Arralangan materiallarni va zagotovkalarni o‘lchash, hisoblash va
markalash. Arralangan materiallar va zagotovkalarining uzunligi gradatsiya
kattaligini hisobga olgan holda toretslar orasidagi eng kichik masofa bo‘yicha
o‘lchanadi. Yon chetlari olingan parallel qirrali arralangan materiallar va
zagotovkalar kengligi istalgan joyidan, lekin obzolsiz joyidan va toretsidan 150 mm
dan beriroqdan o‘lchab aniqlanadi.
Yon chetlari olinmagan arralangan materiallarning kengligi arralangan
materialning o‘rtasidan (po‘stloq qatlamini hisobga olmay) plastlar kengligining
yarim summasi sifatida aniqlanadi, bunda 5 mm dan kichik kattaliklar tashlab
yuboriladi, 5 mm dan ortiq kattaliklar 10 mm deb olinadi. Arralangan materiallar va
zagotovkalarning kengligini toretsiga 150 mm yetkazmasdan har qanday joyidan
o‘lchash mumkin.
Yon chetlari olingan arralangan materiallarning hajmi quyidagi formuladan
aniqlanadi:
(1)
bu yerda a - qalinligi, mm; b - kengligi, mm; l - uzunligi, mm.
Yog‘ochning hajmini hisoblab chiqish ko‘p vaqt talab qiladi, shu sababdan
jadvallar tuzilgan, ularda bir dona va bir pogon metr uzunlikdagi arralangan
materiallarning (taxta, brusok, yon chetlari olingan bruslar va boshqa turli
zagotovkalarning) kub, metrlarda hisoblangan hajmlari keltirilgan.
Yon chetlari olinmagan va bir yon cheti olingan arralangan materiallarning
hajmi yon chetlari olingan arralangan materiallar uchun mo‘ljallangan jadvallardan
foydalangai holda ularning bo‘yi, qalinligi va kengligi bo‘yicha aniqlanadi.
Frezalangan materiallar hajmi arralangan materialning nominal o‘lchamlari bo‘yicha
aniqlanadi.
1 m dan uzun bo‘lgan arralangan materiallar hamda har qanday uzunlikdagi
zagotovkalar markalanadi. Sortlar va sifat gruppalarining shartli belgilari toretslardan
biriga yoki arralangan materiallar va zagotovkalarning plastiga tamg‘a yoki
o‘chmaydigan bo‘yoq bilan tushiriladi. Arralangan materiallar va zagotovkalarning
qalinligi 25 mm gacha bo‘lganida, toretslarga vertikal polosalar, qalinligi bundan
ortiq bo‘lganida esa nuqta tushiriladi. Frezalangan arralangan materiallar bo‘yoq yoki
tamg‘a bilan markalanadi.
Kemasozlikka mo‘ljallangan oliy va 1-sortli arralangan materiallarni
markalashda sortni belgilovchi markadan keyin S harfi qo‘shib qo‘yiladi (masalan, 0
S yoki 1 S). Maxsus ishlarga, mo‘ljallangan zagotovkalarni markalashda quyidagi
harfdan foydalaniladi: chang‘ilar uchun - L, rezonans materiallar uchun R va h.k.
19
9- rasm. Arralangan materiallarni bo‘yoq yoki tamg‘a bilan markalash:
a - qalinligi 25 mm va undan qalin bo‘lgan zagotovka va arralangan
materiallarning toretslaridan biriga sort ve sifat gruppasi markasini qo‘yish,
b - qalinligi 25 mm dan kam bo‘lganlariga sort va sifat gruppasi markasini
qo‘yish,
v- har qanday qalinlikdagi material-ning yuziga sort belgisini qo‘yish,
g - har qanday qalinlikdagi zagotovkalar yuziga sifat gruppasini qo‘yish.
Arralangan materiallar yoki zagotovkalarni paket qilib ortishda, shuningdek,
zagotovkalarni pachkalab tushirishda markani arralangan materiallarning va
zagotovkalarning plastlari yuvilib ketmaydigan bo‘r yoki shtempel bilan qo‘yiladi.
Arralangan materiallar yoki zagotovkalarni paketlarda tushirishda har bir paketga
80x120 mm o‘lchamli fanerdan tayyorlangan yorliq biriktiriladi. Yorliqda paket
nomeri, tayyorlash korxonasi va uning adresi, mahsulotning nomi (sorti, sifat
gruppasi, turi, o‘lchamlari), m
3
dagi miqdori, mahsulotning standart nomeri hamda
OTK kontrolyoriga berilgan nomer ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |