Tola elastikligi ya‟ni uning cho„ziluvchanlik xususiyati pishiqligi va
ingichkaligi bilan chambarchas bog„liq bo„ladi. Pishiq ingichka tola eng elastik
bo„ladi.
Chigit tuproq harorati 10-12
0
S bo„lganda una boshlaydi. 20-25
0
S da qiyg„os
unib chiqadi. 0,5-1
0
S g„o„za uchun
sovuq
nobud qiladigan darajada ta‟sir qiladi.
G„o„za issiqni (25-30
0
S) gullash va shonalash fazalarida ko„p talab qiladi. Harorat
10-12
0
S
pasayganda tolasi qisqa bo„lib qoladi va to„la yetilmaydi.
G„o„za yorug„sevar qisqa kun o„simligi. Siyrak tushgan yorug„likda uning
rivojlanishi cho„ziladi va vegetativ massasi ko„payadi.
Qirg„oqchilikka chidamli o„simlik. Ildiz sistemasi tuproqning chuqur
qatlamlaridan, yer osti suvlaridan foydalanishga imkon beradi. Transpiratsiya
koeffitsenti 500-600. Sug„orishga juda ta‟sirchan. Sug„oriladigan sharoitda hosili
ortadi. Mamlakatimizda g„o„za faqat sug„oriladigan sharoitda ekiladi. O„rta Osiyoda
g„o„za bo„z, bo„z-o„tloqi va o„tloqi-botqoq tuproqli yerlarga ekiladi. Tuproqning
kuchsiz sho„riga chidaydi.
G„o„za quyidagi tartibda rivojlanadi. Chigit ekilgandan keyin 5-6 chi kuni yer
yuziga urug„ pallasi yorib chiqadi, 8-10 kundan keyin chin barg chiqadi. Navbatdagi
har qaysi barg 3-5 kunda chiqadi. 7-8 ta chin barg chiqarganda 4-5 chi barg
qo„ltig„ida va undan balandroqda 1 chi hosil shoxi vujudga keladi. Bu shonalash
davrining boshlanishi hisoblanadi. Birinchi chin barg chiqargandan to shonalash
davri boshlarigacha 20-30 kun vaqt o„tadi.
G„o„za tupida shonalar 2 xil yo„nalashda: hosil shoxi bo„ylab (gorizontal) va
yuqorida joylashgan hosil shoxlarida spiral bo„ylab paydo bo„ladi. Birinchi shona
hosil bo„lishidan 1 chi gul ochilishigacha 25-35 kun o„tadi, bu esa 9-10 hosil
59
shoxining paydo bo„lishiga to„g„ri keladi. G„o„zaning guli ertalabki soatlarda
ochiladi. Ertalab gultojbarglar och sariq rangda bo„ladi, kunning ikkinchi yarmida
qizarib, kechga borib so„lib, yopilib qoladi. Kelasi kuni gultojisi binafsha rangga
kirib to„kiladi.
G„o„za gullari tupining pastidan yuqoriga qarab, gruppa-gruppa bo„lib yoki
konus bo„yicha ochiladi. Birinchi konusga pastki 3 ta shoxida poyaga yaqin
joylashgan gul kiradi. Ikkinchi konusga dastlabki 3 ta hosil shoxlaridagi ikkinchi
gullar va 4, 5, 6 shoxlaridagi birinchi gullar kiradi. Uchunchi konus 1, 2 va 3 chi
hosil shoxlarida uchinchi gullar hamda 7, 8, 9 hosil shoxlaridagi birinchi gullardan
iborat. Shunday qilib birinchi konusga 3 ta, 2-konusga 6 ta, 3-konusga 9 ta gul
kiradi. Gullashning qisqa va uzoq navbat bilan borishi g„o„zaning naviga,
temperaturaga, agrotexnikaviy qoidalarga bog„liq. Gullashdan ko„saklarning
ochilishigacha 50-65 kun o„tadi. Chigit ekishdan to birinchi ko„saklar ochilguncha
g„o„za navlarida 120-140 kun, ingichka tolali g„o„za navlarida 145-160 kun vaqt
o„tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |