2-MA'RUZA. ELIMLANGAN YOG‘OCH MATERIALLAR.
1. Duradgorlik plitalari.
2. Fanera.
3. Yog‘och qatlamli plastiklar.
4. Egib yelimlangan zagotovkalar.
2.1. Duradgorlik plitalari.
Duradgorlik usulida yasalgan plitalar (ГОСТ 13715-88) shitli mebel ishlab
chiqarishda, eshiklar, pardevorlar, pollar, ba’zan esa turar joy binolarining
devorlarini tayyorlashda kupelar orasidagi pardevorlar, ichki eshiklar, divanlar va
ko‘tarib qo‘yiladigan tokchalar (vagonsozlik va kemasozlikda) tayyorlashda
ishlatiladi.
Duradgorlik usulida yasalgan plita ensiz taxta, reykalardan tayyorlanib, ikkala
sirtiga bir yoki ikki qavat shpon qoplab hosil qilingan shitdir. Reykalardan yasalgan
shit asos, yopishtirilgan shpon o‘ng tomoni yoki orqa tomoni deyiladi. O‘ng va
teskari tomon qatlamlari shitga sintetik yelim bilan yopishtiriladi.
Sanoatda quyidagi tipdagi duradgorlik usulida yasalgan plitalar ishlab
chiqariladi: NR — reykalardan yelimlamay yasalgan shitlar; SR — reykalar bilan
yelimlab yopishtirilgan shitlar; BR — blok-reykali shitlar; BSh — blok-shponli
shitlar.
Plitalar randalangan shponlardan bir tomonlama va ikki tomonlama qilib
tayyorlanadi. Plitalarning o‘ng va teskari tomonlari jilvirlanmagan yoki bir yoxud
ikki tomoni jilvirlangan bo‘lishi mumkin.
Duradgorlik usulida yasalgan plitalarning o‘lchamlari quyidagicha bo‘ladi:
uzunligi 1525; 1830; 2500 mm (±25 mm og‘ish bilan), eni 1220, 1525 mm (±4-5 mm
og‘ish bilan), qalinligi 16; 19; 22; 25 va 30 mm (±0,4 dan ±1,0 mm gacha og‘ish
bilan).
Plita shitlari nina bargli, yumshoq yaproqli daraxtlardan hamda qayindan
tayyorlanadi. Har bir shitdagi reykalar bir xil daraxt yog‘ochidan qilingan, qalinligi
esa ko‘pi bilan 1,5 reyka qalinligiga to‘g‘ri kelishi kerak, yuqori aniqlikdagi plitalar
uchun ko‘pi bilan 20 mm bo‘lishi kerak. Qoplamasiz plitalarning o‘ng va teskari
qatlamlari kamida VV sortli shpon bilan ishlanadi (ГОСТ 3916-89), qoplamalilar esa
II sortdan past bo‘lmagan randalangan shpondan tayyorlanadi (ГОСТ 2977-95).
Qoplamasiz plitalarning tashqi qatlami shponining qalinligi kamida 3 mm,
qoplamalilarniki esa qoplama qatlami qalinligicha (plitalarning berilgan qalinligini
saqlagan holatda) qalinlashadi. Plitalar to‘g‘ri burchak ostida to‘g‘ri qilib qirqiladi.
O‘ng va teskari qatlamlarning sifatiga qarab duradgorlik usulida yasalgan
plitalarning quyidagi sortlari belgilangan: randalangan shpon A/V, AV/VV, V/VV
bilan qoplangan; bir tomoni randalangan shpon – 1/V, II/VV bilan qoplangan; ikkala
tomoni I/I, II/II shpon bilan qoplangan.
25
Plitalarning tob tashlashi ko‘pi bilan 1,5-2,5 mm; buralishi 0,2-0,6 mm bo‘lishi
mumkin.
Vagonsozlikda ishlatiladigan duradgorlik plitalariga o‘tga chidamli tarkib
shimdiriladi. Plitalar m
3
da hisoblanadi. Qoplamali plitalar m
2
da hisoblanadi.
13-rasm. Duradgorlik plitasining tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |