana boshlagan
kapitalistik munosabatlarning asoslashga qaratilgan edi.
Frantsuz burjuaziyasining feodalizmga qarshi mafkurasini XIX asrning birinchi
yarmida ifoda qilgan siyosiy mutafakkirlar orasida demokratiya muammolarining
nazariyotchisi, izchil liberal A.Tokvil (1805-1859) alohida o`rin egallaydi. Angliyada
liberalizm ta`limotini M.Bentam asoslab chiqdi. (1748-1832)
Ieremiya Bentam o`zining "qonunchilik printsiplari", "Konstitutsiyaviy
kodeksning barcha davlatlar uchun rahbar qoidalari" va boshqa asarlarida siyosiy va
huquqiy institutlarnmng demokratiyalashtirish dasturini ishlab chiqdi. O`zining davlat
va huquq ta`limotida Bentam foyda tamoyiliga asoslanadi. Uning fikricha inson o`z
faoliyatida foyda olishga intiladi, lazzat istaydi va azob, zararli narsalardan qochishga
harakat qiladi. Xullas inson doim lazzat va azob hukmronligi ostida yashaydi.
Uning o`g`li Jon Styuart Mill (1806-11873) otasi va Bentam ta`limotiga xos
kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qildi va liberalizmni shakllanishiga katta xissa
qo`shdi. Uning "Ozodlik to`g`risida", "Utilitarizm", "Ayolning tobe`ligi", "Siyosiy
iqtisod asoslari" kabi asarlari liberalizm tarixida alohida o`rin egalladi XIX asrning
birinchi yarmi nemis liberalizmining yirik namoyondalari V.Gumbol‘dt (1767-1835),
I.Shteyn (1815-1890). V.Gumbol‘dt davlatga gumanistik individualizm nuqtai
nazaridan yondashadi. Uni ko`proq inson va davlat o`rtasidagi munosabatlar
qiziqtiradi. L.Shteyn davlat va jamiyat haqida qator fundamental asarlar yaratdi.
Uning liberalizmi inson, uning huquqlari va mulkiy muammolarga bo`lgan
munosabatida yorqin namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: