Refleksiv (Reflexive ACL)ni sozlash. R2(config)#ip access-list extended OUT BOUND FILTERS
R2(config-ext-nacl)#permit tcp 192.168.0.0 0.0.255.255 any reflect TCP TRAFFIC
R2(config-ext-nacl)#permit icmp 192.168.0.0 0.0.255.255 any reflect ICMP TRAFFIC — marshrutizatorni ichki tarmoqdan kelayotgan trafikni kuzatishga majbur qilamiz.
R2(config)#ip access-list extended INBOUNDFILTERS
R2(config-ext-nacl)#evaluate TCP TRAFFIC
R2(config-ext-nacl)#evaluate ICMP TRAFFIC — ichki tarmoqdan trafikni kelib chiqishini tekshirilishini marshrutizatordan talab qiluvchi, kiruvchi siyosatni hosil qilamiz va TCP TRAFFICni INBOUNDFILTERSga ulaymiz.
R2(config)#interface serial 0/1/0
R2(config-if)#ip access-group INBOUNDFILTERS in
R2(config-if)#ip access-group OUTBOUNDFILTERS out — interfeysga kiruvchi va chiquvchi ACLni qo‘llaymiz.
4.2-rasm. Refleksiv foydalanishga ruxsat berishni nazoratlash ro‘yxati
Vaqt orqali cheklash(Time-based ACL).Odatiy vaqt orqali cheklanishli ACL yordamida biz kerakli ruxsat berishlar yozuvini faollashtiridagan maxsus jadval hosil qilishimiz mumkin. Biz bu turdagi ruxsat berishlar ro‘yxati xizmatidan ish jarayonini unumdorli tashkil qilishda juda ham ustalik bilan foydalanishimiz mumkin. HTTP so‘rovlarni butunlay ta’qiqlovchi qoidalar ro‘yxatini yozamiz va uni marshrutizatorga qo‘llaymiz va bu orqali ishchi xodimlarning ish vaqti boshlanishi bilan ularning internet xizmatidan foydalanishlari cheklanadi. Ish kuni nihoyasiga yetgach esa HTTP so‘rovlarga ruxsat beriladi va ular internet xizmatidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Vaqt orqali cheklash(Time-based ACL)ni sozlash. R1(config)#time-range EVERYOTHERDAY
R1(config-time-range)#periodic Monday Wednesday Friday 8:00 to 17:00 — Xafta kunlari va vaqtni qo‘shuvchi ruxsat berishlar ro‘yxatini yaratamiz.
R1(config)#access-list 101 permit tcp 192.168.10.0 0.0.0.255 any eq telnet time-range EVERYOTHERDAY — ACLga time-range ni qo‘llaymiz.
R1(config)#interface s0/0/0
R1(config-if)#ip access-group 101 out — interfeysga ACLniqo‘llaymiz.
Muammolarni qidirish R#show access-lists {ACL nomer | imya} — ruxsat berishlar ro‘yxati xaqida malumot.
R#show access-lists — marshrutizatordagi barcha ruxsat berishlar ro‘yxatini ko‘rish.
Masalan Router#showaccess-lists Extended IP accesslist nick permit ip host 172.168.1.1 host 10.0.0.5 deny ip any any (16 match(es)) Standard IP accesslist nick5 permit 172.16.0.0 0.0.255.255
4.3-rasm. Vaqt orqali cheklovchi foydalanishga ruxsat berishni nazoratlash ro‘yxati