O‘g‘itlash. Kartoshka yerni o„g„itlashga yaxshi ta‟sirchan bo„ladi.
Kartoshkaga organik va mineral o„g„itlar solish hosilni 50% gacha va undan ham
ko„proq oshiradi. Kartoshka yetishtirishning hozirgi texnologiyasi organik o„g„itlarni
albatta mineral o„g„itlarga qo„shib solishga asoslangan. Organik o„g„itlar hosilni
oshirish bilan birga tugunaklar tarkibidagi kraxmal miqdorini oshiradi va yirik
tugunaklar soni ko„payadi. Organik o„g„itlar, asosan bahorda solinadi, bunda ekish
muddati cho„zilib ketadi. Organik o„g„itlarni bir qismini kartoshkadan oldingi ekinga
-kuzgi g„allaga solish mumkin. Agar o„tmishdagi ekin ekiladigan yerlar organik
o„g„itlar bilan yaxshilab o„g„itlansa, kartoshkani faqat mineral o„g„itlar bilan
o„g„itlab yetishtirish mumkinligi tajribalarda tasdiqlangan. Bunda xo„jaliklarda,
kartoshka hosilining bir oz kamayishi kuzgi ekinlar hosilining ortishi hisobiga
qoplanib ketadi. Ertagi kartoshka ekishda organik o„g„itlarni albatta, kuzdan boshlab,
kuzgi shudgor vaqtida solish kerak. Qumli va qumloq tuproqlarda ko„kat o„g„itlardan
oraliq ekin sifatida lyupindan foydalanish yaxshi natija beradi. Faqat organik
o„g„itlar solish bilan kartoshkaning oziq moddalarga bo„lgan talabi to„liq
ta‟minlanmaydi, shuning uchun organik o„g„itlar bilan birga mineral o„g„itlar ham
solish kerak.
Toshkent Davlat agrar universiteti mevachilik va sabzavotchilik fakulteti
olimlari (V.I.Zuyev, A.G„.Abdullayev va boshqalar, 1994) bo„z tuproqlar
mintaqasida erta pishar kartoshka navlari uchun gektariga 120-150 kg azot, 80-100
kg fosfor va 60 kg kaliy, kechpishar navlar uchun esa 200-250 kg azot, 150-160 kg
fosfor va 100 kg kaliy qo„llashni tavsiya qiladilar. Kartoshkani takroriy ekin sifatida
ekish rejalashtirilganda, go„ng to„laligicha, fosforli-kaliyli o„g„itlar yillik
me‟yorining 70-80% i kuzgi shudgorlashda, qolgan qismi esa (20-30%) yerni
ekishga tayyorlashda kiritiladi. Kartoshkaga yillik azot me‟yorining 20% i yerni
ekishga tayyorlashda, 30% i birinchi oziqlantirishda (nihollar to„liq unib chiqqach)
va 50% i shonalash davrida beriladi.
Kartoshka bir yerda surunkasiga ekilsa, u so„lish kasali bilan kasallanadi.
Shuning uchun uni almashlab ekishda karam, bodring, qovun, tarvuz hamda
ildizmevalilardan keyin ekish kerak. Yozda ekilganda kuzgi bug„doy va arpadan
keyin ekilishi kerak.
Kartoshka 3 muddatda ekiladi: ertagi kartoshka aprel oyining oxiri mart
oyining boshlari, o„rtagi kartoshka aprel oyida va kechki kartoshka may oyining oxiri
iyun oylarining boshlarida ekiladi. Urug„lik uchun kechroq iyun oyining oxirida
ekish mumkin.
Kartoshka qator orasi 70 sm, o„simlik orasi 25-30 sm qilib ekiladi. Bir gektar
yerga o„rtacha 25 sentner urug„ sarflanadi va urug„lar tuproq sharoitiga, ekish
muddatiga qarab 6-16 sm chuqurlikda ko„milishi kerak.
Kartoshkani parvarish qilish qator oralarini ishlash, chopiq qilish, oziqlantirish
va sug„orishdan iborat. Kartoshkani qator oralari 3-4 marta kultivatsiya qilinadi.
Kartoshkani chopiq qilish tugunaklarni tugish uchun yaxshi sharoit tug„diradi. Shu
sabbabli qo„lda ketmon bilan yoki maxsus okuchniklar bilan 2 marta ko„mma chopiq
qilinadi. Ertapishar navlar bir marta gullashdan oldin chopiq qilinadi.
67
Kartoshka o„simligi namga talabchan. Ertagi kartoshka yer osti suvlari chuqur
joylashgan tuproqlarda 7-9 marta sug„oriladi. Kechki kartoshka esa 10-12 marta
sug„oriladi. Gullash davrigacha kartoshkani 12-15 kunda, gullash davrida 6-8 kunda
sug„orish kerak. Yozda ekilgan kechki kartoshka har 8-10 kunda sug„orilishi kerak.
Kartoshka TEK-2 maxsus kartoshka kovlagich mashinalarda yig„ib olinadi. So„ngra
kartoshka saralanadi, quritiladi va omborlarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |